Qadriyatlarga aniqlik kiritish metodi. Qadriyatlarni o‘rganish, tekshirish, munozara qilish, ishonchli, himoyalangan muhitda qadriyatlarni munozara qilish imkoniyatini berdi. Munozara strukturasini ko‘rsatdi. Avesto, Qur‘oni karim, Hadis va buyuk mutafakkirlarning asarlaridan foydalanish shuningdek, ekologik hasharlar tashkil etilib, unda Bolalar tomonidan ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish, ariqlar tozalash, qurigan daraxt shox-shabbalaridan bog‘larni tozalash ishlari amalga oshiriladi.
Ma’ruza metodi. Juda murakkab va Bolalar uchun noma‘lum material odatda ma‘ruza (lekstiya) metodi bilan o‘tiladi. Ma‘ruza suhbat bilan uyg‘unlashgan holda o‘qilib, bu paytda maqsadli savollar berilib, muammoli vaziyat shakllanishiga undaladi. O‘rtaga tashlangan masalalardan o‘zaro bog‘liqlik darajasi belgilanadi, bu esa o‘z navbatida talabaning mavzuga qiziqishini uyg‘otadi va mavzuni tegishli darajada to‘liq o‘zlashtirishga yordam beradi. Ma‘ruzaning
39
samaradorligida har bir talabaning bilimi, qobiliyatini kuchaytiradigan, qiziqish darajasini oshiradigan metodik prinstiplarni qo‘llash muhimdir. O‘qituvchi ma‘ruza o‘qish paytida talabaning konspektlashtirishi nihoyatda muhim, chunki konspektlashtirish talabaning mavzuga taaluqli adabiyotlardan mustaqil ravishda foydalanishga tayyorlaydi.
Dostları ilə paylaş: |