30
1.
Bolalar bog‘chalarini ochish, ularni binolar, mebel va jihozlar bilan ta’minlash;
2.
Maktabgacha tarbiya xodimlari, shu jumladan mahalliy, milliy vakillaridan kadrlar
tayyorlash;
3.
Ota-onalar o‘rtasida tashviqot tushuntirish ishlarini olib borishdan iborat edi.
“Maktabgacha tarbiya bo‘limi to‘g‘risi”da Nizom qabul qilindi va unda bo‘lim 3-yoshdan
8-yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yoshdagibolalar tarbiya muassasalariga boshchilik qiladi,
mavjud muassasalar ishining borishini kuzatadi. Yangi bolalar bog‘chalari, yaslilar, bolalar uylari,
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun umumiy yotoqxonalar, bolalar yozgi koloniyalari ochildi,
bolalar bog‘chalari rahbarlari, enagalar va kadrlar tayyorlash maqsadli kurslari tashkil qilindi.
O‘zbekistonning tub joy aholisi bolalarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb etish
uchun kurash juda murakkab va qiyin sharoitda olib borildi. 1918 yilda Toshkentning sobiq eski
shahar qismida o‘zbek bolalari uchun 4 ta bog‘cha ochishga muvaffaq bo‘lindi:
1-bog‘cha – Shayxontoxur dahasida (Hasanova (mudira), Mahsuma Qoriyeva, Robiya
Abdurashidova (tarbiyachi)
2-bog‘cha – Xo‘ja ko‘chasida (Anvara Yausheva (mudira)
3-bog‘cha – Ko‘kcha dahasidagi Langar ko‘chada ochilgan
4-bog‘cha – Beshyog‘och dahasida (Qodirxonov (mudir)
1920 yilda Turkiston Respublikasida 71 ta bolalar bog‘chasi, shu jumladan, mahalliy
aholi bolalari uchun 16 ta bog‘cha va 12 ta bolalar maydonlari tashkil etilib, bulardan 4 tasida
o‘zbek va boshqa mahalliy millatlarning bolalari tarbiyalana boshlandi. O‘sha davrda
maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimida jami 6394 bola tarbiyalanar edi. 1921 yilga kelib bolalar
bog‘chalarining soni 105 taga, shu jumladan, mahalliy millatlarning bolalari uchun bog‘chalar 32
taga yetdi. Bolalar bog‘chalarida tarbiyalanuvchilarning soni qariyib 8000 kishiga yetdi, ulardan
2000 dan ko‘prog‘i mahalliy millatlarning farzandlari edi.
Ulug‘ vatan urush yillarida O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari va bolalar
maydonchalarining tarmog‘i deyarli ikki barobar kengaydi. 1994 yil 1-yanvariga kelib,
maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimida 54 ming bola tarbiyalandi. Ana shu maqsad uchun davlat
tomonidan 77 million so‘m ajratildi. Bu yillarda O‘zbekistonning bolalar bog‘chalarida ko‘chirib
keltirilgan 16.000 dan ko‘proq bolalarni tarbiyalandi. Shuningdek, ota-onasiz qolgan qariyb 400
nafar bolani vasiylikka olish tamoyiliga
muvofiq boqib, tarbiyalab katta qilindi.
“Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fani
maktabgacha
ta’lim-tarbiyaning
umumiy
qonuniyatlari,
muayyan
jamiyatda yagona
ijtimoiy
maqsadga
muvofiq
maktabgacha
yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini
o‘rganadigan fan. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib,
maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish
muammolarini o‘rganadi.
“Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” tug‘ilgandan to yetti yoshgacha bo‘lgan
bolalarga har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganadi va MTT sharoitida ta’lim-
tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va vositalar hamda maktabgacha yoshdagi
bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har tomonlama uyg‘un
rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan shart-sharoitlarni ishlab chiqadi.
U maktabgacha ta’lim tashkiloti, oila va maktab ishidagi izchillikni ta’minlaydi hamda
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlaydi.
Mazkur fan “Umumiy pedagogika”ning alohida sohasi bo‘lib, uning umumiy
qonuniyatlari, tamoyillari, metodologik asosi, tashkiliy shakl, metod va vositalariga tayanadi.
“Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fani maktabgacha yoshdagi bolalarga yaxlit tarbiya berishni
Dostları ilə paylaş: