O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   127
 
 
5-Mavzu: MAKTABGACHA 
TA’LIM TASHKILOTI 
TARBIYACHISINING ISH 
HUJJATLARI 
REJA: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining “Davlat maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 155-sonli buyrug‘i.
 
2.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlari ro‘yxati. 
3.
Umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi
 
ish hujjatlari. 
4.
Tarbiyachining shaxsiy ish rejasi (Ish jurnali). 
5.
Bolalar davomatini qayd etish daftari (tabel, filtr, patronaj va ota-onalar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar). 
 
 
 
Tayanch tushunchalar: 
“Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish 
hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun, ish reja, tabel, filtr, potranaj, sayr, kunning ikkinchi 
yarmi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2019 yil 30 avgustda 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 13 maydagi 391-sonli qarori hamda 
O‘zbekiston Respublikasining “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi ijrosini ta’minlash, maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarida yuritilayotgan ish hujjatlarini tartibga solish, xodimlarning ta’lim-tarbiya 
jarayonidagi mas’uliyatini oshirish maqsadida “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 155-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Ushbu 
buyruqqa asosan, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlari ro‘yxati 


45 
hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining ish hujjatlarini yuritilishi 
bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlangan.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlari ro‘yxati 01 dan 12 
gacha indeksatsiya qilingan bo‘lib, bunda yig‘ma jildlar nomi, saqlanish muddati va modda 
raqamlari qayd etilgan. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlari 
quyidagi hujjatlar ro‘yxatidan iborat: 
01 - Boshqaruv hujjatlari (01-01dan 01-19 gacha ) 
02 - Tarbiyalanuvchilarga oid hujjatlar (02-01 dan 02-04 gacha) 
03 - Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari (03-01 dan 03-03 gacha) 
04 - Maktabgacha ta’lim tashkiloti metodisti (04-01 dan 04-04 gacha) 
05 - Umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi (05-01 dan 05-05 gacha) 
06 - Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi (06-01 dan 06-05 gacha) 
07- Maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbari (07-01 dan 07-06 gacha) 
08 - Maktabgacha ta’lim tashkiloti jismoniy tarbiya yo‘riqchisi (08-01 dan 08-05 gacha) 
09 - Umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi (09-01 dan 09-07 gacha) 
10 - Maktabgacha ta’lim tashkiloti til o‘qituvchisi (10-01 dan 10-03 gacha) 
11 - Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti va qo‘shma tipdagi 
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi (11-01 dan 11-07 gacha) 
12 - Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti va qo‘shma tipdagi 
maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi (12-01 dan 12-07 gacha) 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin