O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127
 
 
6-Mavzu: MTT TARBIYACHISINING RIVOJLANISH MARKAZLARIDA TA’LIMIY 
FAOLIYATGA RAHBARLIK QILISH METODLARI. 
Mavzu rejasi: 
1.
 
Rivojlanish markazlari va umumiy guruh bo’lib tashkil etiladigan ta’limiy faoliyatning 
bog’liqligi. 
2.
 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda rivojlanish markazlarini tashkil etish. 
3.
 
Rivojlantiruvchi markazlar faoliyatiga rahbarlik qilish. 
Mazkur dastur o’ziga xos bo’lib, unga ko’ra, o’quv-tarbiyaviy faoliyat kuniga 3 soat 
davomida amalga oshiriladi, uning majburiy qismi 80 foizni va variativ qismi esa 20 foizni tashkil 
etadi. 
Dastur idoraviy bo’ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar O’zbekiston 
Respublikasi hududida joylashgan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo’llanilishi 
mumkin: 

bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlariga ega bo’lgan umumiy hamda 
ixtisoslashtirilgan tiplardagi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida; 

maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan 
o’rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida

maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim tizimi uchun pedagog-kadrlarnining malakasini 
oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini amalga oshiruvchi muassasalarda. 
Shuningdek, har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti, shu jumladan, maktabgacha ta’limning 
muqobil shakllari xududiy, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqib, 
o’z muqobil shakllarini ishlab chiqishi mumkin. 
Dastur asosiga bola shaxsining rivojlanishidagi asosiy sohalar (jismoniy rivojlanish va 
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o’qish va 
yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) bo’yicha O’zbekiston 
Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat 
talablari kiritildi. Dastur (kurrikulum)ning o’rgatuvchi jarayonidagi integratsiyalashgan 
yondashuv bola rivojlanishining yaxlitligini ta’minlaydi. 


51 
O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limi tizimini modernizatsiya qilish 
maktabgacha ta’limga teng imkoniyatlar yaratishning zarurati va muhimligi hamda bolalarni 
maktab ta’limiga tayyorlashning muqobil va kamchiqim modellarini ishlab chiqishni taqozo etadi. 
6-7 yoshli bolalarni o’qitish majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlari 
dasturi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ta’lim sektori 
rejasi, maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi, Davlat talablariga tayangan holda bolaga 
yo’naltirilgan sifatli pedagogikaga prinsiplariga asoslangan. 
Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etadi. Bolaning erta rivojlanishiga investitsiya ajratilishi quyidagi asosiy omillar 
bilan belgilanadi:

katta yoshdagi kishi intellektual qobiliyatining 70% hayotining dastlabki 5 yilida 
shakllanadi; 

maktabgacha ta’limga sarf-xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi 17:1 nisbatni tashkil 
etadi (bolalar qamrovi 50% kam bo’lmaganda); 

umumiy ta’limda erishiladigan sezilarli yutuqlar

ta’limni yuqoriroq bosqichda davom ettirish uchun katta imkoniyat mavjudligi; 

g‘ayri axloqiy va jinoiy xatti-harakatlar ehtimolining kamayishi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin