O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə80/81
tarix27.06.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#62402
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li

Hayvonot olami (5 soat)
Foydali va zararkunanda hasharotlar. May qo‘ng‘izi va uning hayoti.
Qushlar va ularning ahamiyati. Hasharotxo‘r qushlar. Xonaki parrandalar.
Uy hayvonlari, ularning kelib chiqishi. Qoramollar, qo‘ylar, otlar, ularni parvarish qilish.
Hayvonlarning xilma-xilligi. Baliqlar, baqa va qurbaqa. O‘txo‘r va go‘shtxo‘r hayvonlar. Ozuqa zanjiri.
Sog‘lig‘imizni saqlaylik (4 soat)
Odam tanasining tuzilishi. Teri, skelet va muskullar, ularning vazifalari.
Yurak va qon tomirlari. O‘pka va nafas olish. Havoning inson organizmi uchun ahamiyati.
Ovqatlanish. Ovqatning hazm qilinishi. Ovqatlanish qoidalari.
Nerv sistemasi. Bosh miya, orqa miya va nervlar, ularning vazifalari. Dam olishning ahamiyati. Chekish, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarning odam organizmiga ta’siri.
Ekologiya (2 soat)
Tabiat va inson  bir butun. Ekologiya. Ekologik halokatlar, ularning oldini olish. “O‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitobi». «Qizil kitob»ga kiritilgan o‘simlik va hayvonlar, ularni asrash.
O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (1 soat)

Tabiatshunoslik

4-sinf


(34 soat, haftasiga 1 soatdan)
Kirish (1 soat)
Yozgi kuzatishlar. O‘simlik va hayvonlar hayotidagi yozgi o‘zgarishlar. Jonajon o‘lkamiz tabiati.
Yer  Quyosh sistemasidagi sayyora (7 soat)
Yulduzlar. Quyosh  eng yaqin yulduz. Quyosh sistemasidagi sayyoralar. Kometalar va meteorlar.
Yer  sayyora. Yerning tuzilishi va o‘lchami. Sayyoramizning tabiat go‘zalliklari. Globus  Yerning modeli. Shimoliy qutb, Janubiy qutb, ekvator.
Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi: kun va tun. Yerning Quyosh atrofida aylanishi: yil fasllarining davriy almashinishi.
Yer yuzasi tabiatining xilma-xilligi (15 soat)
Yarimsharlar xaritasi. Quruqlik va suvliklarning xaritada tasvirlanishi. Xaritalarning turli-tumanligi. O‘zbekiston tabiiy xaritasi.
Yer yuzasining asosiy shakllari: tog‘, tekislik va okeanlar. Ularning tabiiy xaritada tasvirlanishi. O‘zbekiston hududidagi tog‘ va tekisliklarning tabiiy xaritadagi tasviri.
O‘lkamiz hududidagi asosiy daryolar, ko‘llar, kanallar, suv omborari. Suvni muhofaza qilish.
O‘rmon tabiati. O‘lkamizdagi o‘rmonlar. O‘rmonlardagi o‘simlik va hayvonot dunyosi. O‘rmon tabiatini asrash.
Cho‘l tabiati. O‘zbekiston hududidagi cho‘llar. Cho‘llardagi o‘simlik va hayvonot dunyosi. Cho‘llarning o‘zlashtirilishi.
Tog‘ tabiati. O‘lkamizdagi tog‘lar. Tog‘lardagi o‘simlik va hayvonot dunyosi. Tog‘ tabiatini muhofaza qilish.
Dasht tabiati. O‘zbekiston dashtlari. Dashtlardagi o‘simlik va hayvonot dunyosi.
O‘lkamiz hududidagi Yer osti boyliklari. Respublikamizda qazib olinadigan asosiy foydali qazilmalar. Yer osti boyliklarini tejash.
Qo‘riqxonalar. Insonning tabiatga ta’siri. O‘zbekiston qo‘riqxonalarida saqlanayotgan noyob hayvonlar. Yo‘qolib borayotgan hayvon turlari, ularni asrash va ko‘paytirish.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin