O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Har bir bola maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqiga ega



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   127
Har bir bola maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqiga ega. 
Davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirishidan bir yil oldin 
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik 
tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi. 
Bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishiga doir davlat kafolatlari davlat 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari negizida maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish, 
shuningdek ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini tashkil etish orqali ta’minlanadi. 
Shungdek, ushbu Qonunga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog 
xodimlarining huquq va majburiyatlari quyidagicha belgilab ko‘rsatilgan: 

kasbiy sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish; 

ijodiy tashabbus ko‘rsatish, ta’lim va tarbiya uslubiyotlarini, o‘quv qo‘llanmalari hamda 
ta’lim vositalarini erkin tanlash; 

maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda ishtirok etish; 

maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish

pedagogik faoliyatidagi muvaffaqiyatlar uchun ma’naviy va moddiy rag‘batlantirilish; 

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ilmiy, innovatsion, xalqaro faoliyatda ishtirok 
etish huquqiga ega. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini o‘z kasbiy majburiyatlarini 
bajarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan ish turlariga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari: 

bolalarga professional darajada ta’lim va tarbiya berishi

pedagogik etikaga rioya etishi, bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishi, bolalarni 
zo‘ravonlik ko‘rinishlaridan himoya qilishi, ularni vatanparvarlik, mehnatga, qonuniy vakillariga 
hurmat bilan va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashi; 

maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini bajarishi

o‘z malakasini oshirishi; 

o‘z kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini takomillashtirishi shart. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari zimmasida qonun hujjatlariga 
muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
Ta’lim-tarbiya jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki bolalarni qonun hujjatlariga zid 
bo‘lgan harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin