33
o‘zgarishlar jarayoni. Maktabgacha ta’lim pedagogikasida rivojlanish haqida gap ketganda yoshga
doir (maktabgacha yosh davrlari bilan bog‘liqlikda rivojlanishning o‘ziga xosliklari va
qonuniyatlari), individual (rivojlanishning individual o‘ziga xosliklari), shaxsiy (bolada shaxsiy
sifatlarning yuzaga kelishi va ularning o‘ziga xosliklari) rivojlanishni alohida ajratib ko‘rsatish
maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash
ma’lum
pedagogik
hodisaning
muayyan
vaziyatlarda namoyon bo‘lish
qonuniyatlarini
bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik
hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning
umumiy mohiyatini to‘laqonli
anglash uchun bir
qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana
shu nuqtai nazardan Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin
aloqadorlik mavjud:
Dostları ilə paylaş: