28
1-Mavzu: MAKTABGACHA
PEDAGOGIKANING UMUMIY
ASOSLARI.
MAKTABGACHA TA’LIM
PEDAGOGIKASI PREDMETI VA
UNING VAZIFALARI.
REJA:
1.
O‘zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari.
2.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi pedagogika fanining asosiy tarmog‘i sifatida.
3.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasiningning maqsadi va vazifalari.
4.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
5.
Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari.
Tayanch tushunchalar:
Maktabgacha taʼlimning vujudga kelishi, bosqichlari, maqsadi,
vazifalari, fanning obʼyekti, predmeti, kategoriyalari, fanlar bilan aloqasi, ilmiy-tadqiqot
metodlari, suhbat, anketa, kuzatish, test.
XIX asrning 80-90 yillariga kelib
Markaziy Osiyoda bolalar maktabgacha
ijtimoiy tarbiyasi g‘oyalari yetildi. O‘sha davrda
taraqqiyparvar mahalliy ziyolilar mehnatkash
ayollarning og‘ir ahvolini va bolalar
nazoratsizligini ko‘rib, ularning qismatini
yengillashtirishga intiladi.
Ziyoli qatlam vakillari 1872 yilda
Turkistonda tuzilgan “Jamiyati xayriya” tarkibiga kirib, “Jamiyati xayriya” tomonidan miskinlar
uylari, tunash joylari, tug‘ruq joylari bilan bir qatorda ota-onasi bo‘lmagan bolalar uchun
yetimxonlarni tashkil etishdi.
Bu yetimxonalar oz sonli bolalarni, butun Turkistonda taxminan 150-200 kishini o‘z ichiga
oldi. Ushbu yetimxonalar yasli yoshdagi bolalardan tortib, maktab yoshidagi bolalarni ham
qamrab olgan.
1896 yilda Turkistonda vositalar kengashi kambag‘allarning bolalari uchun “yasli”lar deb
ataladigan muassasalarni tuzila boshlandi. Yaslilarga atak-chechak qila boshlagan bolalar qabul
qilingan va maktabga ketgunga qadar tarbiyalangan bolalar kun bo‘yi bolalar yaslida bo‘lishar va
uch marta ovqatlantirilar edi. Yasli ishlarini nazoratchi ayol boshqargan, xizmat qiluvchi xodimlar
ham bo‘lgan. Bu muassasada bolalarni duolar o‘qishga (duogo‘ylikka), oddiy o‘qishga, yozishga,
sanashga, to‘qishga, to‘r taqishga, tikishga va boshqa hunarlarga o‘rgatilgan. Butun o‘lka bo‘ylab
shunday yaslilardagi bolalar soni 50-60 boladan oshmas edi.
Turkistonda kambag‘allarning bolalari uchun Toshkent, Samarqand, Sirdaryo,
Namangan shaharlarida yetixonalar tashkil etilgan.
Imtiyozli sinflarning bolalari uchun 1891 yilda “Bog‘dorchilik” jamiyati tomonidan
Toshkent istirohat bog‘ida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun “Bolalar
maydonchasi” turidagi birinchi bolalar bog‘chalari ochildi. Bolalar bog‘chasi uchun istirohat bog‘i
maydonidan sersoya joy ajratib berildi. Maydonchada arg‘imchoq, qayiqlar, katta arg‘imchoq
Dostları ilə paylaş: