O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   127
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim. 
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim 
umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga 
qaratilgan. 
Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat: 
boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar); 
tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar); 
o‘rta ta’lim (X — XI sinflar). 
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan 
yilda qabul qilinadi. 


40 
Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur 
bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan. 
Tayanch o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, malaka va 
ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini 
rivojlantiradi. 
Tayanch o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so‘ng) ta’lim oluvchilarda kasblar bo‘yicha 
birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional tashxislash va kasb-
hunarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi. 
O‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va 
ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori 
malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini ta’minlaydi. 
Professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek ta’lim oluvchilarni 
yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonunchilikda belgilanadi. 
Umumiy o‘rta ta’lim umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, majburiy 
bo‘lgan o‘n bir yil davomida amalga oshiriladi. 
O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda to‘qqiz yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida ikki 
yil mobaynida amalga oshiriladi va ta’lim oluvchilarning intellektual qobiliyatlarining jadal 
rivojlanishini, shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasb-hunarga va shaxsga yo‘naltirilgan 
ta’lim olishini ta’minlaydi. 
Nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim to‘lov-shartnoma 
asosida amalga oshirilishi mumkin. 
Iqtidorli va iste’dodli bolalarning qobiliyatini rivojlantirish uchun Prezident, ijod va 
boshqa ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek maktab-internatlar tashkil etilishi mumkin. 
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq 
vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy 
o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda 
ta’lim oladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining sinflarida (guruhlarida) ta’lim oluvchilar soni o‘ttiz 
besh nafardan oshmasligi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin