54
bo’lishga
jon-dili bilan intiladilar, muvaffaqiyatsizlikka uchraganda juda xafa bo’ladilar,
kattalarning munosabati, kayfiyati o’zgarib qolishiga yorqin va emotsional
ravishda reaksiya
ko’rsatadilar. Bu davrda bolalarning guruhda taniqli va yoqimsiz bolalarga ajralib qolishlari aniq
namoyon bo’ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi ehtiyoji bo’lib ham o’z tengdoshlar, ham kattalar
bilan muloqoti sanaladi. Oldingi yosh davridagidek yetakchi faoliyat bo’lib syujetli-rolli o’yinlar
qolaveradi. Bu yoshdagi o’yinlarning o’ziga xosligi bo’lib shu narsa hisoblanadiki,
bunda bolalar
kishilarning murakkab o’zaro harakatlarini o’zlashtirishni va uni amalga oshirib ko’rishni, atrof-
muhitdagi asosiy hayotiy vaziyatlarni sinab ko’rishni boshlaydilar.
O’yinlar murakkablasha boradi, ba’zan kattalar har doim ham tushuna olmaydigan alohida
mazmunga ega bo’ladi. Bunda bolalar butun o’yin maydonini to’la kuzatib turishga, o’yindagi
barcha ishtirokchilarni ko’rib turishga va zaruriy o’yin harakatlariga bog‘liq bo’ladigan o’z xulq-
atvori yoki rolini o’zgartirib turishga qodir bo’ladilar.
Dostları ilə paylaş: