O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


yoshdan 7 yoshgacha bolalar rivojlanishidagi o’ziga xosliklar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   127
6 yoshdan 7 yoshgacha bolalar rivojlanishidagi o’ziga xosliklar.
Mazkur davrda 
organizmning tayanch-harakat va yurak-qon-tomir tizimlarining intensiv rivojlanishi hamda 
takomillashishi, mayda mushaklarning rivojlanishi, markaziy asab tizimidagi ayrim 
bo’linmalarning rivojlanishi va differensirovkalanishi ro’y beradi. bolaning vazni oyiga taxminan 
200 gr atrofida, bo’yi o’sishi esa 0,5 sm ga ortib boradi, tana proporsiyalari o’zgara boshlaydi. 7 
yoshli bolalarning bo’yi o’rtacha 113-122 sm ga, o’rtacha vazni esa 21-25 kg ga teng bo’ladi. Miya 
sohalari deyarli katta yoshli kishilarnikidek shakllangan. Harakat sohalari yaxshi rivojlangan. 
Suyaklar mustahkamlanishi davom etadi, lekin umurtqa egilishlari hali barqaror emas. Yirik va 
ayniqsa, mayda motorikanin rivojlanishi davom etadi. Qo’l panjalari mushaklarning 
koordinatsiyasi intensiv rivojlanadi. Umumiy jismoniy rivojlanish bolaning nozik motorikasi
rivojlanishi bilan bog‘liq bo’ladi. Qo’l barmoqlarining mashq qildirilishi boladagi intellektni 
oshirish, nutqni rivojlantirish va yozishga tayyorgarlik ko’rish vositasi bo’lib sanaladi.
 
Psixik jarayonlarning rivojlanishi. 
Bu yosh bosqichining o’ziga xos tomoni bo’lib bilishga 
doir va fikriy psixik jarayonlarning faol rivojlanishi hisoblanadi. Bola kuzatishga, qarab izlash 
kabi ixtiyoriy harakatlarni bajaradi. Mana shu yoshda sensor etalonlar – shakl, rang, o’lcham to’la 
o’zlashtiriladi. Maydon-makonni anglashning rivojlanishi davom etadi. Bola pastga, tepaga, 
boshqa tomonga kabi tushunchalar bilan amallarni bajara boshlaydi. SHuningdek, endilikda o’ng 
va chap tomonni tasavvur qilish aniq shakllangan bo’lishi lozim. Biroq, bu yoshdagi bolalarda bir 
vaqtning o’zida turli xildagi belgilarning hisobga olinishi lozim bo’ladigan paytlarda xatolikka 
yo’l qo’yishlari uchrashi mumkin. 
Diqqat
. Maktabgacha yosh oxiriga kelib ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Bola 
diqqatini ongli ravishda ma’lum bir predmetlarga va ob’ektlarga yo’naltirib va jamlab tura oladi. 
Diqqatning barqarorligi ortishi – 20-25 daqiqa, diqqat hajmi 7-8 ta predmetni qamrab oladi. Bola 
ikkiyoqlama tasvirlarni ko’ra olishi mumkin. 
 Xotira
. Maktabgacha yosh oxiriga kelib bolada psixik faollikning ixtiyoriy shakllari paydo 
bo’ladi. U endilikda predmetlarni qarab chiqa oladi, maqsadga qaratilgan kuzatishni amalga oshira 
olishi mumkin, ixtiyoriy diqqat paydo bo’ladi va buning natijasida ixtiyoriy xotira elementlari 
yuzaga kela boshlaydi. Ixtiyoriy xotira bola o’zi mustaqil ravishda maqsadni belgilaganda – eslab 
qolish va eslash holatlarda namoyon bo’ladi. Bolaning eslab qolish istagini har tomonlama 
rag‘batlantirish zarur, chunki bu nafaqat xotiraning, balki bilishga doir boshqa qobiliyatlar – 
anglash, diqqat, fikrlash, tasavvur qilishning ham muvaffaqiyatli rivojlanish garovidir. Ixtiyoriy 
xotiraning paydo bo’lishi vositalangan xotiraning – eslab qolishning eng mahsuldor shakli 
rivojlanishiga yordam beradi. Bu yo’ldagi birinchi qadamlar eslab qolinadigan materialning o’ziga 
xosliklari – yorqinligi, ommabopligi, noodatiyligi, ko’rgazmalilik va boshqa shu kabilar bilan 


53 
shartlanadi. Bu davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni eslab qolish maqsadlarida tasniflash va 
guruhlash usullariga maqsadli ravishda o’rgatish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin