O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə53/94
tarix25.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56330
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   94
O‘qituvchilarda kasbiy stress

Avvalgi kun refleksiyasi

Bunda asosan trening ishtirokchilari bilan avvalgi kunda o’tilgan trening natijalari hamda o’zgarishlar haqida suhbatlashiladi. Bunda har bir trneing ishtirokchisi o’z fikrini aytishi kerak.
2-sessiya. Asosiy qism


  1. moviy osmon ostida” testi

Moviy, yoki havo rang ko‘ngilni tinchlantiradigan xususiyatga ega. Hattoki siz moviy tusdagi biror bir ko‘rinish yoki surat, kartinani tasavvur qilsangiz, tomir urishingiz sekinlashayotganini, nafas olishingiz chuqurlashib borayotganligini sezasiz. Boshqa ranglar ham o‘ziga xos ma’noga ega. Tafakkuringizda siz tasvirlagan ko‘rinish sizning ongingizning tub-tubida yashiringan talantingizni ochib beradi.

1. Oppoq qor bilan qoplangan tekislik. Siz shunday o‘ziga xos uquvchanlik qobiliyatga egasizki, bu qobiliyat sizga bir qarashdayoq vaziyatni tushunib olish va murakkab muammolarni hech qanday isbotlar va tushuntirishlarsiz echib tashlashga yordam beradi. Siz sinchkov va dadil, xal qiluvchan odam bo‘lish uchun barcha kerakli xususiyatlarga egasiz, bu bilan hattoki sizni ozroq bashoratchi deyish ham mumkin. O‘z intuitsiyangizga ishoning – u sizni doimo to‘g‘ri yo‘nalishda olib boradi.

2. Moviy dengiz kengligi. Sizda shaxslararo munosabatlarga tabiatan berilgan talant mavjud. Odamlar insonlar sizning o‘zgalar bilan muloqot qila olish qobiliyatingizni hamda turli xil guruhlarga mansub odamlarni birlashishiga yordam bershingizni hurmat qilishadi. Sizning shu erdaligingizning o‘zi bilan boshqalarning osoyishta va samarali ishlashiga yordam berasiz, bu esa sizni o‘z vaqtida har qanday loyihaning yoki har qanday komandaning bebaho a’zosiga aylantiradi. Siz: “juda yaxshi ish. Shunday davom ettiring” deydigan bo‘lsangiz, odamlar siz haqiqatan ham shunday hisoblaysiz, deb o‘ylashadi. Bu ular uchun yanada ko‘proq ahamiyat kasb etadi.

3. Yam-yashil maysalar bilan qoplangan tog‘lar. Siz ta’sirchan nutq, muloqotga kirishish qobiliyatiga egasiz. Siz doimo nimalarni xis qilayotganligingizni ifodalash uchun kerakli so‘zlarni tanlay olasiz, va odamlar sizni eshitayotib, tezda o‘zlari ham xuddi shu narsalarni xis qilayotganliklarini anglay boshlaydilar. Aytishlaricha, baham ko‘rilgan quvonch ortarkan, baham ko‘rilgan g‘amginlik kamayarkan. Sizda esa, doimo boshqalarga ana shu tenglamaning to‘g‘ri javobini topishga yordam bera oladigan ite’dodingiz bor.

4. Sariq rang gullar bilan qoplangan dala. Siz bilimlar va g‘oyalar bilan limmo-lim to‘la ijodlar xazinasisiz va deyarli cheksiz imkoniyatlar egasisiz. Boshqa odamlar bilan hamohanglikda qoling va o‘z orzularnigiz ushalishi ustida ishlashni to‘xtatmang, va shunda siz erishishingiz mumkin bo‘lmagan narsa qolmaydi.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin