Bitiruv malakaviy ish maqsadi: Maktabgacha ta‘lim muassasalariida bolalarni tabiat bilan tanishtirishning samarali usullarini ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ish ob’ekti: Maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ish predmeti: Maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalarni tabiat bilan tanishtirishning mazmuni, shakllari, metod va vositalari.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy farazi. Agar:
-Maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalarni tabiat bilan tanishtirish masalalari uzluksiz ta‘lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaralsa;
-Bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayoni inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni uyg‘unlashtiruvchi tizim sifatida yondashilsa;
-Bolalar yoshi, qiziqishini e‘tiborga olgan holda, ularga beriladigan tabiat haqidagi bilimlar mazmuni boyitilsa va kengaytirilsa;
5
-Bolalarda tabiat haqidagi bilimlarni shakllantirishning zamonaviy metod va vositalaridan samarali foydalanilsa;
-Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning tarixiy, milliy, ekologik qadriyatlar hamda hozirgi zamon mahalliy, hududiy, umumbashariy ekologik muammolar bilan uzviy va uzluksiz aloqada amalga oshirilsa, Bolalarning ekologik madaniyati darajasi samarali bo‘ladi va tabiatga nisbatan ijobiy munosabatlari rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: |