Pedagogik kuzatuv metodi. Mazkur talaba shaxsini tabiiy hamda maxsus tashkil etilgan sharoitlarda o‘rganish, uning ruxiy-irodaviy hamda intellektual (aqliy) xususiyatlarini aniqlash, ularga tayangan holda talabaga muayyan ta‘sir ko‘rsatish xususida umumiy tasavvurni hosil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatish hikoya, suhbat vaqtida olib borilib, Bolalar oldiga qo‘yilgan asosiy maqsadni echish, tabiat va tabiiy voqeylikni anglash uchun o‘rtaga tashlangan savollarga javob topish maqsadida olib boriladi.
Suhbat metodi.Mazkur metoddan ta‘lim jarayonida samarali hamda o‘rinli foydalanish talaba shaxsiga xos bo‘lgan xususiyatlardan to‘laqonli ravishda xabardor bo‘lish imkonini beradi. Biroq suhbat jarayonining samaradorligi o‘qituvchi tomonidan muayyan shartlarga amal qilinishiga bog‘liqdir. Chunonchi:
-suhbatni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadning aniqligi;
-o‘qituvchi va talaba o‘rtasida tashkil etilayotgan suhbatlarning har birini ma‘lum mavzu doirasida bo‘lishiga erishish;
-suhbat jarayonini yo‘naltirib turishga xizmat qiluvchi savollarning qisqa, aniq hamda mantiqiy bo‘lishiga e‘tiborning haratilganligi;
-suhbat uchun qulay sharoit (joy, vaqt, talabaning ruxiy holati) ning mavjudligi;
-suhbat jarayonida talabaning istagi, jismoniy, fiziologik va psixologik xususiyatlarini inobatga olish, suhbatning uzoq muddatli bo‘lishini oldini olish;
-suhbat jarayonida talabaning o‘z fikr-mulohazalarini ochiq-oydin, batafsil, erkin bayon qilishiga imkon berish, uning so‘zini bo‘lmaslik, mulohazalaridan kulmaslik, shuningdek, ko‘pchilik ishtirokida o‘tkazilayotgan suhbat jarayonida tasodifiy luqma, kinoyalarning bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, talabaning fikrini hurmat qilishga erishish. Suhbat jarayonida o‘qituvchi Bolalarning bilish faoliyatini boshharib boradi, ularni tegishli savollarga javob topishga yo‘naltiradi, mulohaza qilish, o‘ylash, javob berishga undaydi.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar yangi va yangi metodlar bilan boyishi va umumiy bilim berishning taraqqiylashib borayotganligi tufayli suhbat darsini kuzatuv, eksperiment va talabaning mustaqil ishi, tarqatma material va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, diafilm, diapozitiv hamda telemateriallar bilan uyg‘unlashgan holda o‘tkazish maqbul deb topilgan. Murakkab nazariy muammolar suhbat usulida o‘tilsa yaxshi natija beradi.