Ii modul. “o’zini anglash”
2-mavzu. “xarakter” trening dasturi.
Maqsad: trening ishtirokchilariga xarakter haqida ma’lumot berish.
Vazifalar:
Xarakter tushunchasi bilan tanishish.
Ekstrovert va introvert xarakter ko’rinishlarini o’rganish.
Davomiyligi: 1 soat 20 daqiqa
Reja:
№
|
Trening mazmuni
|
Davomiyligi
|
O‘quv vositalari
|
Mashq maqsadi
|
1-sessiya. Kirish qismi
|
|
Videorolik
|
15 daq.
|
Kompyuter, videoproektor, kalonka
|
Xarakter nima? Ekstrovert va introvert xarakter ko’rinishlari
|
|
“orqadagi yozuvlar” mashqi
|
10 daq.
|
A4 qog’ozlari, markerlar
|
Qizdiruvchi, to‘siqlarni enguvchi, ko‘tarinki kayfiyat hosil qiluvchi
|
|
“ma’lumotni so’zsiz uzatish” mashqi
|
10 daq.
|
Talab etilmaydi
|
Kuzatuvchanlikni rivojlantirish, to‘siqlarni engish, xotirani rivojlantirish, ismlarni eslab qolishga yordam beradi
|
2-sessiya. Asosiy qism
|
|
“ikki qo’llab ko’rishish” mashqi
|
5 daq.
|
Talab etilmaydi
|
Pozitiv kayfiyat yaratish, aktivlashtirish
|
|
“ekstrovert va introvert xarakter ko’rinishlari”
Mini-ma’ruza
|
15 daq.
|
Taqdimot
|
Stresslarni negativ
Va pozitiv bo‘lishi mumkinligi haqida anglash.
|
|
“topingchi bu kim?” Mashqi
|
15 daq.
|
A4 qog’ozlari
|
Frustratsiya haqida tushuncha hosil qilish. Ularning xulq-atvorga ta’sirini anglash.
|
3-sessiya. Xulosa qismi
|
|
Qayta aloqa
|
10 daq.
|
Barcha ishtirokchilarga qog‘oz-ruchka, flipp-chart.
|
Kunning sarhisobini qilish
|
Jami: 1 soat 20 daqiqa
|
Trening borishi.
1-sessiya. Kirish qismi
Videorolik:
Xarakter —shaxsning barqaror individual xususiyatlari yig‘indisi bo‘lib, u faoliyat va muloqotda yuzaga keladi xamda shaxsga xoc xylq – atvor usullarini namayon qiladi.
“xarakter” termini fanga ilk bora qadimiy yunon olimi va faylasuf teofrast tomonidan kiritilgan.
“xarakter” so‘zi yunoncha «chiziq», «belgi», «sifat», «xususiyat» ma’nosini bildiradi. Bu so‘z “xarasso” fe’lidan kelib chiqib, uni uchlamoq, chizmoq, qirqmoq, deb tarjima qilinishi mumkin.
Hayotiy tajriba asosida xarakter tushunchasini ikki mazmunda tushunish mumkin: keng yoki umumiy maxsus, o‘ziga xos ma’noda.
Keng yoki umumiy ma’noda inson xarakteri deganda uning xatti-xarakati va xylq-atvoriga ta’sir etuvchi individual yaqqol namayom bo‘lgan va sifat jihatdan turlicha bo‘lgan belgilari tushuniladi.
Tor yoki maxsus ma’noda olingan xarakter deganda shaxsning psixik tuzilishi nazarda tutilib, u insonning irodasiga yqnalganligida namoyom bo‘ladi.
Io‘nalganlik — bu insoniing xarakterli xususiyati bo‘lib, faoliyatiga ta’sir etadi na borliqqa nisbatan tanlangan munosabatida aks etadi. O‘ziga xos psixologik tuzilishni inson kurashda tarkib toptiradn va bu esa o‘z o‘rnida insonda irodaviy kuchni talab etadi.
Hayotda bu ko‘p, «kuchli xarakter», «xarakterli kishi”, «kuchsiz xarakterli» degan terminlarni eshitamiz va bunda irodaga urg‘u beriladi.
Xarakterni o‘rganish tarixida qadimlarga borib taqaladi.
Teofrast (er. Av. 372-287 yillar) — kadimgi yunon faylasufi aristotelning shogirdi va do‘sti bo‘lib, u yolgonchi, maxmadona, hasis, mijg‘ov kishilarning 31 turiga tavsifnoma beradi. ( afina jamiyagining salbiy a’zolariga).
Jan de labryuyep (1645-1696 y) - frunsuz yozuvchisi, artistik publitsistika ustasi o‘zining «xarakterlar yoki biznnng asrimizpnig ahloqi» kitobida yuqori tabaqa kishilariga satirik baho beradi. Bunda u bankirlar, savdogarlar, amaldorlar va a’yonlarga 1120 xil xaraktaristika beradi.
Xviii asrda yashagan shvetsariyalik yozuvchi lafater i.k. (1741-1801 y) fiziognomikaga doir yozilgan mashhur «fiziologik parchalar” traktida o‘zining fiziognomikaga doir ta’limotini asoslab beradi.
Fiziognomiki - insonning o‘ziga xos jihatlarini yuz qomat, tashqi ko‘rinish orkali tasvirlash xaqidagi ta’limot bo‘lib, uni keng ma’noda oladigan bo‘lsak, u kuzatilayotgan xodisalarni tashqi jihatdan izohlash san’ati, voqealikni tashqi formalarida tushuntirish haqidagi ta’limotdir.
Fiziogiomistlarnnng fikricha, xarakter bu taqdirning belgisi, bu taqdiri azaldir.
Fransuz psixologi, birinchi fransuz laboratoriyasining direktori (1889 y) ribo t.d. (1839-1916) insoi xarakterlarni ikki guruxga bo‘ladi: xissiyoti kuchli, sezgirlar, (yuvosh. Beozor, emotsional ) va irodalilar (bevosita (faol va o‘ta faol) xarakterlilar.
Xx asrda nemis psixologi e.shiranger (1882-1903 y) xarakternnng 6 tipini ajratadi:
1) amaliyotlar (iqisodiyot, xo‘jalik, xudbinlar);
2) nazariyotchilar (intelektuallar, yakka, amaliy faoliyatda yordamga muxtojlar);
3) estitlar — xayotdan lazatlanadiganlar;
4) dindor kishilar;
5) xokimiyatga intiluvchilar, doxiylar;
6) ijtimoiylar — jamiyat manfaatlari uchup yashovchilar.
Rus psixologi a.f. lazurskiy (1874-1917 i) ilmiy izlanishlari xarakterologiya va shaxs klassifikatsiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, u odamlarni 3 guruxga (darajaga) ajratadi:
— past daraja - samarali, faol, fikrlovchi, hisob-kitobli
Xudbinlar;
— o‘rta daraja - nazariyotchilar, olimlar, idealistlar, xukmdor, tadbirkorlar:
— yuqori daraja - jamoatchilar, intellektuallar, xokimiyatda
Ma’lum mazmuni ko‘ra oladigan, go‘zallikka intiluvchilar.
Rus psixologi l.p.nechaev (1929 y) o‘zining «inson xarakteri» kitobida og‘ir vazmin, serxarakat, iitiluvchan xarakterga ega bo‘lgan kishilarni aniqlashga intilgan. Xarakterning mohiyatiga doir konstitutsional nazariyada (sheldon, krechmer) inson xarakteri uninig tana tuzilishiga qarab aniqlashga intilishlar bo‘lgan. (atlet, astenik, piknik) ammo shu vaqtgacha xarakter klassifikatsiyasi aniq ega emas..
Xarakter tizimi.
Inson xarakterining tizimini o‘rganishning asosiy vazifasi xarakter xususiyatlarni ma’lum tizimga solish va ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlashdir.
Xarakter xususiyatlari bu shunday individual xususiyatlarki, ular insonning ma’lum vaziyatdagi xulq-atvorini ko‘ra olish, aniqlashga yordam beradi. Insonni borliqqa bo‘lgan hayotiy munosabatga ko‘ra uning xarakter yo‘nalganligini quyidagicha guruhlash mumkin.:
A. Jamiyatga bo‘lgan munosabat. Atrof olamdagi narsa va hodisalarga munosabat. (masalan, vatanparvarlik, vatanga muhabbat, tilga, kelajakka, ona tuproqqa muhabbat).
B. Mehnatga munosabat.
B. Boshqa odamlarga munosabat.
G. O‘z-o‘ziga munosabat.
A. Jamiyat, olamdagi narsa va hodisalarga bulgan munosabat: bu avvalambor vatanparvarlik, vatanga bo‘lgan muhabbatdir. Inson alohida vatanparvarlik hislarini tug‘ilgai, yashnagan erlariga nisbatan namayon qiladi, bu muhabbat o‘z xalqining tarixiy o‘tmishi, uning boy madaniyati, tili, uning porloq kelajagiga nisbatan ifoda etiladi. Bu muhabbat respublikamizni mustaqilikka erishishi bilan yanada mustahkamroq, yorqinroq bo‘lishi mumkin.
B. Mehnatga bo‘lgan munosabat: mehnat - xayot asosi, mehnatga bo‘lgan munosabat — mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishchanlik, mehnatda psixik qondirilganlik xolati, mehnatdan quvonish, mehnat qilishga extiyoj sezish va qarama –qarshi sifatlar – mehnatga yuzaki munosabat, dangasalik va h.k.
V. Boshqa kishilarga munosabat: bu ochiqlik va dilkashlik, qarama-qarshi sifatlar — yuzakilik, manmanlik.
Bu sezgirlik, tezkorlik, qarama – qarshisi – o‘z qobig‘ida o‘ranib olgan odamovilik. Va nihoyat, bu muloyimlik va berilgan ishni vaqtida bajarish tezkorlikdir.
G. O‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabat: ushbu munosabat asosida insonning o‘ziga va boshqalarga nisbatan ko‘plab xapaktep asoratlari shakllanadi, ular o‘z o‘rnida shaxs uchun muhim ahamiyatga egadir.
Bularga insonni o‘z-o‘ziga bergan bahosi, o‘z ustida ishlash ehtiyoji kiradi. Bu avvalombor kamtarlikdir.
Kamtarlik quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi:
1) o‘z-o‘zini namoyon qilish, o‘zini ko‘rsatishga salbiy munosabat;
2) o‘z imkoinyatlari chegarasini bilish;
3) ehtiyotkorlik, sezgirlik, birovni dilini besabab og‘ritmaslik;
4) o‘z imkoniyatlari, muvaffaqqiyatlari sababini yaxshi shart-sharoitlari bilan bog‘lash.
Kamtar kishi juda oddiy. Tabiiy, balandparvoz gaplarni yoqtirmaydi, o‘z xususiyatini biladi va o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaydi.
Kamtarlikdan o‘zi-o‘zini baholay olmaslik, o‘z-o‘ziga ishonchni yo‘qligini ajrata olish lozim.
Ba’zi odamlarda o‘z – o‘ziga yuqori baho berish, o‘zini sevish, takabburlik, manmanlik kabi sifatlarni ham kuzatish mumkin.
Insonni zarur sifatlaridai biri o‘z-o‘ziga tanqidiy qarash – bu doimiy o‘z ustida ishlashga undovchi asosiy omildir.
Insonni o‘ziga bo‘lgan munosabati xarakteristikasida mustaqillik va taqlidchanlik muhim o‘rin egallaydi.
Mustaqillik – insonning ijobiy xarakter sifatida bo‘lib, u ma’suliyatlilik o‘z-o‘ziga ishonch bilan bog‘liqdir. Bu sifat ijodiy ish bilan mashg‘ul bo‘lgan kishilarga xosdir.
Taqlidchanlik - o‘z fikri va xatti-xarakatlarini boshqa kishilar xatti-xarakatlaridan ko‘chirma moyillik. Yaxshi odatlarga taqlidchanlik barcha kishilar uchun zarurdir. Ko‘r-ko‘rona taqlidchanlik, ayniqsa yomon odatlarga taqlid qilishga olib kelishi mumkin.
Mustaqil odamlar o‘z oldilariga qo‘yilgan maqsadlarga qat’iylik bilan erishadilar. Maqsadni aniqligi va yuksakligi xarakter sifatlarni shakillanishi uchun juda zarurdir.
Insonning irodaviy xarakter sifatlari - bu faollik, qat’iyatlilik, jasurlik, originallik, tashabbuskorlik, o‘z-o‘ziga ishonish, tartib-intizomlilik, chidamlilik, matonatlilik va x. K.
Ushbu irodaviy sifatlarga qaysarlik qarama-qarshi bo‘lishi mumkin.
Qaysarlik juda past va anglanilmaganlik motivatsiya bilan ajralib turadi.
«men qanday istasam, shunday qildim», bu tafakkurning torligi, boshqalarga talabchanligi, aqlli fikrlarga berilishning o‘ziga nisbatan pastligidan dalolat beradi. Odatda xarakter tizimida ba’zi sifatlar ustivor bo‘ladi.
Xarakter tuzilishini bir butunligi aniqlikda, maqsadga egalikda, orignallik va dinamikada namayon bo‘ladi. Xarakterning asosiy xususiyatlaridan uning aniqligidir. Aniqlik bir yoki bir necha sifatlarni ustivorligida namayon bo‘ladi. Masalan hamza xarakterining asosi bu aql va ehtiros ixtiloflari hamda hayotdan qo‘rqishdir. Aniq namayon bo‘lmagan sifatlar o‘z yorqinligini yo‘qotadi.
Bir butunlik – ichki butunlik, sifatlarda qarama – qarshiliklarning mavjudligi emasligi, yo‘nalganlilik va faoliyat o‘rtasida bog‘liqlik, anglash va xatti – xarakatlardagi uzviylikdir.
Xarakter murakkabligi - bu turli tuman qiziqishlarni ong va faoliyatga faol ta’sir ko‘rsatishidir. Masalan. M.v.lomonosov xarakterinng murakkabligi bunga misol bo‘la oladi. (turli ilmiy qiziqishlarga egalik, ishda chidamlilik va qat’iyatlilik, kuchli ehtiros va emotsionallik, ruhiy yumshoqlik lirika bilan almashinish).
Originallik — individual o‘ziga xoslik bo‘lib, u juda kam hollarda uchraydi.
Xarakterning dinamik xolati – xarakterni ma’lum o‘zgaruvchanligi, bu tashqi va ichki sabablar hamda o‘z – o‘ziga bo‘lgan munosabatni o‘zgarganligida namayon bo‘ladi
Jo‘shqinlik – xarakterning ma’lum o‘zgaruvchan sifati bo‘lib, u tashqi o‘zgarishlar hamda o‘z ustida ishlash natijasida yuz beradi. Jo‘shqinlik haqida gapirilganda uning bo‘ysinuvchanligiga alohida to‘htalish lozim.
Hayotiy voqiyalarga bog‘liq holda xarakter insonlarni ongida va faoliyatida, ma’lum qismida uning tashqi ko‘rinishida namayon bo‘ladi.
Xarakter butun kuchi bilan inson faoliyatining xulq – atvorida ifodalanadi. Xulq – atvor deganda ahloqiy va yuridik bahoga ega bo‘lgan xatti - xarakat tushuniladi. Xarakter insoninson nutqida, uning balandligida, tempida, tezligida, ko‘pso‘zligida, emotsionalligida namayon bo‘ladi.
Mahmadonagarchilik, ko‘p so‘zlash insonni o‘z – o‘ziga ishonchida, o‘zini namayon qilishida, o‘zini sevishida, xudbinligida va shu bilan birga odamlarga yoqishga intilish uchun hizmat qiladi.
Indamaslik o‘zining gapirayotgan gapiga bo‘lgan ma’suliyatda, “gapirding tutilding, indamading qutilding” degan maqoldan foydalanishga, o‘z fikrlarini yashirishga intilishda namayon bo‘ladi, ba’zan u qurquv, shubhalanishda ham ifodalanadi.
Xarakter mimika, pantomimika, qo‘l xarakatlarida ham namayon bo‘lib, masalan yuzdagi ajinlar yosh bilangina emas, balki jahl chiqqanda, kulganda ham paydo bo‘ladi.
“ko‘z – qalbning ko‘zgusidir” degan xalkning iborasi bor. Ular ayyor, yorqin, o‘ynoqi, sovuq, ma’yus va h.k. Yuo‘ladi va u bu borada a.n tolstoy: “shunday odamlar borki, ularning ko‘zlarigina kuladi. Bunday odamlar ayyor va xudbin bo‘ladi. Shunday odamlar borki, ularning faqat og‘zi kuladi – ular kuchsiz, qat’iyatsizdirlar va bu ikkala kulgu ham juda yoqimsizdir” degan edi.
Xarakter tashqi ko‘rinishda ham namayon bo‘ladi. Masalan, manmanlik, balandparvozlik ko‘krakni oldinga chiqarib, boshni tik tutib yurishda ko‘rinadi.
Hatto insonning kiyimi, uning rangi, kiyimlarining ayrim qismlari uning xarakteri haqida nimalardir deyishi mumkin.
Insonning tashqi belgilaridan xarakterini aniqlash – grofologiya, xiromantiya kabi yo‘nalishlardan xarakat qilindi.
Grafologiya — (yunoncha grapho – yozaman, logos - -ta’limot) — yozuv shakli haqidagi ta’limot, u orqali psixik xolatni aniqlash mumkin deb hisoblaydi.
Xiromantiya - (yunopcha chel - qo‘l , manleia - fol ochmoq) qo‘lning chiziqlari, qadoqlari, orqali inson xarakterini aniqlash, taqdir haqida fol ochish.
Dostları ilə paylaş: |