O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   127
 
05-03. 
Bolalar davomatini qayd etish daftari 
(tabel, filtr, patronaj va ota-onalar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar).
Tarbiyachi tomonidan yuritiladigan tabel, filtr va patronaj daftari bir-
biriga uzviy bog‘liq bo‘lib, ular bolalarni qabul qilish va qatnovini nazorat qiluvchi hujjatlar 
hisoblanadi. Daftarda ota-onalar haqidagi ma’lumotlar ham qayd etiladi. Daftarlar umumiy bitta 
bo‘lishi yoki 4 ta daftar alohida yuritilishi mumkin, alohida yuritilganda, ularning har biriga 05-
03 raqami qo‘yiladi. Daftarlarning yuritilish tartibi quyidagicha: 
Bolalar davomatini qayd etish daftari
yosh guruhlarida bolalar qatnovini har kuni soat 
9.00 dan kechiktirmay belgilab boriladi va kelgan bolalarning umumiy soni chiqarib qo‘yiladi. Oy 
yakunida ro‘yxatdagi bolalar kelgan, kelmagan kunlarining umumiy soni chiqariladi va natijalar 
umumlashtiriladi. Tahlilda ro‘yxat bo‘yicha bolalar soni, ushbu oy davomida kelgan va umuman 
kelmagan bolalarning aniq soni yoziladi. Ushbu tahlil asosida bola kuni bajarilishi aniqlanadi. 
Umumiy bolalar kuni va bola kelmagan kunlarning sababli va sababsiz soni yoziladi. Tahlil qilgan 
tarbiyachining familiyasi va imzosi, hamshira tomonidan bolalar sonining haqqoniyligini tasdiqlab 
imzo qo‘yiladi. Tashkilot rahbari oy davomida yuritilgan davomat va tahlilni nazoratdan o‘tkazib, 
imzo va muhr qo‘yadi.
Tabel daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, rahbar tomonidan imzolangan bo‘lishi 
kerak. 
Filtr daftari:
Tarbiyachi bolalarni qabul qilish vaqtida har bir bolaning ota-onasi bilan bola 
salomatligi haqida qisqacha suhbatlashadi, birlamchi tibbiy nazoratdan o‘tkazadi. Filtr daftarida 
tana harorati, teri tozaligi, bosh tozaligi (pedikulyozga tekshiruv) va ota-onadan olingan 
so‘rovnoma natijalari belgilanadi. Bolaning filtr nazorati ota-ona oldida o‘tkaziladi.
Bola uch kun kelmagan taqdirda filtr nazoratini tashkilotning tibbiyot xodimlari tomonidan 
o‘tkazilishi va ota-onadan bolaning muassasaga kelmaganlik sababini tasdiqlovchi tegishli 
hududiy davolash tashkiloti tomonidan berilgan maxsus shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim 
etilishi talab etiladi. Filtr daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, rahbar tomonidan imzolangan 
bo‘lishi kerak.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin