O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


-MAVZU: TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINING PSIXOLOGIK ASOSLARI



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə86/121
tarix27.03.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#90380
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   121
2 курс. 30-30 Комплекс

9-MAVZU: TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINING PSIXOLOGIK ASOSLARI.


Mavzuning o‘quv maqsadi:
Ta’limiy: Talabalarga ta’lim tushunchasining mohiyatini, uning shaxs kamolotidagi o‘rnini, ta’limning noan’anaviy usullari va vositalari haqidagi ma’lumotlarni, jamiyatning kelgusi rivojlanishiga ta’limning bog‘liqligini tushuntirish va anglatishdan iborat.
Tarbiyaviy: ta’limning shaxs rivojlanishidagi rolini Yoshlarimiz ongiga singdirish orqali ularni jamiyatimiz uchun fidokor, bilimdon inson qilib tarbiyalash asos bo‘la olishini uqtirish, talabalarda o‘qituvchi va tarbiyachiga xos kasbiy va shaxsiy sifatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Talabalarda ta’limning noan’anaviy usullarini egallash va undan oqilona foydalana olish malakalarini shakllantirish, ta’lim jarayonining samaradorligi va unga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish.


Reja:

1.O‘rganish jarayonining mohiyati, turlari Ta’lim jarayonining psixologik mazmuni, tarkibiy tuzilishi.Zamonaviy o‘qitish usullarining psixologik asoslari.


2. Mustaqil tafakkurni rivojlantirish.Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
3.Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati, maqsad va vazifalari.Tarbiyaviy ta’sirining psixologik asoslari
4. O‘quv jamoasining o‘quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati.Mehnat faoliyatining tarbiyaviy ahamiyati.Tarbiya metodlari va vositalarining psixologik mazmuni


9.1. O‘rganish jarayonining mohiyati, turlari.
Insonning hayotiy tajribani bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar tariqasida o‘zlashtiradigan bir necha tushunchalar mavjud.Bu o‘quv faoliyati, ta’lim, o‘qish va o‘rganishdir.
O‘quv faoliyati natijasida inson yangi bilim, ko‘nikma va malakalar egallaydi, yoki mavjudlarini o‘zgartiradi, o‘z qobiliyatlarini rivojlantiradigan, takomillashtiradigan jarayondir
Bunday faoliyat unga atrof-muhitga moslashishga, o‘zining asosiy ehtiyojlari, Shuningdek, aqliy o‘sish va shaxsiy rivojlanish ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.
O‘quv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yuzaga keladi. O‘quv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir.
Ta’lim- u o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi o‘quv faoliyatidan iborat bo‘lib, bilim, ko‘nikma va malakalarni uzatish jarayonidir, hayotiy tajribani o‘qituvchidan o‘quvchiga uzatishdir
Ta’lim haqida gapirilganda o‘qituvchining ta’lim jarayonidagi maxsus funksiyalariga e’tibor qaratiladi.
O‘qish – ham o‘quv faoliyatiga taaluqli bo‘lib, lekin ko‘proq bu tushuncha ishlatilganda o‘quv faoliyatida o‘quvchiga tegishli faoliyat nazarda tutiladi
Bunda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash uchun qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladigan o‘quv harakatlari nazarda tutiladi.
YUqorida ko‘rib o‘tilgan uch tushuncha ham o‘quv faoliyati mazmuniga taaluqlidir. O‘qishning natijasi haqida gapirilganda o‘rganish tushunchasidan foydalaniladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin