36
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun umumiy yotoqxonalar, bolalar yozgi koloniyalari ochildi,
bolalar bog‘chalari rahbarlari, enagalar va kadrlar tayyorlash maqsadli kurslari tashkil qilindi.
O‘zbekistonning tub joy aholisi bolalarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb etish
uchun kurash juda murakkab va qiyin sharoitda olib borildi. 1918 yilda Toshkentning sobiq eski
shahar qismida o‘zbek bolalari uchun 4 ta bog‘cha ochishga muvaffaq bo‘lindi:
1-bog‘cha – Shayxontoxur dahasida (Hasanova (mudira), Mahsuma Qoriyeva, Robiya
Abdurashidova (tarbiyachi)
2-bog‘cha – Xo‘ja ko‘chasida (Anvara Yausheva (mudira)
3-bog‘cha – Ko‘kcha dahasidagi Langar ko‘chada ochilgan
4-bog‘cha – Beshyog‘och dahasida (Qodirxonov (mudir)
1920 yilda Turkiston Respublikasida 71 ta bolalar bog‘chasi, shu jumladan, mahalliy
aholi bolalari uchun 16 ta bog‘cha va 12 ta bolalar maydonlari tashkil etilib, bulardan 4 tasida
o‘zbek va boshqa mahalliy millatlarning bolalari tarbiyalana boshlandi. O‘sha davrda
maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimida jami 6394 bola tarbiyalanar edi. 1921 yilga kelib bolalar
bog‘chalarining soni 105 taga, shu jumladan, mahalliy millatlarning bolalari uchun bog‘chalar 32
taga yetdi. Bolalar bog‘chalarida tarbiyalanuvchilarning soni qariyib 8000 kishiga yetdi, ulardan
2000 dan ko‘prog‘i mahalliy millatlarning farzandlari edi.
Ulug‘ vatan urush yillarida O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari va bolalar
maydonchalarining tarmog‘i deyarli ikki barobar kengaydi. 1994 yil 1-yanvariga kelib,
maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimida 54 ming bola tarbiyalandi. Ana shu maqsad uchun davlat
tomonidan 77 million so‘m ajratildi. Bu yillarda O‘zbekistonning bolalar bog‘chalarida ko‘chirib
keltirilgan 16.000 dan ko‘proq bolalarni tarbiyalandi. Shuningdek, ota-onasiz qolgan qariyb 400
nafar bolani vasiylikka olish tamoyiliga muvofiq boqib, tarbiyalab katta qilindi.
Dostları ilə paylaş: