44
hujum” strategiyasi asosida o‘rganish jarayonda, eng avvalo, strategiyaning o‘zi nimaligini, uni
qanday qo‘llash zarurligi haqidagi tushunchalarga ega bo‘lishlari lozim.
Muayyan omillar talabalarda kreativlik sifatlari, malakalarini rivojlantirishga to‘sqinlik
qiladi. Shu sababli pedagogik jarayonda o‘qituvchilar ushbu omillarni bartaraf etishga e’tibor
qaratishlari lozim. Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi:
1) o‘zini tavakkaldan olib qochish;
2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo‘pollikka yo‘l qo‘yish;
3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;
4) boshqalarga tobe bo‘lish;
5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o‘ylash.
Talabalarni kreativ fikrlashga o‘rgatish, ularda kreativ tafakkurni shakllantira olish uchun
avvalo o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor shaxs bo‘lishi zarur. Bordi-yu, uning o‘zi kreativlik
sifatlariga ega bo‘lmasa, u holda qanday qilib, talabalarni kreativ fikrlashga rag‘batlantira oladi.
Chiqariladigan yagona xulosa quyidagicha: o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor bo‘lsagina, talabalar
ham shunday bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: