O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə60/94
tarix25.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56330
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94
O‘qituvchilarda kasbiy stress

Shart-sharoitlar: mashq tinchlantiruvchi, bir maromdagi musiqa sadolari ostida bajarilishi zarur. Bunda matn o‘qiyotgan boshlovchi ovozining qanday ohangda ekanligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘yinning borishi:

Ishtirokchilarga oltita varaq tarqatilib, mana shu qog‘ozlarga o‘z hayotlaridagi eng qadrli narsalarni ahamiyatlilik darajasiga ko‘ra yozib chiqishlari so‘raladi. Keyin varaqlar shunday aralashtiriladiki, eng qadrli narsa yozilgan varaq oxirida turishi kerak. Boshlovchi ishtirokchilarga qandaydir hodisa ro‘y berib, birinchi varaqda yozilgan qadriyatdan mahrum bo‘lganliklarini his qilib ko‘rishlarini taklif qiladi. So‘ngra boshlovchi ishtirokchilardan shu qadriyat yozilgan qog‘ozni g‘ijimlab uloqtirishni va hayotni ana shu qadriyatsiz tasavvur qilib ko‘rishlarini so‘raydi.

Shu tariqa har bir qadriyatdan voz kechib boriladi. Shundan so‘ng ishtirokchilarga qadriyatdan ajralayotgan vaqtda qanday hissiyot, qanday tuyg‘uni his qilganligini eslash taklif qiladi. Keyin boshlovchi mo‘‘jiza ro‘y berib, qadriyatlarni birma-bir qaytarish imkoniyati tug‘ilganligini e’lon qiladi va g‘ijimlangan qog‘ozlarni birma-bir qaytarib oladi. So‘ng ishtirokchilardan qadriyatlarning yo‘qotilgan paytdagi holati va g‘ijimlangan qog‘ozlarga yozilgan holatini solishtirib, yo‘qotilgan paytdagi qadriyatlarni hozir ham xuddi shunday qadr-qimmatga egami yoki yo‘qmi ekanligini so‘raydi. Agar guruh a’zolari qadriyatlarni ahamiyatiga ko‘ra o‘rinlarini almashtirgan bo‘lsa, buni ham bayon qilishlari kerak. Mashg‘ulot so‘ngida boshlovchi natijalarni muhokama qilib, xulosalarni bayon etadi.

Diqqat! Mashg‘ulot jarayonida ishtirokchilar kuchli ruhiy kechinmalarni, zo‘riqishlarni his qilishlari mumkin. Shuning uchun mashg‘ulot ortiqcha shovqin-suronsiz o‘tishiga, ortiqcha ovozlar bo‘lmasligiga, ishtirokchilarning bir-biriga halaqit bermasligiga va begona odamlarning xonaga kirmasligiga e’tibor berish lozim. Shu bilan birga boshlovchi ham ishtirokchilarga diqqat-e’tiborli bo‘lishi zarur.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin