Darsimizning bu qismini "Kim ko'p biladil" deb nomladik. O'quvchilar yozilgan kartochkalardan olib, o'zlarining tushunchalari va fikrlarini tushuntirib berishadi, ayrim tajribalarni ko'rsatib berishadi.
Guruhlarga quyidagi savollarga javob berish topshiriladi:
1-guruhga: Sezgi organlariga umumiy ta'rif.
2-guruhga: Ko'rish organi.
3-guruhga: Eshitish, ta'm bilish, hid bilish organi.
Guruhlar o'z rejalariga javob berib bo'lishgandan so'ng, o'qituvchi o'z fikr va mulohazalarini tushuntiradi.
Qaror: Sezgi organlari atrof-muhit va ichki organlardan kelayotgan ta'sirlarni qabul qilib, nerv(asab) impulslariga aylantiradi. Ular tarkibiga reseptorlar kiradi. Nerv impulslari sezuvchi neyronlar orqali bosh miya yarim sharlari po'stlog'idagi nerv markazlariga uzatiladi. Nerv markazlarida nerv impulslari sezgiga aylanadi.
Darsimizning bu qismida doskaga oldindan tayyorlangan ko'rgazmani ilaman, bunda quyoshning nur sochayotgani va ko'zlar tasvirlangan. Harm bir ko'zlarni olgan o'quvchi ko'zlarning orqasidagi savolga javob berishi kerak.
Har bir guruhdan bittadan o'quvchi chiqib, savollarga javob beradi. Savollar quyidagicha bo'ladi:
Sezgi organlarining funktsiyasi nimadan iborat?
Sezgi organlari qanday ahamiyatga ega?
Analizatorlar nima?
Eshitish va ko'rish markazi bosh miya yarim sharlarining qaysi qismida joylashgan?
6. Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish
Darsimizning keyingi qismi "Shikastlanganda birinchi tibbiy y`or dam ko'rsatish" deb nomlanadi.
Bunda har bir guruhdan bittadan o'quvchi chiqib, stolga teskari qilib qo'yilgan chiptalarni tortadilar va o'z
vaqtida o'zlarining tushunchalarini amaliyot orqali ko'rsatib berishadi.
Savollar quyiodagicha bo'lishi mumkin:
1. Qo'lning bilak qismi singanida qanday birinchi tibbiy yordam ko'rsatiladi?
2. Ko'zga yot jismlar tushganda qanday yordam ko'rsatiladi?
3. O'mrov suyagi singanda qanday birinchi yordam ko'rsatiladi?
4. Odam suvga cho'kkanida qanday yordam ko'rsatiladi?
7. Dars yakuni O'quvchilar rag'bat kartochkalari orqali baholanadi. Eng ko'p rag'bat kartochka olgan guruh darsimizning g'olibi hisoblanadi. Baholar o'quvchilarning kundaliklariga qo'yiladi va uyga vazifa aniq qilib beriladi.