Maktabdan tashqari ta’lim. Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo‘sh vaqti va
dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat
tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yo‘nalishidagi maktabdan tashqari ta’lim
tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida
ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga
qaratilgan.
Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari,
uylari, klublari va markazlari, «Barkamol avlod» bolalar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport
maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda
sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi.
Maktabdan tashqari ta’lim berish tartibi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi
organi tomonidan belgilanadi.
Mavzu yuzasidan savollar: 1.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning maqsadi?
2.
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar nimalardan iborat?
3.
Ta’lim olish huquqida nimalar kafolatlanadi?
4.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi qanday Qonunlar bilan belgilanadi?
5.
Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bir-biridan farqi nimada?
4-Mavzu: BO’LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGLARINI KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISI SHAXSIGA QO’YILADIGAN TALABLAR. Mavzu rejasi: 1.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi shaxsiga qo’yiladigan talablar.
2.
Tarbiyachi va pedagoglarning jamiyatda tutgan o’rni.
3.
Tarbiyachining shaxsiy va kasbiy sifatlari.
4.
Tarbiyachining faoliyatlar jarayonidagi kreativligi.