73
o‘rtoqlariga g’amho‘rlik va e’tibor bilan qarash ruhini singdiradi, bolalarni tengdoshlari va kattalar
bilan o‘zaro xushmuomala bo‘lishga odatlantiradi, topshirilgan ishda burch va javobgarlikni sezish
xissini, natijaga erishishda sabotlilikni tarbiyalaydi.
Navbatchilik – bu jamoa uchun mo‘ljallangan mehnat faoliyatining shaqli bo‘lib, u majburiy
tartibda bajariladi. Bolalarning navbatchiligi ikkinchi kichik guruhda yil oxiridan (oshxonada)
boshlanadi.
Barcha bolalarning mehnatda doimiy ishtirok etishlarini ta’minlash uchun navbatchilikning
xilma-xil turlari uyushtiriladi: oshxonada (hamma yosh guruhlarida), mashg’ulotga tayyorlanishda
(o‘rta guruhdan boshlab), o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilishda (katta va maktabga tayyorlov
guruhlarida).
Ikkinchi kichik guruhdagi bolalar oshxonada navbatchilik qiladi. Birdaniga 4-5 bola
navbatchilik qilishi mumkin, har bir bola 1-2 stolni bezatadi. Katta
va tayyorlov guruhlarida
bolalarning vazifalari kengayadi. Nonushta va tushlik ovqatga, kech tushki va kechki ovqatga
dasturxon tuzatish, ovqatlanib bo‘lingandan keyin idish-tovoqni
ovqat tarkatiladigan stolga
yig’ishtirish, stollar ustini tozalab olish, enagaga choy idishlarini yuvishda yordam berish shular
jumlasidandir. Bu yoshdagi bolalar ikkitadan navbatchilik qilishadi, ammo har bir bolaning ish
xajmlari ko‘payadi.
Mashg’ulotlarga tayyorgarlik bo‘yicha navbatchilik qilish o‘rta guruhda-bolalar oshxonada
navbatchilik qilishni bilib olganlaridan keyin kiritiladi. Bu navbatchilar stol va stullarni,
mashg’ulotga keraqli materiallarni, qo‘llanmalarni mashg’ulotga tayyorlaydilar va xonani tartibga
soladilar.
Katta guruhdan boshlab bolalar tabiat burchagida navbatchilik qila boshlaydilar.
Navbatchilikning bu turi ham tarbiyaviy, ham ta’limiy ahamiyatga ega.
Navbatchilikning bu turida ham bolalar ikkitadan tayinlanadi: biri o‘simliklarni parvarish
qilsa, ikkinchisi jonivorlarga qaraydi. Ulardan qaysi biri bo‘sh qolsa ikkinchisiga yordam beradi.
Navbatchilikning hamma turi yaxshi tashkil etilganda foydali bo‘ladi.
Navbatchilikni
boshlashdan oldin «Biz navbatchilik qilamiz» degan mavzuda mashg’ulot o‘tkazish mumkin.
Masalan, tabiat burchagida navbatchilikni boshlashdan oldin tarbiyachi mashg’ulot o‘tkazib,
bolalarni tabiat burchagida nimalar borligi, o‘simlik va hayvonlarni qanday parvarish qilish xaqida
suhbat o‘tkazadi. Tarbiyachi tabiat burchagida yashovchilarni har kuni va to‘g’ri boqish,
o‘simliklarni sug’orish va yuvish, qurigan shoxcha barglarini qirqish kabilarga diqqatni jalb etadi,
ish usullarni tushuntiradi.
Navbatchilik ishlari bolalarning sog’lig’iga zarar yetkazmaydigan (suyuq ovqatlarni, choyni
bolalar tarqatmaydilar, og’ir narsalarni bolalar ko‘tarmaydilar va hokazo) qilib tashkil etilishi
kerak. Navbatchilik uchun hamma keraqli jihozlar bo‘lishi lozim, bolalar ulardan mustaqil,
ehtiyotlik
bilan foydalanishga, ishdan keyin joyiga yig’ishtirib qo‘yishga o‘rgatiladi.
Navbatchilarning borligi boshqa bolalar hamma ishdan ozod bo‘lishini bildirmaydi, ovqatni
yeb bo‘lgan har bir bola o‘zining idishini stolni ustiga tahlab qo‘yadi, salfetkani ham ma’lum joyga
qo‘yishadi, stol ustidagi uvoqlarni maxsus cho‘tka bilan idishga yig’ib olishadi. Mashg’ulotdan
keyin ham shu xol takrorlanadi; har bir bola o‘zining qalamini qalamdonga solib qo‘yadi, o‘z
mo‘yqalamlarini yuvib, qiyqimlarni yig’ishtirib qo‘yishadi va h.k. Eng muhimi – bolalarda o‘zaro
mexr-muhabbatni tarbiyalash, bir-biridan qo‘lidan kelgan yordamini ayamaslikka o‘rgatish kerak.
Bularning hammasiga tarbiyachi rahbarlik qiladi.
Bolalarning mehnat tarbiyasini tashkil etish shaqllaridan yana biri qo‘l mehnati bo‘yicha
mashg’ulotdir. Bilim va malaka birinchi marta berilayotgan bo‘lsa va tushuntirish hamda barcha
bolalarga yaqqol, ko‘rgazmali qilib ko‘rsatishni talab etgan xollarda ana shunday mashg’ulotlar
o‘tkaziladi.
Bolalarning jamoa mehnati dastlabki jamoachilik asoslarini shaqllantirishda muhim
ahamiyatga ega. Jamoa mehnatida birgalikda harakat qilish, o‘zaro yordam, shu bilan birga mehnat
74
taqsimoti ham mujassamlashgan bo‘ladi. Bunda mehnat yutuqlaridan birgalikda quvonadilar, ish
yaxshi chiqmasa birgalikda qayg’uradilar.
Mehnatda bolalarning birlashishlari tarbiyaviy vazifaga qarab har xil shaqlda bo‘ladi.
«Yonma-yon mehnat»da hamma bolalar bitta ishni bajaradilar, ammo har bittasi o‘sha umumiy
ishning bir qismini bajaradi (bittasi mo‘yqalamlarni yig’ishtirdi, boshqasi bo‘yoqlarni va h.k.).
Ishning bunday tashkil etilishi bolalarni mehnat malakalariga o‘rgatishda ham, ularning ishini
nazorat qilib turishda ham o‘ng’aylik tug’diradi.
Bolalarning mehnat faoliyatini rejalashtirganda tarbiyachi uni
mehnat jarayonida amalga
oshiriladigan tarbiyaviy vazifalariga ko‘ra belgilaydi.
Bolalar bog’chasida mehnat tarbiyasining shart-sharoitlari. Bolalar bog’chasida mehnat
tarbiyasining vazifasi va mazmunini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun keraqli shart-sharoitlar
yaratilishi kerak. Bolalar mehnati uchun joy va vaqt, gigienik shart-sharoit yaratilmog’i lozim.
Ozodalik, toza havo, keraqli darajadagi yorug’lik, mehnatning bolalar
imkoniyatiga muvofiq
bo‘lishi, mehnat vaqtini bolalar yoshiga qarab to‘g’ri belgilash (kichik yoshli bolalar uchun 10-12
daqiqa, katta guruh bolalari uchun 15-20 daqiqa), bolalar harakatlarini almashtirib turishni ham
e’tiborga olish kerak.
Mehnat bolalarga quvonch bag’ishlaydigan qilib rejalashtirilishi lozim. U ma’lum izchillik
bilan amalga oshirib borilishi kerak.
Mehnat qilishlari uchun hamma bolalarga yetarli miqdorda keraqli qurollar, asboblar
bo‘lishi, ular bolalarning yoshiga, imkoniyatiga mos kelishi, o‘zlari mustaqil foydalanadigan qilib
joylashtirilishi kerak. Navbatchilar uchun fartuklar, qalpoqcha, qo‘lqopcha, idish yuvish uchun
klyonkadan fartuklar zarur. Ovqat tayyorlash uchun kichiqroq pichoqlar, tarelkalar, o‘qlovchalar,
xamir qorish uchun tog’arachalar, shaqlchalar kerak bo‘ladi. Xonani
tozalash uchun toza latta,
kichikroq tog’aracha, stoldan uvoqlarni yig’ib olish, polni supirish uchun cho‘tkalar, axlatni yig’ib
olish uchun xokandozlar kerak. Kir yuvish uchun tog’ara, chelalakchalar, kichkina dazmol taxtasi,
kiyim tozalash uchun cho‘tka, supurgi, tikish uchun tugmachalar solingan quticha, ip, nina, mato
parchalari, o‘yinchoqlarni yasash va singanlarini, buzilganlarini tuzatish uchun maxsus stol yoki
taxtacha, bolg’achalar, mixlar, qisqich, yaxshi randalangan taxtachalar, karton, ip, arqon,
tashlandiq materiallar, gugurt qutilari, konfet,
atir qutichalari, ipdan bo‘shagan g’altaqlar va
hokazolar zarur. Guruh xonasidagi tabiat burchagida, MTT xovlisidagi polizda, gulzorda ishlash
uchun belkurak, xaskash, supirgi, kichkina zambilchalar, chelakchalar, leyka, savatchalar kerak
bo‘ladi. Barcha buyum ishlatib bo‘lingandan keyin tozalab joyiga qo‘yiladi.
Bolalarga to‘g’ri mehnat tarbiyasi berishda kattalarning bir-biri bilan o‘zaro dustona
munosabat bilan hamkorlikda ishlashlari ijobiy natija beradi.
Mehnat tarbiyasi masalalari MTTning yillik rejasida aks ettiriladi va tarbiyachilarga mehnat
tarbiyasini to‘g’ri rejalashtirish va amalga oshirilishida yordam beradi.
MTTda mehnat tarbiyasini to‘g’ri tashkil etish va unga rahbarlik qilish yosh avlodni har
tomonlama tarbiyalash vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: