81
13-Mavzu: MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH.
REJA:
1.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktabga tayyorlash ishlarining ahamiyati.
2.
Bolaning maktabga umumiy tayyorgarligi.
3.
Bolaning maktabga tayyorgarligini aniqlash.
4.
“Ilm yo‘li” dasturi asosida 6-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash.
5.
6 yoshdan 7 yoshgacha bolalar rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar.
Tayanch tushunchalar:
bolaning maktabga umumiy tayyorgarligi, bolaning burch va
huquqlari, maktabga tayyor bo‘lgan bola, bolaning maktabga tayyorgarligini aniqlash, “Ilm
yo‘li” variativ dasturi.
Maktabdagi majburiy ta’lim bolaga ma’lum
talablarni qo‘yadi. Ma’lumki, bola ta’lim-
tarbiyaviy muassasaning talablarini bajara oladigan
rivojlanish
darajasiga
yetishi
kerak,
faqat
shundagina bolani maktabga berish mumkin.
Olimlar bolani qanday qilib maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashadi?
Pedagogik va psixologik adabiyotlarda bolaning ta’lim va tarbiya jarayoniga kirib, uning
mazmunini muvaffaqiyatli o‘zlashtirib olishi shaxsning umumiy rivojlanganligi deb ko‘rsatiladi.
Psixologlar maktabga umumiy tayyorgarlikning quyidagi tomonlarini ajratadilar:
Dostları ilə paylaş: