72
Mehnat faoliyatini rejalashtirib olishga o‘rgatish mehnatni sifatli bajarishga va mehnat
madaniyatiga o‘rgatadi.
Natija - mehnat faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uni bolalar ongli ravishda anglab
yetishlari kerak.
Natijaga erishish bolalarda mehnat qilish odatini, mehnatsevarlikni tarbiyalaydi, mehnat
harakatlarini sifatli bajarishga o‘rgatadi.
Mehnatning sababi, ya’ni bola nima uchun mehnat qilishini bilishi kerak. Bu quyidagi shart-
sharoit ta’sirida rivojlanadi:
1.
Bolalar mehnatidan keladigan natijani va uning ijtimoiy mohiyatini bilishlari kerak.
2.
Bolalar yasagan buyumlardan MTTda, oilada foydalanish kerak.
3.
Bolalarning ijtimoiy-foydali mehnatini amaliy jihatdan tashkil etish.
4.
Bolalar mehnatining natijasini, uning boshqa kishilar uchun foydasini baholash.
Shunday qilib, mehnat jarayonining undagi tarkibiy qismlar bilan egallab olinishi
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining boshlanishi hisoblanadi.
MTTda mehnatni tashkil etish shaqllari. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar mehnatining
asosiy shaqllari quyidagilardan iborat: o‘z-o‘ziga xizmat qilish,
topshiriqni bajarish, yakka
tartibdagi mehnat, navbatchilik, qo‘l mehnati bo‘yicha mashg’ulotlar, jamoa mehnati. O‘z-o‘ziga
xizmat, topshiriqni bajarish, Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining
boshlang’ich shaqli hisoblanadi.
O‘z-o‘ziga xizmat qilish bolalar mehnatining shaqli sifatida yosh guruhlarida tashkil etiladi.
U kun tartibidagi uyqu va sayrdan oldin va keyingi jarayonlar: ovqatlanish, kiyinish va yechinish,
kiyim va badanni toza tutish bilan uzviy bog’liqdir. (Bu mavzu «Jismoniy tarbiya»
bobida
batafsilroq yoritilgan.)
Yosh guruhlarida topshiriqdan foydalaniladi: u yakka tartibda va guruhiy bo‘lishi mumkin.
Kichkina guruhlarda bolalarga uncha murakkab bo‘lmagan va qisqa muddatli topshiriqlar beriladi:
«O‘yinchoqni, kitobni, stulni olib kel, o‘rniga olib borib qo‘y, tushki ovqat uchun stol ustiga
qoshiqlarni qo‘yib chiq». Bunday topshiriqlarni ayrim bolalar guruhdan tashqari joylarda ham
bajarishlari mumkin.
O‘rta va katta guruhlardagi bolalarga beriladigan topshiriqlar ancha murakkab bo‘lib, ular
endi xonadan tashqarida bajarishga mo‘ljallangan va ikkinchi bir kishiga
murojaat qilish bilan
bog’langan bo‘ladi, masalan, boshqa guruhning tarbiyachisiga, enagaga, shifokorga, hamshiraga
murojat qilish va hokazo.
Bu guruhlarda topshiriqlar 2-3 boladan tashkil topgan kichik guruhlar tomonidan bajarilishi
mumkin (o‘yinchoqlarni yig’ishtirish, gullarga suv qo‘yish, to‘kilgan barglarni terib, tegishli joyga
olib borib tashlash kabi).
Maktabga tayyorlov guruhida beriladigan topshiriqlar yana ham murakkablashadi. Bunday
topshiriqlar endi javobgarlik va boshqa kishilarga mehribonlarcha munosabatda bo‘lish xissini
shaqllantirish bilan bog’liq bo‘lishi mumkin: kichkina guruh bolalarini sayrga chiqishdan oldin,
uyqudan keyin kiyinishiga yordam berish; ularning stolini tushlik
ovqatga tayyorlab berish,
enagaga toza sochiqlarni osishga, toza choyshablarni olib kelishga yordamlashish va hokazo.
Topshiriq uzoq vaqt bajarilishi mumkin. Masalan, ma’lum bir gul yoki bir qancha gullar bir
hafta davomida parvarish qilinishi yoki bu ish yanada uzoqroq cho‘zilishi mumkin (biror
o‘simlikni ekish va o‘stirish).
Dostları ilə paylaş: