O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   127
jismoniy, aqliy, 
ijtimoiy-axloqiy (yoki ijtimoiy his-tuyg‘uli) va sababli (motivli).
Boshlang‘ich maktab bolani o‘qitishga tayyorgarlik darajasiga o‘z talablarini qo‘yadi. 
Talablardan biri MTTga xos bo‘lgan kun tartibiga rioya qilish. Bolaning bog‘chaga borish vaqti 
oilaviy sharoitga qarab belgilanadi. Ammo maktabga borish majburiy - bola darslarga har kuni 
kelishi shart. Bog‘cha bolasi kun bo‘yi tuzilishi va mazmuni qiziq bo‘lgan turli xil faoliyatlar
bilan shug‘ullanadi. Bola asosan, o‘z xohish bo‘yicha o‘ynaydi yoki ish bilan shug‘ullanadi. 
Maktabda esa uning birinchi qismini tartibli (sistemali) o‘qitish egallaydi, undan tashqari 
kunning ikkinchi qismida ham ma’lum vaqtni darslarni tayyorlashga ajratish kerak. Maktabda 
bola o‘z xohishlari qiziqishi bilan tanlagan mashg‘ulotlar chegaralangan. Bola maktab tartibi va 
darslar jadvaliga bo‘ysunishi kerak. Har qanday ob-havoda bola maktabga vaqtida kelishi, 
o‘quv qurollarini olib kelishi lozim. Maktab ta’lim sharoitlariga ko‘nikishi kerak. Darslarda 
ma’lum vaqt tinch o‘tirib, diqqatini bir joyga jalb qilib ishlashi tana ustini esa nisbatan qisqa vaqt 
ichida o‘z kuchlarini tiklab olishi kerak bo‘ladi. Shunday qilib, maktab hayotiga jismoniy va ruhiy 
jihatdan o‘rganish uchun bola eng avval sog‘lom, jismoniy chiniqqan va chidamli bo‘lishi
kerak. Sistemali ta’lim uchun bolaning aqliy rivojlanishi, ya’ni, aniqrog‘i, maktabga umumiy 
ruhiy tayyorgarligi muhim deb hisoblanadi. 
Bola birinchi sinfda uchta fan (o‘qish, yozuv va matematika)ning asoslarini, tabiat va 
jamiyat to‘g‘risida oddiy bilimlarni egallaydi. Bola odamlar, jismlar va tevarak-atrofdagi
MTTda bolalarni maktabga 
tayyorlash ishlarining 
ahamiyati 


82 
hodisalar haqida ma’lum tasavvur bilan maktabga kelishi kerak. Bolaning o‘quv materialni to‘liq 
o‘zlashtirishi va ta’limning bola qobiliyatlariga mos kelishilining aqliy faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Bolaning yaxshi o‘qishiga aqliy faoliyatining rivojlanish darajasi, idrok, tasavvur, 
xotira va tafakkur funksiyalari hamda aqliy faoliyat bilan shug‘ullanish odatlari ta’sir qiladi. Bola 
tahlil qilishni, ya’ni narsalarni (predmetlarni) idrok etganda muhim va muhim bo‘lmaganlarni
ajrata bilish, kuzatayotgan hodisalarni umumlashtirish, guruhlash kabilarni o‘rganishi kerak.
Bola zehnli, ziyrak, topqir, mustaqil bo‘lishi kerak. Zavq, xursandchilik keltiradigan aqliy 
faoliyatiga nisbatan bolada qiziqish paydo bo‘ladi. 
Ta’limning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan bola nutqining rviojlanish darajasiga, 
uning lug‘at boyligiga, mustaqil, aniq, ifodali va grammatik jihatdan to‘g‘ri gapira olishiga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Bolada maktabga borish bilan nafaqat hayot tartibi va asosiy faoliyatida, balki ijtimoiy
o‘rnida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Bola munosabatlari shakllangan tanish tengdoshlar va kattalar jamoasidan, notanish 
bolalar va kattalar jamiyatiga o‘tadi. Oldingi jamoada bola o‘zining huquq, burch va
imtiyozlarini bilar edi, yangi shakllanayotgan maktab jamoasida esa bola o‘zini boshidan
ko‘rsatishi kerak. Bolaning burch va huquqlari, maktabgacha davrga nisbatan aniqroq va
qattiqroq belgilanadi.
Bola faoliyatini baholashning muhim mezonlaridan biri nafaqat maktabda, balki oilada,
tengdoshlar davrasida muvaffaqiyatli o‘qish bo‘lib qoladi. Maktabda uzoq muddat ota-ona
g‘amxo‘rligisiz bo‘lgani sababli, bola o‘z yoshiga mos his-tuyg‘u va iroda mustahkamligiga 
ega bo‘lishi, o‘z xulqini nazorat qila olishi kerak. Agar o‘quvchi o‘qishga ijobiy yondashsa, 
o‘qishni xohlab, intilsa, ta’limdagi boshlang‘ch qiyinchiliklarni tezroq va osonroq bartaraf etadi. 
Irodali bo‘lish bolaga barcha maktab vazifalarini doimiy va muvaffaqiyatli bajarishida muhim 
ahamiyatga ega. 
Bilim va ijtimoiy hayot qonun-qoidalariga rioya qilish, xarakter ijobiy jihatlarining 
shakllanganligi bolaga boshqa bolalar bilan muloqotda, sinfdoshlar bilan do‘stona munosabat
o‘rnatishda va jamoada faol ishtirok etishida juda katta yordam beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin