Fikrlash . Ilgarigidek, yetakchi bo’lib ko’rgazmali-qiyofaviy fikrlash hisoblanadi, lekin
maktabgacha yosh oxiriga kelib so’zli-mantiqiy fikrlash shakllana boshlaydi. U so’zlarn ishlata
bilish, fikr-mulohazalar mantig‘ini tushuna olish mahoratining rivojlanishini ko’zda tutadi. Bu
yerda albatta katta yoshlilarning yordami zarur bo’lib hisoblanadi, chunki bolalarning, masalan,
predmetlar kattaligi
yoki
sonini
taqqoslashlaridagi
bolalarcha fikr-mulohazalarining
nomantiqiyligi mavjud bo’lishi ma’lumdir. Maktabgacha bo’lgan yoshda tushunchalarning
rivojlanishi boshlanadi. To’la holda so’zli-mantiqiy, tushunchali yoki abstrakt fikrlash o’smirlik
yoshiga kelib shakllanadi. Katta maktabgacha yoshdagi bola sabab-oqibatli aloqadorliklarni
belgilay olishi, muammoli vaziyatlar yechimini topa olishi mumkin bo’ladi.
Tasavvur . Bola hayotining bu davri tasavvur qilishning o’ziga xos faolligi bilan
tavsiflanadi. Dastlab bu fakat yaratuvchilik tasavvurlari bo’ladi, ya’ni, biron-bir ertaknamo
qiyofalarni tasavvur qilishga imkon beradigan tarzda bo’ladi, keyinchalik esa butunlay yangi
qiyofalarni yaratishga qodir bo’lgan ijodiy tasavvurga aylanadi. Bu bolada fantaziyani
rivojlantirish uchun o’ta muhimdir.
Nutq . Grammatika va leksikaning rivojlanishi davom etadi, nutq ravon bo’la boradi. So’z
boyligi ortadi, bolalar umumlashtiruvchi otlarni ishlata boshlaydilar, sinonimlar, antonimlar va
sifatlardan foydalana boshlaydilar. Agarda bola bilan birga ko’p o’qilsa va muloqot qilinsa, unda
bu yoshga kelib ham monologik nutq (tushuntirishli va talqin qiluvchi, bayoniy nutq) hamda
muloqotda ishtirok eta olish mahorati yaxshi darajada shakllangan bo’ladi. Yozma nutq shakllana
boshlaydi. So’z boyligi taxminan 3000 ta so’zgacha boyib boradi.
Shaxs rivojlanishi . Maktabgacha yoshdagi bolaning ongidagi asosiy o’zgarish bo’lib
“
harakatlar ichki rejasi ”ning paydo bo’lishi hisoblanib, u bolaga nafaqat ko’rgazmali tarzda, balki
ongli ravishda ham turli xildagi tasavvurlarni hosil qilishga yordam beradi.
Bolaning o’z-o’zini anglashida “Men” obrazini anglashi refleksif qobiliyatini belgilaydi,
ya’ni, tahlil qilishi, o’z harakatlarining maqsadlari va natijalari uchun javob bera olishi, shu
jumladan, o’z kechinmalari, hissiyotlarini anglashi. Aynan shu yangilanish bolaning ma’nan
rivojlanishining asosi bo’lib hisoblanadi. 6-7 yoshli bolaning psixik va shaxsiy sohalarida
rivojlanishining eng muhim yangi hosilasi sifatida motivlarning bo’ysundirilishi hisoblanadi.
“Men qilishim kerak”, “men qila olaman” motivlarining anglanishi “men xohlayman” motivi
ustidan ustunlik qila boshlaydi.