bolalar faoliyatini tashkil etishdagi o‘zgarishlar bo‘limi
kiritilgan bo‘lib, unda tarbiyachi kun davomidagi faoliyatlarda o‘zgartishlar kiritgan bo‘lsa, bu
haqda albatta ma’lumot yozib qo‘yadi. Masalan: Kun sovuq bo‘lganligi uchun rejalashtirilgan
ekskursiyaning o‘tkazilmaganligi. Ish jurnalida “Hafta yakuni” bo‘limi bo‘lib, u 4 qismdan iborat:
-
“Bolalar ilgari nimani bilishar edi?” - Bu savolga tarbiyachi hafta davomida
berilayotgan mavzular haqida bolalarning qanchalik tushunchalari borligini yozadi;
-
“Bolalar nimani bilishdi?” - Savoliga tarbiyachi hafta davomida bolalar tomonidan
markazlar va umumiy guruhlarda ishlash jarayonlarida olgan yangiliklarini yozadi;
-
“Bolalar nimani bilishni xohlaydilar?” - Bu savolga tarbiyachi bolalarda hosil bo‘lgan
savollar, qiziqishlardan kelib chiqqan holdagi mavzularni kiritadi;
-
“Kelgusi haftaga g‘oyalar” - da esa tarbiyachi bolalar qiziqishlari va hoxishlari asosida
tashkil etiladigan faoliyatlarni yozadi.
Ish jurnalidagi haftalik ish rejasining so‘nggida rejaning qay holatda yozilganligi bo‘yicha
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati (rahbar, metodist)ning tavsiya va ko‘rsatmalari beriladi. Bu tarbiyachiga kelgusi hafta ish rejasini tuzishda metodik yordam bo‘lib hisoblanadi.
Ish jurnali maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan, imzolangan,
tikilgan, muhrlangan bo‘lishi shart.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining ushbu ish jurnali tashkilotda faoliyat yuritayotgan tarbiyachilar uchun ishlab chiqilgan. Mazkur hujjatni yuritishdan maqsad, O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi talablarini bajarish asosida ertalabki soat, sayr, kunning