Temperament diagnostikasi (a.belov)
Jadvallardagi u yoki bu temperament xususiyatlarini diqqat bilan o’qing va o’zingizda mavjud bo’lgan xususiyatlar to’g’risiga “+” belgisini qo’ying agar bu xususiyatlar sizda mavjud bo’lmasa “-” belgisini qo’ying.
1-jadval
№ xususiyatlar
Tinch va sovuqqonman
Har qanday ishni izchil va puxta bajaraman
Ehtiyotkor va aql bilan ish ko'raman
Kuta olaman
Behuda va ko'p gairishni yoqtirmayman
Sabrliman va o'zimni tiyib tura olaman
Emotsiyalarsiz, to'xtalishlarsiz sokin va tinch nutq egasisiz
Boslaganingizni oxiriga yetkazasiz
Bekordan bekorga kuch sarflamaysiz
Ishlab chiqilgan tartib-intizomga qat'iy rioya qilasiz hayotda ham ishda ham
Shoshma-shoshar emassiz
Maqtov va tanqidlarga unchalik e'tibor bermaysiz
Siz tomonga qaratilgan mazax va hazillarga jiddiy e'tibor qaratmaysiz
Qiziqishlarim barqaror
Hamma bilan bir xil munosabatdasiz
Sust, kamharakat odamsiz
Hamma narsada tartib va tozalikni yoqtirasiz
Yangi sharoitga qiyinchilik bilan ko'nikasiz
Chidamli va bardoshlisiz
1-jadvaldagi umumiy + lar soni:
2-jadval
№ xususiyatlar javob
Tortinchoq va uyatchangsiz
Yangi sharoitlarda o'zingizni yo'qotib qo'yasiz
O'z kuchingizga ishonmaysiz
Begona odamlar bilan aloqa o'rnatishga qiynalasiz
Yolg'izlikka oson ko'nikasiz
Muvaffaqiyatsizlikka uchraganda tushkunlikka tushasiz va o'zingizni yo'qotib qo'yasiz
Chuqur o’yga tolib qolishga moyilsiz
Tez charchaysiz
Kuchsiz va past nutq egasisiz ayrim hollarda pichirlash darajasigacha
Suhbatdoshingiz xarakteriga ixtiyorsiz moslashib qolishga moyilsiz
Ko'z yosh to'kish darajasigacha ta'sirchansiz
Tanqid va maqtovlarga o'ta ta'sirchansiz
O'zingiz va atrofdagilarga o'ta talabchanisz
Shubha va gumonga moyilsiz
O'ta ta'sirchansiz va tez xafa bo'luvchisiz
O'ta arazchisiz
Yopiqsiz va muloqotchan emassiz, o'z fikrlarlingizni hech kim bilan o'rtoqlashmaysiz
Jura'tsiz va kamharakatsiz
Bo’ysinuvchan va muloyimsiz
Atrofdagilardan hamdardlik va yordam hissini uyg’otishga moyilsiz
2-jadvaldagi umumiy + lar soni:
3-jadval
№ xususiyatlar javob
Beqaror va notinchsiz
Qiziqqonsiz va o'zingizni tutib tura olmaysiz
Sabrsizsiz
Odamlar bilan muloqat qilishda keskin va qo'polsiz
Qat'iyali va tashabbuskorsiz
Qaysarsiz
Munozarada topqirsiz
Sakrashlar bilan ishlaysiz
Tavakkalga moyilsiz
Gina saqlamaysiz va xafa bo'lmaysiz
Tezkor,shijoatli va chalkash nutq egasisiz
Muvozanatsizlik va qizishishga moyilsiz
Tajavuzkor va qbihsiz
Yetishmovchilikka toqtingiz yo'q
Ifodali nutq egasisiz
Tez harakat qilish va tez qaror qabul qilish qobiliyatiga egasiz
Yangilikka to'xtovsiz intilasiz
Keskin va jirkanch harakatlar qilasiz
Qo'yilgan maqsadga erishishda qati'yatlisiz
Kayfiyatingiz tez o’garishiga moyilsiz
3-jadvaldagi umumiy + lar soni:
4-jadval
№ xususiyatlar javob
Quvnoq va hayotdan mamnunsiz
Ishchan va ishbilarmonsiz
Ko'pincha boshlaganingizni oxiriga yetkazmaysiz
O'zingizga yuqori baho berishga moyilsiz
Yangilikni tez qabul qilasiz
Qiziqish va moyilliklaringiz beqaror
Ko'ngilsizlik va muvaffaqiyatsizlikni yengil qabul qilasiz
Har xil vaziyatlarga tez moslashasiz
Har qanday ishga ishtiyoq bilan kirishasiz
Ish sizni qiziqtirmay qo'ysa ishdan tez soviysiz
Yangi ishga tez kirishasiz va bir ishdan boshqa ishga ham tez o'tasiz
Mashaqqatli, har kuni takrorlanadigan, bir xil ish bilan shug'ullanish siz uchun azob
Muloqatchan va e'tiborlisiz siz uchun yangi odamlar bilan muloqoat qilish qiyin emas
Kuchli va mehnatkashsiz
Oson uxlab qolasiz va oson uyg'onasiz
Jonli imo-sihoralar va yuz ifodalari bilan birga baland, tezkor va aniq nutq egasisiz
Og'ir va kutilmagan vaziyatlarda o'zingizni boshqara olasiz
Doim tetik kayfiyat egasisiz
Qaror qabul qilishda ko'pincha shoshmashosharlik qilib qo'yasiz
Ba’zan yuzakilikka va chalg’ishga moyilsiz
4-jadvaldagi umumiy + lar soni:
1-jadval uchun: (1-jadvaldagi «+» lar soni / barcha jadvallardagi «+» lar yig’indisiga) • 100% = _______%
2-jadval uchun: (2-jadvaldagi «+» lar soni / barcha jadvallardagi «+» lar yig’indisiga) • 100% = _______%
3-jadval uchun: (3-jadvaldagi «+» lar soni / barcha jadvallardagi «+» lar yig’indisiga) • 100% = _______%
4-jadval uchun: (4-jadvaldagi «+» lar soni / barcha jadvallardagi «+» lar yig’indisiga) • 100% = _______%
“tabiatning to‘rt hodisasi” mashqi
maqsad. Eshitish va harakatlanish analizatorlarining muvofiqligi bilan bog‘liq diqqatni rivojlantirish.
ishning maqsadi. Ishtirokchilar aylana bo‘lib o‘tiradilar. Boshlovchi “er” so‘zini aytganda , hamma qo‘llarini pastga tushirishi, agar “suv” desa – qo‘llarini oldinga cho‘zishi, “havo” — qo‘llarini yuqoriga ko‘tarishi, “olov” desa – bilak va tirsak bo‘g‘imlarida qo‘llarini aylantirishlari kerak bo‘ladi.
harakatlarni bir necha marta takrorlagach, trener ishtirokchilarni ataylab chalg‘itadi, ya’ni bir harakatni ko‘rsatib boshqa so‘zni aytadi.
“tashqaridan o‘zingizni kuzating” mashqi
Qat’iy vaziyatlarda nazoratni saqlab qolish uchun o‘zingizni tashqaridan kuzatishga o‘rgating. Masalan, siz ko‘chada yoki ishda o‘zaro janjallashayotgan ikki kishini ko‘ryapsiz. Avvaliga bu ikkala janjallashayotgan odamlarni aktyorlar, deb tasavvur qling. Bu sizga vaziyatga tashqaridan qarashga imkoniyat beradi. Siz shunda ular nimada xato qilayotganlarini, nimani tushunmayotganliklarini, bu vaziyatni qanday qilib minimal yo‘qotishlar bilan xal qilish mumkinligini va aynan shunday holat kelgusida takrorlanmasligi uchun nima qilish mumkinligini oson tushunib olasiz. Tashqaridan qarash suxbat ketma-ketligini tizib olishga, bunda har ikkala tomon manfaatlarini hisobga olishga va haqiqatan aqlli qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Hozir sizga quyida berilgan topshiriqni yirik qora nuqtagacha o‘qiysiz va o‘qilgan ko‘rsatmani o‘z tasavvuringizda bajarasiz.
Elkalaringizni, bo‘yningizni bo‘shashtiring, qo‘llaringizni qulay joylashtiring. Belingiz uchun qulay vaziyatni toping, oyoqlaringizni bo‘shashtiring. Ko‘zlaringizni nim yumgan holda tasavvur qiling... Siz tanangizdan chiqa boshladingiz va salgina chetga chiqdingiz. Ahamiyat bering, o‘qiyotgan matningiziga nisbatan diqqatingiz susaydi, chunki monitordagi matnni o‘qiyotgan odamga chetdan qarar ekansiz, u kabi e’tibor bilan o‘qiy olmasligingizni aniq bilasiz... Kompyuter oldida o‘tirgan odamni yaxshilab tomosha qiling, kuzating... Ostingizdagi stulni his qilishni esdan chiqarmang... Uning qattiqligi yoki aksincha, yumshoqligi... Bunda kompyuterning tovushi ham aniq eshitilib turibdi... Endi tasavvur qiling, xonaga uydagi yaqinlaringizdan kimdir kirib keldi va kompyuter oldida o‘tirgan o‘sha odamning oldiga borib, undan nimanidir so‘radi... Kompyuter oldida o‘tirgan odam nimalarnidir ming‘irladi, balki u xalaqit qilmasliklarini aytgandir. Enda xonaga kirgan odamning reaksiyasiga e’tibor qarating. Mana shunday, tashqaridan qarab turib, uning yuz ifodalari va tana harakatlarini baholab turib, anglab ko‘ring – u nimani his qilyapti? Bu oson, axir siz har kuni odamlarning mimikasi orqali hissiyotlarini tushunib olasizku. Endi hayolan shu, kompyuter oldida o‘tirgan odamdan nimanidir so‘rash istagida xonaga kirib kelgan insonga aylaning... O‘z tasavvuringizda unga aylaning va uning emotsiyalarini, xohish va niyatlarini his qilib ko‘ring. U xonaga kirib kelayotganida nimani xohlayotgan edi – anglab ko‘ring... Kompyuter ortida o‘tirgan odam u bilan gaplashgisi kelmayotganligiga qanday munosabatda? Endi bu odamdan chiqing va kompyuter oldidad o‘tirgan odamning ortida turgan odamga aylaning... Endi xonaga kirib kelgan odam sizni bezovta qilmaslikni o‘zi xohlashi uchun nima qilish kerakligi haqida bilimlar bormi? Yoki buni xali anglamayapsizmi? Xech qisi yo‘q... Bo‘shashing... Ana endi yirik, qora nuqtaga keldik. Ko‘rsatmaga ko‘ra siz aqlliroq bo‘lishga qodirsiz.
Dostları ilə paylaş: |