O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   127
“Maktabgacha ta’lim 
pedagogikasi” fanining obyekti, 
predmeti, maqsad va vazifalari


31 
ko‘zlangan maqsadni, bolaning yosh imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, 
maktabgacha ta’limni hayot, amaliyot bilan bog‘liqlikda olib borishning zarurligini, bola 
shaxsining shakllanishida muhitning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligiga asoslaydi. 
“Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fani bola shaxsini rivojlantirishning ikki muhim 
jihatini, ya’ni, shu yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois 
didaktika (ta’lim nazariyasi)
va 
tarbiya nazariyasi
fanning muhim tarkibiy qismlari 
hisoblanadi.
Didaktika
(yunon. “didaktikos” – o‘rgatuvchi, didasko – o‘rganuvchi) ta’limning nazariy 
jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi 
faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini 
takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq etadi. 
Tarbiya nazariyasi
– pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya 
jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
“Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fanining
 ob’ekti
– maktabgacha pedagogik faoliyat jarayoni 
sanaladi. 
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining 
predmeti 
– maktabgacha ta’lim-tarbiya 
jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, shakl, metod va vositalaridan iborat. 
“Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fani bola shaxsini shakllantirishdek, ijtimoiy 
buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. 
Fanining maqsadi va vazifalarini belgilashda ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va 
jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo 
etish sharoitida mazkur fan maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama uyg‘un rivojlantirish, 
ularni maktab ta’limiga tayyorlash vazifasini muvaffaqiyatli hal etadi. Bu jarayonda quyidagi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin