83
Maktabgacha davr inson shaxsini shakllantirishda juda katta ahamiyatga ega. Agar
shaxsni har taraflama shakllantirishda aynan shu yoshdagi qulay sharoitlar qo‘llanilmasa,
rivojlanish to‘xtab qolishi mumkin yoki chetlanishlarini bartaraf etish nihoyatda og‘ir kechadi.
7 yosh – bola yangi sharoitga tez o‘rganadigan va o‘qish jarayonida
muvaffaqiyatli
ishtirok etadigan davr hisoblanadi. Y.A.Komenskiy bola hayotining yettinchi yilini
bekorchilikda buzilib ketmaslik uchun maktabda o‘qishni boshlaydigan vaqt deb hisoblagan.
Bolaning ona maktabida 5-6 yil ta’lim-tarbiya olishini (bolaning oiladagi tarbiyasi nazarada
tutilgan) u yetarli va optimal muhlat deb hisoblagan.
Maktabga tayyor bo‘lgan bola jismoniy chiniqqan, har qanday ob-havoda uzoq vaqt yura
oladi, asosiy harakat malakalariga ega, u o‘zining harakatlarini
nazorat qila oladi, tozalikka
rioya qiladi. Bola bilimining rivojlanganligi uning jamiyat va tabiatdagi voqea-hodisalarni
tushunib yetishi, kuzatish qobiliyati, hodisalarni to‘g‘ri nomlashi bilan aniqlanadi. Bola o‘z
fikrlarini ifoda eta bilishi kerak, ijodiy va mustaqil fikrlay olishi, aniq ko‘rgazma materialga
tayanib, masalalarni yecha bilishi kerak. 6 - 7 yoshli bola oiladan tashqarida ham o‘zini dadil
tutishi kerak. Shakllangan madaniy ko‘nikmalari o‘z tengdoshlari
bilan munosabatlar
o‘rnatishiga yordam beradi. Bola mustaqil kiyinishni, ovqat yeyishni, narsalarini toza va
tartibli saqlashni o‘rganishi kerak. Bola kattalar mehnatining muhimligini tushunishi va
hurmat qilishi kerak. Har
qanday ishga ijobiy yondashib, uni diqqat, e ’tibor bilan vaqtida
bajarishi lozim. Bolada estetik idrokni shakllantirish, uning yoshiga mos badiiy asarlarga
qiziqish uyg‘otish, yon-atrofni estetik jihatdan bezatishiga intilishini rivojlantirish kerak. Bola
musiqa, adabiy so‘z, rasmlarning chiroyini sezishni o‘rganishi,
ashula aytish, rasm chizish,
yasash, topishmoqlar, laparlar, tez aytishlar, maqollar, ertaklarni bilishi va aytib berishi, kitoblarni
avaylashni bilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: