Amaliy ish Berilgan tomonlarga ko‘ra to‘rtburchak (kvadrat) chizish.
Rivojlantiruvchi mashqlar. Rebuslar. Boshqotirmalar.
MINGLIK Uch xonali sonlarni raqamlash. Kattaliklar. Geometrik shakllar (21 soat) 1000 ichida sonlarni og‘zaki va yozma raqamlash. Uch xonali sonni yozishda raqamning o‘rniga ko‘ra qiymati. Uch xonali sonni yuzliklar, o‘nliklar, birliklar yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlash (yozish).
Sonlarni taqqoslash.
Ko‘paytirish va bo‘lishni o‘z ichiga olgan 2, 3 amalli misollar.
O‘rganilgan ko‘rinishdagi sodda va tarkibli masalalar.
Sonni 10, 100 marta ko‘paytirish va kamaytirish.
Sondan ko‘paytmani ayirishga, qayta birlikka keltirishga, ko‘paytma va sonning yig‘indisini topishga; ikki bo‘linma yig‘indisi (yoki ayirmasi)ni topishga; yig‘indini songa bo‘lishdan hosil bo‘lgan bo‘linmani (yoki ayirmani) topishga doir tarkibli masalalar. Masalani tenglama yordamida yechish.
Sonli tengliklar va tengsizliklar.
Uzunlik o‘lchovi birliklari: millimetr, santimetr, detsimetr, metr, kilometr. Ular orasidagi o‘zaro munosabatlar (bilimlarni umumlashtirish).
Amaliy ish Kesma chizish va uzunligini millimetr, santimetr va detsimetrlarda masofalarni metrlarda o‘lchash.
Kesmalarning uzunliklarini taqqoslash (murakkablashib boruvchi topshiriqlar).
Katakli qog‘ozga tanish geometrik shakllarni chizish va ularning perimetrlarini topish.
Geometrik mazmundagi masalalar (shakllar tuzishga doir).
Rivojlantiruvchi mashqlar. Matematik o‘yinlar: kataklar bo‘ylab yurish. Juft sonlar.
Matematik fokuslar: qiziqarli jadval. Matematik chaqmoq.
Quvnoq matematika: o‘ylangan sonni topish. Tug‘ilgan kunni topa olish. “Sehrli kvadratlar” ni tuzish.
1000 ichida qo‘shish va ayirish. Kattaliklar. Geometrik shakllar (33 soat) 1000 ichida qo‘shish va ayirishning og‘zaki usullari.
Rim raqamlari.
Qo‘shish va ayirishning yozma shakllari.
Qo‘shish va ayirishni tekshirish.
Ikki bo‘linmaning yig‘indisini (yoki ayirmasini) topishga doir, sonni va bo‘linmani, ayirmani taqqoslashga doir, uchta qo‘shiluvchining yig‘indisini topishga doir, uchinchi qo‘shiluvchini topishga doir tarkibli masalalar.
x+125=142, 256-x=196, x-305=601-98, 917-x=12+39
ko‘rinishdagi tenglamani yeching.
Turli ko‘rinishdagi proporsional miqdorli sodda masalalar.
Qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lishga doir 1, 2 amalli sodda va tarkibli masalalar.
Vaqt o‘lchovi birliklari: minut (daqiqa), soat, kun, hafta, oy, yil. Ular orasidagi o‘zaro munosabatlar (bilimlarni umumlashtirish).
Vaqtni hisoblashga doir (1, 2 kun doirasida) sodda masalalar. Massa birligi: gramm, kilogram.
Shakllarning yuzi va perimetri. Turli usullar (o‘lchash, kataklarni sanash) orqali bu miqdorlarni topish. Nuqtalar bo‘yicha geometrik shakllarni chizish.
Amaliy ish Daftarda kataklar bo‘ylab tomonlari berilgan uzunlikda bo‘lgan to‘rtburchak va kvadrat chizish.
Vaqtni bir minutgacha bo‘lgan aniqlikda topish.