O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   127
Didaktik o‘yinlar 
– o‘rganilayotgan ob’ekt, hodisa, jarayonlarni modellashtirish asosida 
o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishlari, faolliklarini oshiradigan o‘quv faoliyati turi 
hisoblanadi. Bu kabi o‘yinlar tarbiyalanuvchilar tomonidan ijtimoiy-foydali mehnat va o‘qish 
ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning ahamiyati natijalar 
bilan emas, balki jarayonning mazmuni va kechishi bilan belgilanadi; bu kabi o‘yinlar bolalarni 
ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ulardagi turli psixologik 
zo‘riqishlarni kamaytiradi. 
Mazmuniga ko‘ra didaktik o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida MTT tarbiyalanuvchilarining 
yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlarning muhim belgisi 
undagi qoidalarning mavjudligidir. O‘yinda o‘yin niyati, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari 
o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. O‘yin niyati o‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O‘yin qoidasi 
esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal yetishga va o‘yindagi harakatlarni amalga oshirishga 
yordam beradi. 
Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu 
o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, 
aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini 
boyitadi. 
Didaktik o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun 
tartibida didaktik o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o‘yinlar mashg‘ulot jarayonida 
va o‘yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va 
natijasi puxta aniqlanadi.
Didaktik o‘yinlar jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak:
1) navbatma-navbat ta’sir etish; 
2) so‘ralganda javob berish;
3) o‘rtoqlari fikrini eshita olish;
4) o‘yin jarayonida boshqalarga halaqit bermaslik;
5) o‘yin qoidasini bajarish;
6) o‘z xatosini tan olish. 


80 
Didaktik o‘yinlarda bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. 
O‘yinda o‘yin sur’ati va ritmi katta rol o‘ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p 
kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. 
Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega. 
Didaktik o‘yinlarning quyidagi turlari mavjud:

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin