O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   127
Patronaj daftari:
har bir yosh guruhida tarbiyachi tomonidan oyma-oy yuritiladi. Bola 
tashkilotga kelmagan kunlarning uchinchi kuni tarbiyachi oilaga tashrif buyurib (yoki telefon 
orqali), bolaning tashkilotga kelmaslik sababini aniqlaydi. Bola uzoq muddat kelmagan taqdirda, 
kelmagan kunlarning yettinchi kuni ikkinchi patronaj va o‘n to‘rtinchi kuni uchinchi patronajning 
o‘tkazilishi va har bir patronaj qilingan kunning sanasi hamda kelmaslik sababi yozib borilishi 
lozim. Uch kun va undan ortiq tashkilotga qatnamagan bolaning tashkilotga kelgan kuni 
maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimi(shifokori yoki hamshirasi) tomonidan kelmagan 
kunlar uchun taqdim etilgan tibbiy ma’lumotnoma asosida nazoratdan o‘tkazib, qabul qilishnishi 
va patronaj daftariga imzo qo‘yiladi. Bola keyingi oy ham tashkilotga kelmagan holatda tarbiyachi 
ushbu bolani yana belgilangan tartibda patronaj daftariga ro‘yxatga oladi. Patronaj daftari tikilgan, 
sahifalangan, muhrlangan, rahbar tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
Ota-onalar haqidagi ma’lumotlar daftari: 
ushbu daftarga bolaning familiyasi, ismi, 
sharifi, tug‘ilgan sanasi, uy manzili, telefon raqami, ota-onasining familiyasi, ismi, otasining ismi, 
ularning ish joylari haqidagi ma’lumotlar kiritiladi va qo‘shimcha ma’lumotlar olinganda, daftarga 
qayd etib boriladi. Ota-onalar haqidagi ma’lumotlar daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, 
rahbar tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. 
05-04. Bolalarning rivojlanish xaritalari. 
Guruhdagi bolalarning rivojlanish xaritasini 
to‘ldirish uchun uch sikldan iborat bo‘lgan kuzatuv olib boriladi: dastlabki (o‘quv yili boshida), 
oraliq va yakuniy. 
 


49 
Dastlabki kuzatuv o‘quv yili boshida o‘tkaziladi (taxminan sentyabr oyi mobaynida). Bu 
bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrgacha erishgan 
yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi ta’lim sohalarini o‘zlashtirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan 
muammolarga ham e’tibor qaratadi, bolaning qanday sifatlari qo‘llab-quvvatlashni talab etishini, 
har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin bolaning ayni davrdagi yoshini 
hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari haritasi to‘ldiriladi.
 
Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o‘tkaziladi. Bu monitoringni 
o‘tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish 
dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko‘ra, tarbiyachi boshqa 
mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug‘ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar 
kiritishi mumkin. 
O‘quv yili oxirida (may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv o‘tkazadi. Mazkur kuzatuv 
asosida yil boshida qo‘yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida 
kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko‘zda 
tutiladigan maqsadlar belgilanadi.
Namuna 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin