O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   127
 
Tayanch tushunchalar: 
Mehnat tarbiyasi – 
tarbiyaning muhim turi, shaxsni shaqllantirishning zarur shartlaridan 
biri bo‘lgan pedagogik jarayon. 
Mehnatsevarlik –
mehnat turidan qat’iy nazar uni sevib, unga sadoqatli bo‘lgan, uni 
malakali bajaruvchi kishining fazilati. 
Mavzular yuzasidan nazorat uchun savollar: 
1.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni qanday mehnat turlariga jalb qilamiz? 
2.
Mehnat tarbiyasining vazifalarini guruhlab, turkumlarga ajrating. 


75 
3.
MTTlarda mehnat tarbiyasi nechta yo‘nalishda amalga oshiriladi? 
4.
Bolalarni kattalar bilan birgalikdagi mehnatlarini tashkil etish shaqllari qaysilar? 
5.
Mehnat jarayonini rejalashtirish nimalarni o‘z ichiga oladi? 
6.
MTTda mehnatni tashkil etish shaqllari qaysilar? 
12-Mavzu: O’YINNING BOLA FAOLIYATI SIFATIDAGI MOHIYATI VA O’ZIGA 
XOSLIGI. 
REJA: 
1.
O‘yinning maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida tutgan o‘rni. 
2.
MTTda tashkil etiladigan o‘yinlar va ularni tashkil etish metodikasi. 
3.
Ijodiy o‘yinlar va ularning turlari. 
4.
Didaktik o‘yin turlari. 
Tayanch tushunchalar: 
o‘yin, harakat, ijodiy o‘yin, qoidali o‘yin, syujetli-rolli o‘yinlar, 
sahnalashtirilgan o‘yinlar, qurish-yasash o‘yinlari, didaktik o‘yinlar, og‘zaki so‘z o‘yinlari.
 
Yosh avlodni har tomonlama kamol topgan, yetuk, jismoniy sog‘lom, baquvvat qilib 
tarbiyalash hozirgi davrimizning eng muhim vazifalaridan biridir. Shunday ekan kelajagimiz 
bo‘lmish bolaning ilk yoshlik chog‘idan boshlab ularning o‘sishi va tarbiyasi bilan jiddiy 
shug‘ullanish ta’lim –tarbiya usuli va vositalaridan unumli foydalanish joizdir.
Tarbiya vositalari haqida gapirar ekanmiz, bolalar uchun eng sevimli va quvonchli vosita 
bo‘lgan o‘yinning o‘rni beqiyosdir. 
Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o‘yin sub’ekt faoliyatining eng birinchi 
va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari – mehnat, o‘qish 
bilan birga o‘yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yinlar 
vositasida katta avlod tomonidan to‘plangan hayotiy tajriba, o‘zlashtirilgan bilim, turmush tarzi 
va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan.
O‘yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud 
xususiyatlari tufayli o‘yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri 
bo‘lib kelmoqda. Bevosita o‘yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga 
yordam berish orqali ularni ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalashga 
xizmat qiladi.
O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining asosiy shakli sanaladi. U orqali bola 
shaxs sifatida shakllanadi. O‘yin bolaning kelajakdagi o‘quv, mehnat faoliyati, kishilarga 
munosabatning qay darajada shakllanishini belgilab beradi. O‘yin bolalarning jismoniy 
rivojlanishi, MTTning ta’lim-tarbiya ishida, bolalarni aqliy, axloqiy, mehnat va estetik jihatdan 
tarbiyalashda katta o‘rin tutadi. O‘yinning maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida tutgan o‘rni va 
ahamiyatini quyidagicha ifodalash mumkin: 
O’yin
– kishilik faoliyatining muhim turi hamda ijtimoiy munosabatlar 
mazmunining bolalar tomonidan imitatsiyalash (ko’chirish, taqlid qilish) 
asosida o’zlashtirish shakli sanaladi. 


76 
1.
O‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo‘ladi. Bola 
hayotining bir yoshidan boshlab unga o‘rab turgan tevarak-atrofni bilishga ehtiyoj xosdir. Bolalar 
o‘yinlari o‘zining barcha xilma-xilligi bilan unga yangi narsani bilish, o‘yin mazmunida aks etgan 
jihatga o‘z munosabatini bildirish imkonini beradi. Bola - o‘sib va rivojlanib boruvchi 
mavjudotdir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin