29-mavzu: Ilm – baxt kaliti. (1 soat)
Beshikdan qabrgacha ilm izla, ilmli inson har joyda aziz, ilmli xor bo’lmas hikmatlarini sharxlash.
30-mavzu: Vatan – muqaddas (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan). (1 soat)
O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg’ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo’lish xislatlarini tarbiyalash.
31-mavzu: Axborot - ishora belgilari (Yo‘l harakati qoidalari) (1 soat)
Eng muhim belgilar haqida tushuncha berish.
32-mavzu: Kitobim – oftobim. (1 soat)
O`quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o’rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o’qishga bo’lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg`ularini singdirish.
33-mavzu: Yaxshi dam – o‘qishga hamdam. (1 soat)
O`quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
4 – sinf
(34 soat)
1-mavzu: Biz istiqlol farzandlarimiz! (1 soat)
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, “Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish yili”, davlat dasturi, “Obod qishloq”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning ma`no – mazmuni va ruhi mujassam etgan holda singdirish.
2-mavzu: O‘quvchilarning tashkiliy jamlanmasi va guruhining harakatlanishi (Yo‘l harakati qoidalari). (1 soat)
O‘quvchilarga maktab binosi va hovlisi, maktabga boradigan yo’l, jamoat joylarida va ko’chada yuris h qoidasini o’rgatish.
Dostları ilə paylaş: |