Yer rusumidagi planetalar. Merkuriy va Venera. Yer va uning tabiiy yo‘ldoshi- Oy. Mars. Yer rusumidagi planetalarning asosiy xarakteristikalari. Merkuriy va Venerani kosmik apparatlar yordamida tadqiq etish. Yerning ichki va atmosferasi tuzilishi. Oy-Yerning tabiiy yo‘ldoshi. Mars relefi. Mars yo‘ldoshlari.
Gigant planetalar, ularning yo‘ldoshlari va halqalari.Yupiter va Saturn. Saturn halqasi. Uran va Neptun. Gigant planetalarning yo‘ldoshlari.
Asteroidlar va mitti planetalar. Tisius-Bode qonuni. Asteroidlarning yirik vakillari. Pluton va mitti planetalar.
Kometalar (dumli yulduzlar). Kometalarning kimyoviy tarkibi. Davriy kometalar va ularning turlari. Quyosh sistemasining kelib chiqishi haqidagi hozirgi zamon qarashlari. Gaz-chang bulutlar. Quyosh sistemasi paydo bo‘lishi haqida Kant va Laplas gipotezalari. Shmidt nazariyasi. Akademik Fesenkov qarashlari.
Yillik parallaks, yulduzlargacha masofalarni aniqlash. Yulduzlarning o‘lchamlari va fizik parametrlarini aniqlash. Yulduzlarning rangi va temperaturasi. Yulduzlarning parallaktik siljishi. Yulduz interferometrlari. Yulduzlarning radiuslarini o‘lchash. Rang ko‘rsatgichi. Yulduzlarning tempereturasini aniqlash.
Yulduzlarning absolyut kattaligi va uning yorqinligi bilan bog‘liqligi. Absolyut yulduz kattaligi, uning ko‘rinma yulduz kattaligi bilan bog‘liqligi. Yulduzlarning yorqinligi. Yulduzlarning spektri, spektral sinflari. Spektral–yorqinlik diagrammasi. Yulduz spektrlarining bir-biridan farqi. Spektral sinf va temperatura orasidagi bog‘lanishi. Gertsshprung-Ressel diagrammasi.
Fizik qo‘shaloq yulduzlar va ularning turlari. Vizual qo‘shaloq yulduzlarning turlari: tutiluvchi va spektral qo‘shaloqlar. Yulduzlarning massalarini Keplerning umumlashgan uchinchi qonunidan hisoblash. Massa-yorqinlik orasidagi bog‘lanish.