III sinf
O‘quv yili yakunida 3- sinf o‘quvchisining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar:
Bilim:
hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, latifa, rivoyat, hikoyat, masal, ibora, afsonani janriga ko‘ra farqlay olish;
badiiy asar mazmuniga munosabat bildira olish;
Ko‘nikma:
matndagi so‘zlarning ma’nolarini izohlay olish;
maktab kutubxonasidagi kitoblardan unumli foydalana bilish;
asardagi qahramonlar haqida kichik hikoya tuza olish;
bolalar yozuvchilarining turli janrdagi asarlarini mustaqil ravishda
Malaka:
ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, xalq qo‘shiqlari, qissalardan parchalarni to‘g‘ri, ongli, ifodali, sidirg‘a o‘qish;
o‘qilgan badiiy asarga reja tuzish;
asar mazmunini qayta hikoyalashda o‘xshatish;
asar mazmunini qisqartirib, qayta hikoyalash;
o‘qigan asari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini erkin bildirish;
bir daqiqada 60-70 ta so‘z o‘qish;
o‘quv yili yakunida 15 ta she’rni yoddan ifodali aytib berish;
mustaqil o‘qish uchun bir mavzu doirasida bir nechta asar tanlay bilish va ifodali o‘qish;
o‘qilgan asar asosida kichik sahnalar qo‘yish.
IV sinf
O‘quv yili yakunida 4- sinf o‘quvchisining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar:
Bilim:
hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, rivoyat, hikoyat, masal, latifa, lof, ibora, afsona, xalq qo‘shiqlari haqida tushuncha;
badiiy asar mazmunining mustaqil tahlili;
Ko‘nikma:
matndagi so‘z, ibora, gaplarning ma’nolarini izohlay olish;
bolalar yozuvchilarining turli janrdagi asarlarini tanlab, mustaqil o‘qib, ijodiy so‘zlay bilish;
maktab kutubxonasidagi kitoblardan unumli foydalana bilish;
asardagi qahramonlar haqida kichik hikoya tuza olish;
o‘qilgan asar asosida ijodiy ravishda rasmlar chiza bilish;
xabar, tabiat tasviri, kuzatgan voqea va hodisalar ishtirok etgan kichik hajmdagi insho yoza olish;
Malaka:
hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, rivoyat, doston, hikoyat, masal, latifa, lof, ibora, afsona, xalq qo‘shiqlari, doston va qissalardan parchalarni to‘g‘ri, ongli, ifodali, sidirg‘a o‘qish;
badiiy asarga mustaqil reja tuzish;
bir daqiqada 80-90 so‘zni o‘qish;
matn mazmunini reja asosida to‘liq yoki qisqartirib, ijodiy qayta hikoyalash;
asar qahramonlarining xatti-harakatini baholash, ularga shaxsiy munosabat bildirish;
mustaqil o‘qish uchun bir mavzu doirasida bir nechta asar tanlash va ifodali o‘qib, so‘zlab berish;
asar asosida bahs - munozara, mushoira qilish;
o‘qilgan asar asosida kichik sahna ko‘rinishlarida faol qatnashish;
tuman, shahar kutubxonalariga sayr qilish va a’zo bo‘lish, kitob
haftaliklarida faol qatnashish;
o‘quv yili yakunida 20 ta she’rni yoddan aytib berish.
Dostları ilə paylaş: |