O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim. 
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy 
tashkilotlarda olish mumkin. 
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish 
maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan 
tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy 
va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi. 
Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga 
da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali 
ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli 
hisoblanadi. 
Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar 
izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va 
ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi. 
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori 
(Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan 
ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi 
bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi. 
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. 
Kadrlarni qayta 
tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni 
amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmi 
egallanishini ta’minlaydi. 
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning chuqurlashtirilishi 
hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi 
oshishiga xizmat qiladi. 
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari 
tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi. 


42 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin