A1+ Nutq o‘stirish (1 soat) Husnixat (1 soat) 45-mavzu. Ma’nodosh, qarama-qarshi ma’noli, bir xil shaklli, ko‘p ma’noli so‘zlar (1soat). So‘z turkumlari ichida va orasida uchraydigan ma’nodosh, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, bir xil shaklli so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar ustida ishlash. So‘z yasovchi qo‘shimsalar yordamida bir turkumdan ikkinchi turkumga oid so‘zlar yasash.
IX bo‘lim. OT – SO‘Z TURKUMI (39 soat, A1+: 14 soat)
46-47-48-49-mavzular. Ot (4 soat). Ot yuzasidan 1-3-sinflarda o‘tilganlarni takrorlash: otlarning shaxs, narsa-buyum, joy, hayvon nomlarini bildirishi. Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi. Kishilarning ismi-sharifi, shahar, ko‘cha, hayvonlarga qo‘yilgan nomlarning bosh harf bilan yozilishi
A1+ Nutq o‘stirish (1 soat) Husnixat (1 soat) Nazorat ishi (1 soat). 50-51-52-mavzular. Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanilishi (3 soat). Egalik qo‘shimchalarining I, II, III shaxs ma’nosini hamda birlik va ko‘plik ma’nosini ifodalashi: otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, otlarning nutqda egalik qo‘shimchalarini olgan va olmagan holda qo‘llanishi.
53-mavzu. Egalik qo‘shimchalarining shakllari (1 soat). Egalik qo‘shimchalarining unli va undoshdan keyin qo‘shiladigan shakllari; egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan otlarning talaffuzi va imlosi.
A1+ Nutq o‘stirish (1 soat) Husnixat (1 soat) 54-mavzu. Egalik qo‘shimchalarining shakllari (1 soat). Egalik qo‘shimchalarining unli va undoshdan keyin qo‘shiladigan shakllari; egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan otlarning talaffuzi va imlosi.
55-56-mavzular. Egalik qo‘shimchalari qo‘shilgan otlarda tovush o‘zgarishlari (2 soat). Otlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda ba’zi so‘zlarning asos qismida tovush o‘zgarishi bo‘lishi: i, u, a tovushining tushib qolishi, k, q tovushining g, g‘ tovushlariga almashishi.