O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Iii modul. “soft-skills” va muvaffaqiyatga erishish



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə52/94
tarix25.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56330
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94
O‘qituvchilarda kasbiy stress

Iii modul. “soft-skills” va muvaffaqiyatga erishish

1-mavzu. “soft-skills”ni rivojlantirish trening dasturi
Maqsad: trening ishtirokchilariga “soft-skills” to’g’risida tushunchalar berish hamda uni hayotlarida qo’llay olishlari.
Vazifalar:

  • Trening ishtirokchilariga “soft - skills” haqida ma’lumot berish;

  • Trening ishtirokchilarida yumshoq kuch, jamoa bilan ishlash, egiluvchanlik, moslashuvchanlik ko’nikmalarini shakllantirish


Davomiyligi: 1 soat 20 daqiqa

Reja:




Trening mazmuni

Davomiyligi

O‘quv vositalari

Mashq maqsadi

1-sessiya kirish qismi



Videorolik

15 daq.

Kompyuter, videoproektor, kalonka

“soft-skills” nima va uning hayotimizda tutgan o’rni



«men bugun mana shundayman…» o‘yini

10 daq.

Talab qilinmaydi

Emotsional badantarbiya, o‘zining emotsional xolatini tushunish, uni verbal va noverbal ifodalashni rivojlantirish.



Avvalgi kun refleksiyasi

10 daq.

Talab qilinmaydi

Qayta aloqa. Guruhda ishchanlik vaziyatini hosil qilish

2-sessiya asosiy qism



“moviy osmon ostida” mashqi

10 daq.

Talab etilmaydi

Diqqatni jamlash, guruhda ishchanlik vaziyatini hosil qilish



«munosib javob» mashqi

15 daq.

E’tirozli gaplar yozilgan kartochkalar

Nizoli vaziyatlardan konstruktiv chiqish malakalarini shakllantirish



“do‘zax va jannat haqida rivoyat”

10 daq.

Talab etilmaydi

Insoniyat o‘zaro munosabat o‘rnata olishi uchun muhim narsalar haqida tushunchalarni bo‘yitishi

3-sessiya xulosa qismi



Qayta aloqa

10 daq.

Barcha ishtirokchilarga qog‘oz-ruchka, flipp-chart.

Kunning sarhisobini qilish

Jami: 1 soat 20 daqiqa

Trening borishi:

1-sessiya kirish qismi

  1. Videorolik:

“soft skills” (yumshoq ko‘nikmalar) shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri, maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish va olib borishda zarur bo‘ladigan malaka hamda ko‘nikmalar tizimidir.

Bunday malaka va ko‘nikmalar “hayotiy ko‘nikmalar” deb ham ataladi. Shaxs ushbu malaka va ko‘nikmalarni o‘zida rivojlantirgani sayin uning shaxsiy rivojlanishi ham yuqorilab boradi.

“shaxsiy rivojlanish” modulining predmetini shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri, maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish va olib borishda zarur bo‘ladigan malaka hamda ko‘nikmalar tashkil etadi.

shuningdek, bugungi kunda ko‘plab insonlar vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga qiynalishadi. Vazifalarni belgilangan vaqt oralig‘ida bajarishga ulgurish mushkul bo‘lgan holatga tushish natijasida tashkilot xodimlari va rahbarlari o‘rtasida ziddiyatli vaziyatlar vujudga kelishi ham kundalik hol. Shunday holga tushmaslik uchun esa xodimlar vaqtni va stressni boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari muhimdir. Zero, bu ko‘nikmalar ham shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri tashkil etishga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

shuni ta’kidlash joizki, bugungi o‘zbekistonning iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan bo‘lishi faqatgina iqtisodiy-huquqiy islohotlargagina bog‘liq emas. Bunda, eng avvalo, inson faktori muhim rol o‘ynaydi. Boshqacha aytganda, odamlarning dunyoqarashi hamda jamiyatga, boshqa shaxslarga munosabati ham bozor iqtisodiyotiga mos bo‘lishi darkor. Aslida ayni shu jihatlar jamiyatga tom ma’nodagi bozor iqtisodiyoti ruhining kirib kelishiga sababchi bo‘ladi.

