KO’RGAZMALI METODLAR
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda qo‘llaniladigan ko‘rgazmali metodlardan biri va asosiysi kuzatishdir. Kuzatish tevarak-atrofdagi predmetlarni va hodisalarni maqsadga muvofiq, planli tasavvur qilish va idrok etishdir. Kuzatish-murakkab bilish faoliyati bo‘lib, bunda idrok, tafakkur va nutq ishtirok etadi, barharor diqqat talab etiladi. Kuzatilayotgan hodisani tushuntirishda bolaning tajribasi, bilimi, yoshi va malakasi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Tabiatni bolalar bilan birgalikda kuzatishni tashkil etar ekan, tarbiyachi bir qator vazifalarni hal etadi; bolalarda tabiat haqidagi bilimni shakllantiradi, kuzatishni o‘rgatadi, kuzatuvchilikni o‘stiradi, estetik va tabiatni sevish ruhida tarbiyalaydi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishdagi bilish vazifalariga ko‘ra tarbiyachi kuzatishning xilma-xil turlaridan, xususan qisqa muddatli va uzoq muddatli kuzatishdan foydalanadi.
Qisqa muddatli kuzatish jarayonida bolalar predmetlarning shakli, rangi, katta-kichikligi, tuzilishi, fazoviy joylashuvini, sathining harakterini farqlashni, hayvonlar bilan tanishganda esa harakat harakteri, ular chiharadigan tovushlarni o‘rganadilar.
O‘simlik va hayvonlarning o‘sishi hamda rivojlanishi, tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar haqidagi bilimlarning jamg‘arilishi uchun kuzatishning ancha murakkabroq turi — uzoq muddatli kuzatishlardan foydalaniladi. Bunda bolalarga ob‘ektning kuzatilayotgan holatini ilgarigisi bilan qiyoslashga to‘g‘ri keladi.
Kuzatish predmetning ayrim belgisiga ko‘ra uning holatini aniqlash (masalan, tuproqning rangiga ko‘ra sug‘orishning zarurligini, akvariumdagi baliqlarning xatti-harakatiga ko‘ra suvni qisman almashtirish zarurligini) yoki ayrim belgilarga ko‘ra yaxlit manzarani tiklash (qordagi izga harab u kimning yoki nimaning izi ekanligini, rangiga harab mevaning pishgan yoki xomligini aniqlash) maqsadida ham tashkil etilishi mumkin. Kuzatishning bu turi bolalarda ba‘zi bilimlar, hodisalarni analiz qilish, ayrim ma‘lumotlarni qiyoslash, soddaroq xulosalar chiharish ko‘nikmalarini hosil qiladi.
Kuzatuvning bu ikki turidan o‘rta va katta yoshdagi bolalar bilan bo‘ladigan ishda foydalaniladi. Bu kuzatishlar davomida bolalarning zehni va kuzatuvchanligi usadi, analiz qilish, qiyoslash, xulosalar chiharish jarayoni takomillashadi.
57
Kuzatishlar tarbiyachi tomonidan bolalarni o‘simlik va hayvonlar bilan, ob-havo bilan, kattalarning tabiatdagi mehnati bilan tanishtirishda tashkil etiladi. Kuzatishlar mashg‘ulot va ekskursiyalarda, sayrlarda, tabiat burchagida va shu kabi joylarda olib boriladi.
Kuzatishga tayyorlash. Tarbiyachining kuzatishni o‘tkazishga tayyorlanishi ob‘ektni tanlashdan boshlanadi. Kuzatish uchun tanlangan o‘simlik yoki hayvon yaxshi holatda bo‘lishi lozim.
Agar kuzatish binoda (tabiat burchagida, mashg‘ulotda) olib boriladigan bo‘lsa, uni tashkil etish ustida o‘ylab ko‘rnsh lozim: ob‘ekt yaxshi yoritilgan bo‘lishi va u shunday joylashtirilishi kerakki, unga yaqinlashish qulay bo‘lsin. Bolalar kuzatilaetgan predmetga yaqinroq joylashtiriladi, chunki u hammaga yaxshi ko‘rinib turishi, zarur bo‘lsa kuzatish ob‘ekta bilan harakat qila olishi (ovqat berish, silash, o‘ynash) mumkin bo‘lsin.
Uchastka yoki yaqinroq joylashgan tabiat qo‘ynida o‘tkaziladigan kuzatishlar uchun eng qulay joy tanlanadi. Bunda bolalarni shunday joylashtirish kerakki, ularning hammasi uchun kuzatish qulay bo‘lsin.
Agarda biror hayvon kuzatilaetgan bo‘lsa, shunday sharoit yaratish lozimki, unda hayvon o‘zini erkin va tabiiy tutsin. Masalan, quyonni kuzatishda uning bemalol harakat qilishi uchun maxsus joy quriladi, uning atrofidagi stulchalarga bolalar o‘tirishadi.
Kuzatishni boshщrish. Kuzatishni boshlashda, ayniqsa u birinchi marta o‘tkazilayotgan bo‘lsa, bolalar oldiga savol yoki topshiriq qo‘yiladi. Bolalar kuzatilaetgan ob‘ektni mustaqil 1—2 minut tomosha qilishlari, tabiiy paydo bo‘lgan qiziqishlarini qondirishlari, kuzatilaetgan narsa haqida birinchi ta‘sirotni hosil qilishlari lozim.
Tarbiyachi kuzatishlarni boshharish jarayonida xilma-xil usullardan (bolalarning yoshlarini nazarda tutib): savollar, topshiriqlar berish, predmetni sinab ko‘rish (uni ushlab ko‘rish, silash va shu kabilar)dan, qiyoslash, o‘yin va mehnat harakatlaridan foydalanadi.
Tarbiyachi bolalarga ko‘rganlarini tushunib olishlari uchun avval tushuntirib beradi.
Kuzatish ma‘lum izchillikda olib borilishi lozim. Tarbiyachi bolalarning hayvonlarni kuzatishlarini boshharar ekan, eng avvalo ularning e‘tiborini hayvonning xatti-harakatiga haratadi: Nima qilyapti? Qanday yuryapti? Nima eyapti? Qanday eyapti? Bunda qandaydir harakatiga bog‘liq tarzdagi hayvon tashqi qiyofasining belgilari ko‘rib chiqiladi: tanasi nima bilan qoplangan? Oyoqlari qanday — uzunmi yoki qisqami? Ko‘zlari qanday (shakli, rangi)?
O‘simliklarni tomosha qilish uning eng yorqin, ko‘zga tashlanadigan belgisini belgilash va ajratib ko‘rsytishdan boshlashadi; bu o‘simlik gulli yoki uning barglari yorqin rangdor ekanligi, ba‘zan poyasi bo‘lishi mumkin. Ana shundan so‘ng o‘simlik tashqi tuzilishining asosiy xususiyatlari aniqlanadi: kattaligi, shakli, poyasi, barglari, gullari va shu kabilar tartib bilan ko‘rib chiqiladi. Bunday izchillik maktabgacha yoshdagi bolalarning diqqati hali etarlicha barharor
58
emasligi, ko‘p jihatdan beixtiyoriyligi tufayli zarurdir. Biroq, kuzatish oxirida kuzatish jarayonida paydo bo‘lgan tasavvurlarni tartibga solish lozim.
Tarbiyachi kuzatishni tashkil etar ekan, kuzatishning konkret vazifasidan ikkinchisiga, faktlardan aloqalarga, tasavvurlar to‘plashdan ularni qiyoslashga, so‘ngra xulosalar chiharishga o‘tishda izchillikka rioya qilishi lozim. Shunday qilinganda bolaning tabiat haqidagi tushunchasi usadi.
Har bir kuzatish bolalarni tabiat bilan tanishtirishning kichik, konkret vazifasini hal qiladi. Shuning uchun tarbyachi kuzatishni o‘tkazar ekan, ayni shu vaqtdagi kuzatishning ilgari o‘tkazilganlari bilan aloqasini aniqlashi, keyin o‘tkaziladigan ishlarni nazarda tutishi lozim.
Tarbiyachi tabiatni uzoq muddatli kuzatishni tashkil etganda oldindan uni bir qator epizodik kuzatishlarga — «bo‘laklarga» taqsimlaydi. Bu kuzatishlar, aytaylik, o‘simlikning rivojlanishidagi o‘zgarishlar aniq ko‘rinadigan vaqtda o‘tkaziladi. Tarbiyachi bolalarga o‘simlikni tomosha qilishni, belgilarini qayd qilishni uning hozirgi holatini, ilgari kuzatilgani bilan qiyoslashni, o‘zgarishlardan dalolat beruvchi yangi belgilarini ajratib ko‘rsatishni tavsiya etadi. Ba‘zan bolalar o‘simlikdagi o‘zgarishni darhol sezadilar, biroq bu holatda ham tarbiyachi qayd qilingan o‘zgarishlar hamma bolalarga tushunarli bo‘lishi uchun qiyoslash usulini qo‘llaydi.
Tarqatma materialdan foydalanib kuzatish. Bu kuzatishlar o‘rta gruppadan boshlab o‘tkaziladi. Bunday kuzatishni tashkil etish bir ob‘ektni kuzatishdan ko‘ra ancha murakkabroq bo‘ladi. Bu o‘rinda tarbiyachidan o‘z diqqat – e‘tiborini taqsimlay bilishi, bolalar harakatini uyushtira olishi talab qilinadi. Bolalar esa tarbiyachining hamma ko‘rsatmalariga aniq rioya qilishlari, boshqalarni tinglashlari va quloq solishlari, boshqalarning kuzatishlarini o‘zlarining kuzatishlari bilan taqqoslashlari hamda qiyoslashlari kerak. Kuzatishlarning bu usuli rivojlantiruvchi ahamiyatga ega.
Tarqatma material sifatida o‘simliklar hamda ularning qismlari: bargi, urug‘i, shoxchalari, sabzavot va mevalardan foydalanish mumkin. Kuzatish kichik, o‘rta, katta va maktabga tayyorlov gruppalarida bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |