2-sessiya. Asosiy qism
“orqadagi yozuvlar” mashqi
Ishtirokchilarning orqalariga varaq mahkamlab qo‘yiladi. Hamma ishtirokchilar xonada xohlagan odamining oldiga borib uning orqasidagi qog‘ozga bu odamning nimasi o‘ziga yoqishini yozishi kerak. Vazifani mukammallashtirish ham mumkin. Masalan, o‘sha odamda nimani o‘zgartirishni xohlashini yozishi mumkin.
“informatsiyani (ma’lumotni) so‘zsiz uzatish” mashqi
Bu o‘yinda boshlovchi yo‘naltirib turuvchi rolini bajaradi. Boshlovchi shunday tushuntirish beradi: «hozir bir kishi xonadan tashqariga chiqib turadi, qolganlar esa unga qanaqa ma’lumotni aytish lozimligi haqida kelishib olishadi. Men uni chaqiraman, shunda butun guruh imo-ishora, turli qiliqlar va yuz harakatlari bilan unga shu informatsiyani uzatishga harakat qilishadi. Chaqirilgan odamning vazifasi - guruh unga aytmoqchi bo‘layotgan ma’lumotni anglab olishdan iborat».
Boshlovchiga eslatma: odatda, o‘smirlar o‘yin muhitidan nojo‘ya xatti-harakatlarni bajarish uchun bahona sifatida foydalanishlari mumkin. Albatta, bu o‘yinda nojo‘ya harakatlar bo‘lishi tabiiy, lekin kimki vaziyatdan sho‘xlik va hazil-huzul uchun foydalanmoqchi bo‘lsa, uni o‘ynayotgan guruhinng o‘zi tartibga keltirib qo‘yishi kerak. Bu usulning muhim ta’sir kuchiga egaligini hisobga olib, uni jamoatchilikdan holi va shovqin kam bo‘lgan maxsus xonalarda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
“ikki qo‘llab ko‘rishish” mashqi
Ishtirokchilarning hammasi doira shaklida o‘tirishadi. Qo‘llar bir-biriga birlashtirilgan bo‘ladi. Ishtirokchilar birvarakayiga xohlagan tomonidagi (chap yoki o‘ng yonidagi) kishiga salomlashish uchun qo‘shqo‘llab qo‘l uzatadi. Unisi esa qo‘llarini yonidagisiga uzatishi mumkin va birinchi ishtirokchiga navbat etgunicha shu holda davom etadi. Shunday qilib bir nechta mos kelmaslik holati kuzatilishi tabiiy. Ana shunda qanaqangi qiy-chuv ko‘tarilishini ko‘rasiz!
bu o‘yinni bir necha bor takrorlash nafas rostlash va tinchlanish uchun foydalidir.
“ekstrover va introvert xarakter turlari” mini ma’ruza
Katta davralarda oz’ingizni bemalol his etasizmi yoki “shu yerga kelgandan ko’ra uyda qolganim yaxshi edi” deysizmi?. Bordiyu qay biri ko’proq xarakteringizga yaqin ekanligini o’ylab qolgan bo’lsangiz, unda diqqat qiling, sizdagi holatlar uchun ba’zi ma’lumotlarni havola etamiz.
Ta’sirchan va og’ir bosiq
Bular introvert xarakterdagilardir. Ular ko’pincha o’z ichki dunyolariga quloq soladilar. Muammolarini boshqalar bilan bo’lishmay hal qiladilar, xotirjamlik va vazminlikni juda qadrlaydilar. Bir qarashda juda ajoyib hususiyat dersiz. Biroq hulosa qilishga shoshilmang. Agar siz uy-ish degan chizma yordamida harakatlansangiz, do’stlaringiz bilan uchrashishdan qochsangiz, yaqinlarning to’y-hashamlariga hadeb ham boravermasangiz, siz-introvertsiz! Siz uchun yolg’iz qolish, faqat o’zingizga yaqin bilgan insonlar davrasida bo’lishning o’zi kifoya. O’zingizning bu fe’l atvoringiz sababini uzoqdan axtarmang. Bolalik chog’ingizda ota-onangiz "ortiqcha savol bermay, jim o’tir” deya qiziqishingizni so’ndirgan bo’lishsa, bu ham beta’sir qolmagan. Sizdagi tug’ma vazminlik keyinchalik kirisha olmaslik kompleksiga aylanib qolgan. Sizdagi o’ta vazminlik atrofingizdagilarga manmanlik yoki o’ziga bino qo’yganlik bo’lib ko’rinishi mumkin. Besabab jamoaviy yig’inlarda ishtirok etishdan bosh tortish ham huddi shu “men sizlardan ustunman” deganday tuyulishi mumkin.
Ijobiy tomoni:
Xarakteringizda bosiqlik bo’lgani bois biror qaror qabul qilishdan avval yeti olchab bir kesishni avzal bilasiz. Barakalla! Aynan shu fe’l-atvor sabab sizning fikringiz aniqroq va uzoqni ko’zlagan bo’ladi. Bu hususiyat sizning yutug’ingiz deb bemlol ayta olamiz. Ekstrovertlar qayerda paydo bo’lishsa darxol borliklari seziladi. Atrofdagilarni o’ziga qaratishga usta. Doim ko’tarinki kayfiyatda yurgani bois boshqalar ham ular bilan suhbatga oshiqishadi. Tashkilotchilikni yoqtirasiz, hech qaysi bayram sizning ishtirokinizsiz o’tmaydi. Kirishimli bo’lganingiz bois tanimagan davrani ham tezda o’zingizniki qilib olasiz, demak siz – ekstrovertsiz. Sizni ko’pchilik yoqtiradi. Biroq ko’pincha bu kayfiyat ortiga muammolaringizni ham yashirib ketasiz. Har doim ham diqqat markazida bo’lish foyda keltiravermaydi. Ekstrovertlar o’zlaridagi bu faollik orqasida ba’zi kamchiliklarini yashirishni bilishadi. Shu sabab ham boshqalar nazdida ular hech qanday muammosi yo’qdek tuyuladi. Aslida esa ularning ichki olamlari shu qadar ta’sirchanki, ko’z yoshlarini ko’rsangiz, ishonmasligingiz mumkin. Ba’zi hollarda sizdagi o’ta faollik suhbatdoshingizni ikkinchi darajaga chiqarib qo’yadi. Ya’ni hamma ishda yetakchilik qilish istagi tufayli boshqalarning fikriga imkon qoldirmasligingiz mumkin. Sizni tushungan inson bo’lsa, toqat bilan suhbatlashishi mumkin. Ammo har kim ham bunday qila olmaydi. Ayniqsa jamoada bunday qiliqlaringiz sabab sizni “bilag’on”ga chiqarib qo’yishlari mumkin. Ekstrovert va introvert xarakter ko’rinishlarini asl holicha uchratish mushkul. Sababi, ham unisi ham bunisi bo’ladi. Yagona farq kimdadir faollik ko’proq bo’lsa kimdadir bosiqlik birinchi bo’ladi. Biroq o’zingizdagi yaxshi fazilatlarni yuzaga chiqarishni istab, kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilsangiz hayotda ko’p narsalarga erishishingiz tayin.
“toping-chi, bu kim?” Mashqi
Buning uchun har bir ishtirokchi shu guruh a’zolaridan kimningdir 10 tadan kam bo‘lmagan xarakter xususiyatlarini qog‘ozga yozadi, lekin kim haqda yozganligini, hatto o‘g‘il yoki qiz bolaligini ham hech kimga aytmaydi. Qolgan ishtirokchilar yozilgan xarakter xususiyatlariga qarab gap kim haqda ketayotganligini topishlari lozim. Agar guruh gap kim haqida ketayotganligini qanchalik tez topsa, uni ta’riflagan ishtirokchi mohir odam sifatida rag‘batlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: |