O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumta’lim maktablarida


-mavzu: Yo‘l harakati qoidalaridagi asosiy tushuncha va atamalar.(1soat)



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə32/65
tarix09.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#109932
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li

12-mavzu: Yo‘l harakati qoidalaridagi asosiy tushuncha va atamalar.(1soat)
Yo‘l harakati qoidalaridagi asosiy tushuncha va atamalar: yo‘l, yo‘l bering, yo‘lovchi,asosiy yo‘l, piyodalar o‘tish joylari, majburiy to‘htash, bolalar guruhini tashkiliy tashish.


13-mavzu: Huquqiy madaniyat – komil insonlik belgisi (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularni o’rganish va amal qilish tuyg’ularini tarbiyalash hamda ular ongiga “jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi” degan qoidani singdirish.


14-mavzu: Madhiyam faxrim mening (10 dekabr - O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiqabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.


15-mavzu: Tartibga soluvchining ishoralari (Yo‘l harakati qoidalari). (1 soat)
Ko’chada va jamoat joylarida o’quvchi o’zini qanday tutishi lozimligi haqida axloqiy sifatini hamda svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug’lik ishoralari ko`nikmalarini shakllantirish


16-mavzu: Yangi yilda yangi orzular! (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo’yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o’quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.


17-mavzu: Tinchlik va osoyishtaligimiz garovi. (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin