78
4) o‘yin jarayonida kerak bo‘ladigan o‘yinchoqlarni bolalar mustaqil o‘zlari
yasashlari uchun
ularga kichkina yog‘och bo‘laklari, mix, loy, qog‘oz, karton, bo‘yoq va kerakli asboblar –
bolg‘acha, qo‘l arra, qaychi, pichoq kabilarni berish kerak. Biroq o‘yinchoqlar yasash ustida
ishlash faqat tarbiyachining rahbarligi
ostida bajarilishi lozim;
5) o‘yin mavzusini tanlashga yordam berish bolalarni o‘ynashga o‘rgatish usullaridan biridir;
tarbiyachi bolalarning rolli o‘yinlari
mavzusini boyitibgina qolmay, balki uning syujetini,
mazmunini boyitish to‘g‘risida ham o‘ylashi kerak;
6) tarbiyachi bolalarning barchasi o‘yinga qatnashishlari to‘g‘rsida g‘amxo‘rlik
qilishi kerak;
o‘yinda ko‘pincha ular rol talashib bir-birlari bilan kelisha olmay qoladi;
bolalarni bu kabi
kelishmovchiliklarni haqqoniy yechishga o‘rgatish lozim.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar
bolalar biror ertak yoki hikoya syujeti asosida ma’lum bir rolni
bajarishiga, o‘yin jarayonidagi personajlarning aytadigan so‘zlarining yod olinishiga asoslangan
bo‘lib, bolalarda iroda, intizom, o‘z harakatlarini boshqalarning
harakatiga muvofiq amalga
oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita sanaladi. Sahnalashtirilgan o‘yinlarni tashkil
etish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
I bosqich.
Sahnalashtirish uchun badiiy asarni tanlash. Badiiy asarni tanlashda quyidagi
talablarga rioya qilish kerak:
1) ertak yoki hikoyada qatnashuvchilar soni ko‘p bo‘lishi kerak;
2) asarning nafaqat mazmuni, balki unda harakatlarning ham turfa xil bo‘lishiga e’tibor qaratish
lozim;
3) asar ifodali o‘qishga mos bo‘lishi kerak;
4) asar mazmuni qiziqarli va emotsional bo‘lishi zarur;
5) asar bolalarning yoshiga mos kelishi lozim.
Dostları ilə paylaş: