Bolalarda oddiy izlanuvchanlik qobiliyatini oshirish. Bolalarda oddiy izlanuvchanlik qobiliyatini oshirish ularning tabiat bilan tanishishidagi mustaqilligini, fikr doirasini oshiradi va o‘ta aktiv bo‘lishni ta‘minlaydi. Bunday qobiliyat bolalarda tabiat hodisalarini tushunishga, uning sodir bo‘lish sabablarini bilishga imkon beradi.
Bolalarda izlanuvchanlik qobiliyatini hosil qilish ma‘lum sistema asosida amalga oshiriladi. U bolalarni tabiatda bo‘ladigan voqea - hodisalarni ko‘rish, tahlil qilish asosida turli faoliyatlari davridan boshlanadi. Shundan keyin bolalarda fikrlash qobiliyati shakllanadi, turli muammolar paydo bo‘ladi. Bolalar buni fikr qilib, tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar, uning sabablari va bir-biri bilan bog‘liq ekanligini echishga intiladilar. Ular ko‘rib, kuzatib, u yoki bu voqeani sodir bo‘lish sabablari haqida xulosalar chiharadilar.
Izlanuvchanlik qobiliyatini oshirishning navbatdagi yo‘li bolalar chihargan taxminiy xulosalarni to‘g‘ri muhokama qilish va uni tekshirish usullarini tanlashdan iborat. Shuni aytish kerakki, izlanuvchanlik qobiliyatini oshirishni o‘rganishda xulosalarni tekshirish katta rol o‘ynaydi. Buni to‘g‘ri xulosa chiharish bilan yakunlash kerak. «Bolalar bog‘chasida ta‘lim-tarbiya dasturi»da belgilangan bilimni bolalarga snngdirish uchun bolaning bilishga bo‘lgan aktivligini va amaliy faoliyatini oshirish zarur. Buning uchun tarbiyachi dasturdan izlanuvchanlik faoliyati yo‘li bilan o‘rganiladigan tabiat haqidagi bilimlarni ajratib olmog‘i kerak. Shu asosda bolalarda bilishi mumkin bo‘lgan hayotiy muammolar hosil qilinadi. Bolalar bu muammolarni echish uchun o‘zlari tasavvur qilgan, o‘ylagan fikrlar bilan uni solishtiradilar. Izlanuvchanlik faoliyati ulardan qaysisi to‘g‘rn-yu, qaysisi xato ekanligini aniqlashga yordam beradi.
Masalan. Bolalar tabiat burchagida navbatchilik qilib turganda dam olish kunidan keyin xina va koleus barglarini so‘lib qolganini, kaktus va aloe esa juda yashnab turganini sezadilar. Tarbiyachi bu vaziyatdan foydalanib bolalar oldiga muammoli savol qo‘yadi? «Nima sababdan shunday bo‘ldi? Hamma o‘simliklarga ham bir xilda suv kerakmi?»
Bu hayotiy munozarali muammoni bolalar bilan birga muhokama qilib, tarbiyachi rahbarligida kuzatilayotgan hodisaning sodir bo‘lish sababini tushunib oladilar. Bolalar tomonidan bildirilgan birorta ham fikr e‘tibordan chetda qolmasligi, bolalariing hamma farazlari to‘liq muhokama qilinishi kerak. Bolalarda muhokama paytida yoki kuzatgan ob‘ektiga baho berishda tug‘ilgan qiziqishidan tarbyachi foydalanib izlanuvchanlik faoliyatining ikkinchi davri — tekshirish
66
yo‘llarini tanlash va tekshirishini o‘zini tekshirishga o‘tadi. Tarbiyachi tekshirishning har xil yo‘llaridan, hatto bolalar tavsiya etgan tekshirish yo‘llaridan ham foydalanishi mumkin.
Izlanuvchanlik faoliyatini kuzatish, tajriba, sayr, tabiat burchagida, mashg‘ulotlarda kamol toptirish mumkin.
Qisqa muddatli kuzatish tabiat ob‘ektining har xil sifatini, xususiyatini aniqlash uchun foydalaniladi. Masalan, bolalar gullarga suv quyish zarurati haqidagi fikrlari to‘g‘riligini aniqlash va isbotlash uchun o‘simlikning suvga chanqoqlik belgilarini izlashadi, tuproqning quruq yoki namligini, rangini, barglar holatining o‘zgarishini aniqlash uchun harakat qilishadi.
Uzoq muddatli taqqoslab kuzatish tajribalar tayyor modellarni ko‘rsatish (masalan, hasharotlar xususiyati), tabiat hodisalarining sababini, o‘zaro aloqasini va munosabatini aniqlash uchun foydalaniladi. Tarbiyachi bolalarga hayvonlar harakatidagi o‘zaro aloqani aniqlash uchun (tipratikan, quyon, qurbaqa) ularning yurishini va orqa oyoqlart harakatini kuzatishni hamda taqqoslashni topshiradi.
Tayyor modellarni ko‘rsatib, hayvonlarning himoyalanish mexanizmini tuzilishi bilan tanishtirish mumkin. Bolalar karam kapalagining g‘umbagini kuzatib, ularni karam bargidan ajratish qiyin ekanligini ko‘radilar. Tarbiyachi bolalarga nima uchun bunday tuzilganini o‘ylab ko‘rishni aytadi va o‘zi uning sababini tushuntirib beradi.
Bolalarning ko‘rgazmali-amaliy metodlar asosida tabiat bilan tanishib orttirgan boy tajribalariga tayanib, tarbiyachi bolalar bilimini tekshirish va bilish qobiliyatlarini aniqlash uchun qiziharli suhbatdan foydalanishi mumkin. Bu suhbat fikrlash asosida tabyatda bo‘ladigan voqea-hodisalarning sababini bilishga yordam beradi. Tarbiyachi bolalarning fikrlashini boshharadi va uni aniq maqsadga yo‘naltiradi. Buni sayrlarda amalga oshirish mumkin.
Izlanuvchanlik faoliyati kuzatish, tajribalar, modellarni namoyish etishdan olingan xulosalar asosida yakunlanadi. Tarbiyachi bolalarga o‘zlari mustaqil xulosa chiharishlarini topshiradi. U o‘zi xulosa chiharishga shoshilmasdan bolalar-ning fikrlarini yoshitishi, qo‘shimcha savollar berishi kerak. Bordi-yu, bola noto‘g‘ri yoki noaniq xulosa chiharsa, tarbiyachi uni to‘g‘rilab, tushuntirib berishi zarur.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish vositasida izlanuvchanlik faoliyatini keng amalga oshirish asosan katta yoshdagi gruppalarda olib boriladi. Lekin buni kichik va o‘rta yoshdagi gruppalarda ham amalga oshirish mumkin.
Bola tabiatga doir har qanday muammoni dastlab kattalar ko‘magida, so‘ngra o‘zi mustaqil echa oladigan bo‘ladi. Izlanuvchanlik faoliyati natijasida bolani mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Mustaqil echilgan muammolar bolaga quvonch bag‘ishlaydi. Bu quvonch uning tabiatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi va rivojlantiradi.
Izlanuvchanlik faoliyati bolaning shakllanishida, fikr doirasining kengayishida katta ahamiyatga ega ekanligini bilgan holda har bir tarbiyachi uni doimo tashkil qilishi va buning uchun zarur shart-sharoitni yaratishi kerak.
67
Dostları ilə paylaş: |