suratlar, sinf burchagi, devorda, kitob javonida, qo‘ng‘iroq, dars, mashq kabi
tayanch so‘zlar; yonida, ichida, ustida, oldida, o‘rtada, o‘ng tomonda, chap tomonda kabi ko‘makchi so‘zlar; chalindi, boshlandi, kiring, o‘tiring, tinglang, o‘qing, yozing, diqqat bilan, tartib bilan kabi faoliyatni bildiruvchi so‘zlar (1
soat), o‘rin-joyni ko‘rsatuvchi -da qo‘shimchasi (1 soat).
Nutq namunalari: Sizning sinfingiz qanday? Bizning sinfimiz keng va
yorug‘. Sen qayerda o‘tirasan? Men o‘rta qatordagi birinchi partada o‘tiraman.
Bugun necha soat dars bo‘ladi? Bugun to‘rt soat dars bo‘ladi.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar Tinglab tushunish va so‘zlash: “Sinfimiz” mavzusiga oid so‘zlar, ular
yuzasidan berilgan savollarni tinglab tushunish va ularga o‘rganilgan vositalar
asosida javob bera olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni
to‘g‘ri talaffuz qila olish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan
qo‘llab, sodda yig‘iq gaplar tuza olish.
5-7-mavzu. Oila. (3 soat, A1+4 soat) Lug‘at: ota, ona, bobo, buvi, o‘g‘il bola, qiz bola, aka, uka, opa, singil, amaki, xola kabi oila mavzusiga oid faol so‘zlar (1 soat).
-mi, -chi so‘roq yuklamalari, tasdiq va inkorni bildiruvchi ha, yo‘q so‘zlari (2
soat).
Nutq namunalari: Bu kim? Bu bobom, bu otam, onam, mana bu qiz bola,
mana bu ukam.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar Tinglab tushunish va so‘zlash: “Oila” mavzusiga oid so‘zlar, ular yuzasidan
berilgan savollarni tinglab tushunish va ularga o‘rganilgan vositalar asosida javob
bera olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni
-mi, -chi so‘roq yuklamalari, tasdiq va inkorni bildiruvchi ha, yo‘q so‘zlarini
to‘g‘ri talaffuz qila olish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan
qo‘llab, sodda yig‘iq gaplar tuza olish.
10-12 ta so‘zdan iborat lug‘at diktanti, o‘tilgan mavzular bo‘yicha 16-24 ta
so‘zdan iborat diktant yoza olish.