3. O‘quvchining o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
I sinf
O‘quv yili yakunida 1- sinf o‘quvchisining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar:
Bilim:
hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish janrlari;
badiiy asar mazmunini bilish;
asardagi eng qiziqarli lavhalarni bilish
Ko‘nikma:
matndagi so‘zlarning ma’nolarini izohlay olish;
matn mazmunini ko‘rgazmalar vositasida to‘liq qayta hikoyalay bilish;
tayyor reja asosida asarni to‘liq qayta hikoyalay olish;
asar qahramonlarining (salbiy va ijobiy) xatti-harakatlarini aniqlash va baholay olish.
Malaka:
so‘z tarkibida tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish;
so‘zlarni bo‘g‘inlab, so‘ng sidirg‘a (tekis) o‘qish;
hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, rivoyat, tez aytish janrlaridagi
asarlarni ifodali o‘qish;
bir daqiqada 25-30 so‘zni o‘qish;
o‘qigan asari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish;
o‘qilgan asar asosida rasm chizish;
o‘quv yili yakunida 5 ta she’rni yoddan aytib berish.
II sinf O‘quv yili yakunida 2- sinf o‘quvchisining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar:
Bilim: hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, xalq qo‘shiqlarini farqlay olish;
she’riy va nasriy ( hikoyaviy) asarlar
Ko‘nikma:
matndagi so‘zlarning ma’nolarini izohlay olish;
badiiy asarga o‘qituvchi yordamida reja tuza olish;
bolalar yozuvchilarining turli janrdagi asarlarini mustaqil o‘qiy olish;
maktab kutubxonasidagi kitoblardan foydalana bilish;
badiiy asar mazmuni asosida o‘z fikr va mulohazalarini bayon qila olish;
Malaka:
hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, rivoyat, hikoyat, masal, xalq qo‘shiqlarini to‘g‘ri, ongli va ifodali o‘qish;
tuzilishi murakkab ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarni bo‘g‘inlab, so‘ng sidirg‘a (tekis) ravon o‘qish;
tuzilishi sodda so‘zlarni yaxlit o‘qish;
bir daqiqada 40-50 so‘zni o‘qish;
asarni janr va mavzusiga ko‘ra ajratish;
o‘qituvchi rahbarligida matnni qismlarga bo‘lish va har bir qismga sarlavha o‘ylab topish;
reja asosida asarni qayta hikoyalash;
matn mazmunini ko‘rgazmalar vositasida hikoyalash;
asar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini mustaqil ravishda bayon etish;
asar mazmuniga doir rasmlar chizish va nomlash;
o‘qigan asar yuzasidan bahs, munozara qilish;
o‘quv yili yakunida 10 ta she’rni yoddan aytib berish.