Natural sonlarni qo‘shish va ayirish. Kattaliklar. Geometrik shakllar (26 soat) Qo‘shish va ayirish (bilimlarni umumlashtirish va bir tizimga solish): qo‘shish va ayirish bilan yechiladigan masalalar. Bir necha sonni qo‘shishda qo‘shiluvchilarning o‘rinlarini almashtirish va guruhlash. Qo‘shish va ayirish amallari orasidagi o‘zaro bog‘lanish.
Qo‘shishning o‘rin almashtirish va guruhlash xossasi, hisoblashlarda ularni qo‘llash.
Qo‘shish va ayirishni tekshirish usullari.
Tezlik. Vaqt. Masofa.
1 000 000 ichida sonlarni qo‘shish va ayirishni 100 ichida amallar bajarishga keltirilgan hollarda og‘zaki, qolgan hollarda yozma bajarish.
Qo‘shish va ayirishni o‘z ichiga olgan 2-3 amalli (qavsli va qavssiz) ifodalar, ularning qiymatlarini hisoblash.
Miqdorlarni qo‘shish va ayrish.
x+316=654+85; 729-x=217+163, x-137=500-140
ko‘rinishidagi tenglamalarni yechish va masalalar yechishda ularni qo‘llash.
O‘rganilgan ko‘rinishdagi 2 va 3 amalli masalalar, ularni amallar bo‘yicha, ifodalar va tenglamalar tuzib yechish.
Doira va aylana (umumlashtirish).
Aylana va boshqa geometrik shakllardan naqshlar chizish.
Massa birligi: gramm, kilogramm, tonna, ular orasidagi munosabatlar (umumlashtirish).
Amaliy ish Berilgan perimetrdagi to‘g‘ri to‘rtburchak (kvadrat) chizish, mumkin bo‘lgan hollarni ko‘rib chiqish.
Berilgan qismlari bo‘yicha kesma yasash. Kesmani teng qismlarga bo‘lish.
Sirkul bilan ishlash.
Geometrik mazmundagi (shakllar yasashga oid) masalalar.
Rivojlantiruvchi mashqlar.
Bloklar bilan berilgan matematik masalalar.
Matematik kvadratlar.
Matematik fokuslar.
Natural sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish (105 soat) Ko‘paytirish va bo‘lish (bilimlarni umumlashtirish va sistemaga solish).
Ko‘paytirish va bo‘lish orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar.
Nol va 1 sonlari bilan ko‘paytirish hollari. Nolni bo‘lish. Nolga bo‘lishning mumkin emasligi.
Ko‘paytuvchilar va ko‘paytma; bo‘linuvchi, bo‘luvchi va bo‘linma orasidagi o‘zaro bo‘g‘lanishlar.
6∙x=426+120; x:18=70-50; 360:x=630:7 ko‘rinishidagi tenglamalarni komponentlar va amallar natijalari orasidagi bog‘lanishlar asosida yechish.
Ko‘paytirish va bo‘lishni tekshirish usullari.
Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish, guruhlash va taqsimot xossalari. Ularni hisoblarda qo‘llash.
O‘zgaruvchilar yordamida ko‘paytirish va bo‘lish xossalarini yozish.
100 ichida bajariladigan amallarga keltirish mumkin bo‘lgan hollarda ko‘p xonali sonlarni bir xonali songa og‘zaki ko‘paytirish va bo‘lish.
10; 100; 1000 ga ko‘paytirish va bo‘lish.
Ko‘p xonali sonni bir xonali songa yozma ko‘paytirish va bo‘lish. Nol bilan tugallangan songa ko‘paytirish.
Sonni ko‘paytmaga bo‘lish. Nol bilan tugallangan songa bo‘lish.
Ko‘p xonali sonni ikki xonali va uch xonali songa ko‘paytirish.
Ko‘p xonali sonni ikki xonali va uch xonali songa yozma bo‘lish.
Ko‘paytirish va bo‘lishni o‘z ichiga olgan 2 dan 4 gacha amalli ifodalar.
Vaqt, tezlik, tekis harakatda bosib o‘tilgan yo‘l; narx, miqdor, baho kabi kattaliklar orasidagi bog‘lanishga misollar.
Qarama-qarshi yo‘nalishlardagi ro‘baro va qarama-qarshi harakatlarga; to‘rtinchi proporsionalni topishga (bevosita birga keltirish, teskari birga keltirish, munosabatlar usuli bilan; algebrik usulda); proporsional bo‘lishga; sonni ikki sonning o‘zini topishga 2 va 4 amalli masalalar.
Qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lishni o‘z ichiga olgan 3 va 4 amalli (qavsli va qavssiz) sonli ifodalar; ularning qiymatini hisoblab topish.
Miqdorlarni (kattaliklarni) bir xonali songa ko‘paytirish va bo‘lish.
Vaqt birliklari: sekund, minut, soat, sutka, oy, yil, asr, ular orsidagi munosabatlar, voqeaning boshlanishi, oxiri, uning davom etish vaqtini aniqlashga doir masala.
Qo‘shish, ayirish, ko‘patirish va bo‘lish amallarini o‘z ichiga olgan 2 va 3 amalli masalalar. Shakllarning yuzi haqida tasavvur. Yuz o‘lchovi birliklari. To‘g‘ri to‘rtburchaklar (kvadrat)ning perimetri va yuzini topishga doir masalalar.