bozor iqtisodiyoti jamiyatni raqobat muhitida hayot kechirishga chorlaydi, hatto, majburlaydi. Raqobat bo‘lsa faqatgina moddiy ishlab chiqarishda emas, balki shaxslararo munosabatlarda zaruriy ko‘nikmalarni shakllantirganlik va rivojlantirganlik darajasida ham aks etadi. Ya’ni, odamlar shaxslararo munosabatlarda qanchalik muvaffaqiyatli harakat qilsalar, o‘zi ishlayotgan tashkilotlarning rivojlanishiga shunchalik hissa qo‘sha oladilar. Shu sababdan ham rivojlangan mamlakatlarda ish beruvchilar aynan mana shu xususiyatga ega kadrlarni izlaydilar. Shaxsiy rivojlanishga doir bilimlarni o‘rganishdan bosh maqsad ham aynan bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxslararo munosabatlardagi zarur ko‘nikmalarni o‘zlashtirish yoki ularni rivojlantirishdir. Bugungi sharoitda xususiy ish beruvchilar maqsadni aniq qo‘ya biladigan, vazifalarni belgilangan muddatda bajara oladigan, stressga bardoshli, jamoada samarali ishlay olish va liderlik qobiliyatiga ega bo‘lgan, hamkasblari va mijozlarni, fuqarolarni faol tinglab tushuna oladigan hamda ular bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘la oladigan shaxslarni ishga olishni istamoqdalar. Shu bois, ish beruvchilar ishga olishda o‘tkaziladigan intervyu-suhbatda bo‘lajak xodimlar aynan shunday ko‘nikmalarga ega ekanliklarini sinash maqsadida maxsus savollar bermoqdalar. Ayniqsa, rivojlangan davlatlarda bunga jiddiy e’tibor qaratiladi. Chunki oliy ta’lim muassasasini tamomlagan mutaxassisni u o‘qigan fanlar doirasida savollar berib ishga qabul qilish uning tashkilotda, jamoada shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri tashkil etgan holda ishlab ketishiga kafolat bo‘lolmaydi. Shu sabab, oliy ta’lim muassasasi tomonidan fanlar yuzasidan qo‘yilgan baholarga ishonch bildirilgan holda, asosiy e’tibor ishga kirish istagidagi nomzodda shaxslararo munosabatlarda zarur bo‘ladigan ko‘nikmalar qay darajada ekanini aniqlashga qaratiladi.


  1. men bugun mana shundayman…” mashqi

maqsad. Emotsional badantarbiya, o‘zining emotsional holatini tushunish, uni verbal va noverbal ifodalashni rivojlantirish.

ishning borishi. Ishtirokchilar aylana bo‘ylab turib oladilar. Trener: «salom. Men bugun mana bundayman» — deydi va o‘z holatini neverbal namoyish etadi. Qolgan ishtirokchilar birgalikda: «salom, farida” – boshlovchining ismini aytadilar. Keyin uning ismini qaytargan holda deydilar: «farida bugun mana bunaqa» — bunda uning harakatlari, mimikasini iloji boricha to‘liqroq qaytarishga harakat qiadilar. O‘yin barcha ishtirokchilar salomlashib chiqquncha davom etadi. Oxirida barcha ishtirokchilar birgalikda: «salom hammaga!» deydilar.

muhokama. O‘yindan keyin ishtirokchilarga quyidagi savollarni berib, muhokama o‘tkazish mumkin:


  • O‘z holatingizni tasvirlash oson bo‘ldimi?

  • Boshlovchining harakatlarini takrorlash oson bo‘ldimi?

  • Sizning harakatlarinigizni, mimikangizni aniq takrorlashganda – sizga yoqdimi?

  • Ismingizni aytishganda yoqimli bo‘ldimi?





  1. Yüklə 0,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin