II-BOB. INKLYUZIV TA’LIM TAMOYILLARI VA ULARNING
MAZMUNI.
2.1. Inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari.
Ta’lim tizimini joriy etish har doim ma’lum bir qonun qoidalarga,
tamoyillarga asoslanishni talab etadi. Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilishda esa
quyidagi tamoyillarga asoslaniladi:
1). Inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi.
2). Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo’lishi tamoyili.
3). Bog’lanishning mavjud bo’lishi tamoyili.
4). Markazlashtirilmagan bo’lishi tamoyili.
5). Inklyuziv ta’limda kompleks yondashishi tamoyili.
6). Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili.
7). Malakaviylik tamoyili.
Inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi tamoyili.
Bu tamoyilning mazmuni shundaki, 1990 yildan buyon maxsus ehtiyojli
bolalrni umumta’lim muassasalari tizimida o’qitish borasida bir qancha jahon
miqiyosida deklorasiyalar va qarorlar qabul qilindi. Ularni jahonning ko’plab
davlatlari e’tirof etdilar. Ammo bugungi kunga qadar ularni hayotga joriy qilish
borasida ko’plab muammolar mavjud. Ba’zi davlatlarda esa umumiy ta’lim
borasida qonun yoki qarorlar qabul qilinganda nogiron bolalarning ta’lim masalasi
unga kiritilmaydi. Ammo inklyuziv ta’limni tan olish faqatgina qonun chiqarish
bilangina bog’liq bo’lmaydi. Diskriminasiya (odamlarni ajratish) va ijtimoiy
noto’g’ri fikrlashga qarshi kurashish eng muhim narsadir. Ya’ni inklyuziv ta’limni
e’tirof etgan holda, aholi o’rtasida targ’ibat-tashviqot ishlarini olib borish eng
birinchi galdagi masaladir.
Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo’lishi tamoyili.
O’tgan yigirma yil davamida maxsus ehtiyojli bolalrni umumta’lim
muassasalari tizimida o’qitish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ammo
inklyuziv ta’limi tizimini joriy qilish asosan shaharlar miqiyosida bo’lib
qishloqlardagi hududlarda hali-hamon maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda
- 31 -
qolib ketmoqda yoki qishloqlardagi ota-onalar nogiron farzandini shaharlardagi
maxsus muassasalarga qatnashlarini ta’minlash uchun qiyinchiliklarga duch
kelmoqdalar. Shuning uchun ham maxsus ehtiyojli bolalarni inklyuziv ta’limga
jalb etish barcha hududlarda barcha maxsus ehtiyojli bolalarni qamrab olgan
bo’lishi ta’minlanishi lozim.
Bog’lanishning mavjud bo’lishi tamoyili.
“Bog’lanish”-bu so’zning zaminida-ommaviy binolarning sifati, ayniqsa
nogiron bolalar uchun maktablarga kirishning oson bo’lishi kabilar yotadi. Bola
maktab binosiga (zinapoyalar aravachada yurishga moslashtirilmaganligi sababli)
kira olmaganmi yoki maktab xojatxonasi aravachada harakatlanuvchilarga
moslashtirilmaganligi uchun oddiy maktabdan chiqarib tashlamasligi kerak. Bu
kabi qulayliklarni yaratish unchalik katta mablag’ talab qilmaydi. Yangi maktab
binosi nogiron bolalarning ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda rejalashtirilgan
paytdan boshlab qurilishi kerak. Alatta nogiron bolalar uchun yaxshi bo’lgan
qulayliklar normal rivojlanishdagi bolalar uchun hyech bir muammo keltirib
chiqarmaydi. Jismonan bog’lanishlarni yaratish inklyuziv ta’limning asosiy
muammolarini hal etishga xizmat qiladi.
Markazlashtirilmagan bo’lishi tamoyili.
Bu tamoilning mazmuni quyidagi ikkita aspekt yordamida ifodalanadi:
A). Inaklyuziv ta’lim xizmatlari umumiy ta’lim tizimining integrasiya
qilingan qismi bo’lishi kerak.
B). Inklyuziv ta’lim tizimidgi vazifalar mahalliy ta’lim organlariga
jaqvabgarlik va boshqaruvni yuklash uchun markazlashmagan holda olib borilishi
kerak va imkoniyatlar mahalliy sharoitlarga moslashtirilishi lozim.
Optimal integrasiya erishish uchun markazlashtirilmagan bo’lish muhimdir.
Bu ayniqsa qishloq sharoitlarida ayni muddao bo’ladi. Inklyuziv ta’limning
vazifalari nogiron bolalarga o’z ota-onalari baln birga bo’lish, ularga xuddi
tengdoshlari kabi o’zlariga yaqin bo’lgan maktablarda ta’lim olish imkonini beradi.
Bu ularning shaxsiy sifatilarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Nogiron
- 32 -
bolaning normal rivojlanishiga halaqil berish, nogironlikdan ham og’irroq
holatlarga olib kelishi mumkin.
Inklyuziv ta’limda kompleks yondashishi tamoyili.
Nogiron bolalarga ularga nogiron deb faqatgina nuqson jihatdan yondashishi
emas, balki bu bolalrga har tomonlama yondashish lozim. Bu esa maxus ehtiyojli
bolalar uchun ta’lim masalasini rejalashtirayotgan uning butun hayoti davomida
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ehtiyojini hisobga olgan holda tuzishni talab etadi.
Bundan tashqari inklyuziv ta’limda nogiron boladagi mavjud nuqonlarni bartaraf
etish, korreksiyalash, kompensasiya qilish bilan bir qatorda bilim ko’nikmalarga
ega qilish, kasb hunarga o’rgatish ishlarini parallel ravishda olib borish talab
etiladi. Bu tamoyilning mohiyatida maxsus ehtiyojli bolalarga ilk yosh davrida erta
yondashish ham yotadi. Maxsus ehtiyojli bolalar ta’limi boshlang’ich va o’rta-
maxsus ta’limni olishlari blan yakunlanmasligi kerak. Nogiron bolalarning kasb-
hunar ta’limi va oliy ta’limi ham amalga oshirilishi taalab etadi. Chunki inklyuziv
ta’lim tizimining vazifalaridan biri maxsus ehtiyojli bolalrni har tomonlama
rivojlantirish, ularning barcha huquqlarini ta’minlashdan iboratdir.
Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili.
Bu tamoyilning mazmuni shundaki, o’quv reja, dastur va darsiliklar maxsus
ehtiyojli bolalarning imkoniyatlariga moslashuvchan bo’lishi kerak. Bolaning
maxsus ta’limga bo’lgan ehtiyojlari har qanday integrasiya faoliyatining asosini
tashkil etishi kerak. Shaxs ehtiyojlarining darajalari va turlari har xil bo’lganligi
tufayli bunday faoliyatlar moslashuvchan o’zgaruvchan bo’lishi talab etiladi.
Malakaviylik tamoyili.
Maxsus ehtiyojli bolalar inklyuziv tarzda o’qitilayotgan sinflarda yuqori
malakali o’qituvchilarning dars berishi talab etiladi. Bundan tashqari inklyuziv sinf
o’qituvchisi defektlogiya sohasi bo’yicha ham malaka oshirgan bo’lishi kerak.
1). Izlab topish va jalb qilish bosqichi.
Nogiron odamlarning hayoti asosan yakkalab qo’yishlar bilan bog’liq.
Ko’plab davlatlarda nogiron odamlarga past nazar bilan qaralib, ular
hamjamiyatdan chetlashtirilmoqda. Buning oqibatida nogiron bolalarning ta’lim
- 33 -
olish imkoniyatlari yanada chegaralanib qolmoqda. Millatning etnopsixologik
xususiyatlaridan biri bo’lmish nogiron farzandini boshfalardan bekitish hollari esa
nogiron bolalar kelajak hayoti uchun juda fojeali holatdir. Mana shunday salbiy
oqibatlarni oldini olish maqsadida aholi o’rtasida targ’ibo-tashviqot ishlarini olib
borish lozim. Oilaga, ya’ni asosan ota-onalarga nogiron bola ham maktab ta’lim-
tarbiyasini olishi shart ekanligini to’g’ri tushintirib bera olish kerak. Shunday
usullar bilan ta’limdan chetda qolib ketgan nogiron bolalarni izlab topish imkoni
yaratiladi. Ro’yxatga olingan bolalar o’z yaqin arofidagi umumta’lim maktablariga
jalb etiladi.
2). Maxsus ehtiyojli bolalar bilan shug’illanish bosqichi. Bu bosqichda
umumta’lim muassasalari tizimiga kiritilgan maxsus ehtiyojli bolalar bilan olib
boriladigan o’quv-tarbiyaviy, korreksion-rivojlantiruvchi vazifalar rejasi tuzib
chiqiladi.
3). Reabilitasiya bosqichi. Bu bosqichda bolalarning nogironligi tufayli bajara
olmaydigan faoliyatlarini bajarish qobiliyatlari va ularning imkoniyatlari darajasini
kengaytirish ishlari amalga oshiriladi. Shu sababali bu bosqichda nogiron odamlar
nafaqat ta’lim tarbiya, balki ularning ishlab chiqarish faoliyatlarini oshiruvchi
treninglar ham olib boriladi. Ular “obyekt” emas, balki “subyekt” vazifasini
o’taydi. Natijada nogiron bolalarning nima qila olmasligi emas, balki ular nimalar
qilisha qodir ekanligi diqqat markazda turadi.
4).Intergasiya bosqichi. Bu bosqich inklyuziv tarzida o’qitilgan, reabilitasiya
jarayoni malga oshirilgan nogirn bolalarni ijtimoiy jamiyatga to’la kiritish
bosqichidir. Integrasiya bosqichida nogiron bolalar to’laligicha ijtimoiy jamiyatga
kiritiladi. Ya’ni bu bosqichda nogiron bolalarning ham o’zlarining teng
imkoniyatlari va huquqlaridan foydalangan holda kasb va ishlash joyini mustaqil
tanlash imkoniyati beriladi.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o’qitish ularni o’ziga
xos xususiyatlari, nuqson turi, darajasi va sinfdagi bolalar sonini e’tiborga
olgan holda tashkil qilinadi. Avvalo shuni ta’kidlash joizki, o’quvchilarning
yoshlari bir xil bo’lsada, lekin ular bir birlariga o’xshamaydilar. Barcha
- 34 -
bolalarning individual psixologik shaxs xususiyatlari, qabul qilish darajasi,
zehn va idroki turlichadir. Shu bois maxsus ehtiyojga ega bo’lgan bola
ta’lim olayotgan inklyuziv sinflardagi o’quv tarbiya jarayonini tashkil etish
masalasi yanada murakkabroq muammolarni hal etishni talab etadi. Inklyuziv
sinfda o’qituvchi bolalarning ikoniyatini e’tiborga olib, darslarni shunga
muvofiq rejalashtira olsa, bolalarning nogironligi bilim olishiga qanday ta’sir
qilishini bilib, bu qiyinchiliklarni bartaraf etishning uslubiy yo’llaridan
foydalansa, maktab va oila hamkorligini to’la yo’lga qo’ya olsa hamda
nogiron bolaning kelajagiga ishonch bilan qarasagina dars jarayoni
muvaffaqiyatli kechishiga erishish mumkin. Har bir bola o’z imkoniyat
darajasida rivojlanadi, buni L.S. Vigotskiyning ilmiy qarashlariga ko’ra “Har
qanday ruhiy yoki jismoniy nuqsonda ham taraqqiyot davom etadi” fikri
bilan ham tasdiqlash mumkin .
Inklyuziv ta’limga yangicha fikrlarning talqin etilishi milliy, tashkiliy va
uslubiy islohotlarni talab etadi. Maxsus ta’limga muhtoj bolalar hozirgi
maktab tizimida ehtiyojlari qondirilmayotgan bolalardir. Shu sababdan
maktablar barcha bolalarning turli xildagi va umumiy maqsadlari, intilishlari,
qiziqishlariga javob berishi va ularning bilim olishlarini ta’minlashi lozim.
Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun umumiy ta’lim tizimiga tarkibiy
o’zgartirishlar kiritish muhimdir. “Umum ta’lim” va “maxsus ta’lim”
o’rtasidagi to’siqlar olib tashlanishi kerak. Maxsus ta’lim oddiy ta’limning
bir qismi bo’lishiga qaramasdan, o’zining o’quvchilari, o’qituvchilari,
boshqaruv jamoasi va ta’minot tizimidan tashkil topgan ikkita ta’lim tizimi
amalda qo’llanilib kelinmoqda. Barcha o’quvchilarning talablariga javob
beruvchi “Inklyuziv maktab”da bunday tizimga ehtiyoj qolmaydi.
Islohotlar ta’lim maqsadlarining amaliyotini boshqarish mumkin, lekin
ularning pedagogik amaliyotini to’g’ridan-to’g’ri boshqara olmaydi. Shu
sababdan samarali bo’lishi uchun islohotlar yaxshi muhokama qilinishi va
ta’lim tizimi boshqaruvchilar hamda uni amalda qo’llovchilar tomonidan
ko’rib chiqilishi kerak.
- 35 -
Inklyuziv ta’lim quyidagi shart-sharoitlarda tashkil etilishi mumkin:
ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy o’rta ta’lim maktab
sinflari (guguhlari)da umumiy va alohida yordam olish, logoped xonalarida
korreksion pedagogik yordam olish, korreksion sinf (guruh)larda maxsus
ta’lim olish shaklida.
Inklyuziv ta’lim tizimiga maxsus yordamga muhtoj bolalarni viloyat
(shahar, tuman) halq ta’limi bo’limlari tomonidan tibbiy-psixologo-pedagogik
komisiya faoliyatida “Respublika, viloyat, tuman tibbiy- psixologo-pedagogik
komissiyalar to’g’risida”gi Nizom asosida qabul qilinadi.
Umumta’lim tizimida inklyuziv ta’limni joriy qilishda muassasa
hodimlarini ish vazifalarida ham ko’zga ko’rinarli darajada islohotlar amalga
oshirishi kerak.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim tizimida o’qitish o’qituvchilardan
ikki karra ma’suliyat bilan ishlashni talab etadi. Shuning uchun ham oliy
pedagogik ma’lumotli va malaka oshirish kurslarini o’tab inklyuziv ta’lim
pedagogik kvalifikasiyasni olgan o’qituvchilargina inklyuziv sinf o’qituvchisi
etib tayinlanishi mumkin. Inklyuziv sinf o’qituvchisi umumiy o’rta ta’lim
mussasa Ustavida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda
-tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishini korreksiyalash va
me’yorga keltirish ishlarini olib boradi;
-bolalarni faolligini, ta’lim samaradorligini oshiruvchi metodlarni
qo’llaydi;
-diqqat-e’tibor, xotirani, kuzatuvchanliq sinchikovlik va boshqa
qobiliyatlarni tarbiyalaydi;
-o’z-o’zini nazorat qilish malakalarini, bolalarning bilishga doir
qiziqishlarini va qobiliyatini rivojlantiradi.
Inklyuziv ta’lim jarayonida muassasa tarbiyachisi ham alohida o’rin
egallaydi.
Tarbiyachi ish faoliyatini tashkil etishda o’qituvchi-defektologlar, ota-
onalar va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda sog’lom va alohida
- 36 -
ehtiyojli bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarni rejalashtirishi hamda
shu asosida olib borishi kerak. Shuningdeq tarbiyachi alohida ehtiyojli bolani
oilada tarbiyalash masalasida ota-onalarga va qonuniy vakillarga metodik
yordam ko’rsatadi, kerakli ish hujjatlarini yuritadi.
Inklyuziv ta’lim joriy qilingan muassasada albatta psixolog faoliyat
yuritishi lozim.
Psixologning faoliyati har bir bolaning ruhiy salomatligini himoyalash,
ruhiy rivojlanishidagi kamchilklarini bartaraf etish va korreksiyalashga
qaratiladi. Muassasa psixologi har bir bolani psixologik jihatdan tekshiradi,
doimiy ravishda psixologo-pedagogik jihatdan o’rganib boradi, individual
rivojlantirish dasturlarini tuzadi, alohida ehtiyojli bolani oilada tarbiyalash
bo’yicha ota-onalarga maslahatlar beradi, inklyuziv ta’lim muassasasining
pedagogik hodimlariga psixologik rivojlantirish masalalarida metodik yordam
ko’rsatadi.
Inklyuziv ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya olayotgan maxsus yordamga
muhtoj bolalarning ayrimlari doimiy ravishda tibbiy xizmatga muhtoj
bo’lishi mumkin. Inklyuziv ta’lim muassasasi shifokor-pediatri
(psixonevrolog) har bir bolaning ruhiy asab holatini doimiy ravishda
tekshirib boradi, zarurat bo’lganda davalash muolajalarini tavsiya etadi,
korreksion pedagogik ta’lim jarayonida bolalar sog’lig’ini nazorat qiladi,
aqliy va jismoniy yuklamaning me’yorini belgilaydi, ota-onalarga bolaning
somatik hamda ruhiy salomatligini saqlash yuzasidan maslahatlar beradi.
Shunday qilib, inklyuziv ta’lim muassasasida ta’lim - tarbiya jarayoni har
tomonlama amalga oshirilgan islohotlar asosidagina samarali kechadi.
2.2. Inklyuziv ta’lim maqsad va vazifalarini oshirishda resurs
o’qituvchining o’rni va roli.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o’qitish maktablararo
qatnab yuruvchi o’qituvchi ya’ni, resurs o’qituvchi faoliyatini talab etadi.
Inklyuziv ta’lim amaliyotda maktablararo qatnab yuruvchi o’qituvchi va oddiy
- 37 -
sinf o’qituvchisining hamjihatlikdagi harakatlari orqali amalga oshirilishi
mumkin.
Ba’zi sinflarda bolani ma’lum bir vaqtga sinfdan ajratib olish kerak
bo’lishi mumkin. Hamma vaqt nima bo’lsada resurs o’qituvchi sinf
o’qituvchisi bilan birgalikda faoliyat ko’rsatishi va bu maxsus ta’lim sohasida
mutaxassislikka ega bo’lishi talab qilinadi.
Maktablararo qatnab yuruvchi resurs o’qituvchining muhim vazifalariga
nogiron bolalar uchun kerak bo’lgan qo’llanmalar, jihozlar bilan ta’minlash,
homiylar topish, ota-onalarni maktabga yordam berishga jalb qilish va
imkoniyati cheklangan bolalar, sog’lom bolalar hamda sinf o’qituvchisi
o’rtasidagi mustahkam aloqani o’rnatish, masus resurs qo’llanmalarni
ta’minlash orqali yordam berish, ota-onalar, bolalar oddiy sinf o’qituvchilari
va maktab ma’muriyatiga maslahatlar berish, shuningdeq maxsus ta’limga
muhtoj bolalar uchun faoliyatlar va ularga mos keluvchi ta’lim dasturlari
haqida muhokamalar yuritish, hattoki nogiron bo’lmagan bolalarning ota-
onalariga ham ma’lumotlar yetkazilib turish kiradi. Resurs o’qituvchining
asosiy maqsadi: umumta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan maxsus ta’limga
muhtoj o’quvchilar va ularning o’qituvchilariga yordam ko’rsatishdaniborat.
Resurs o’qituvchi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:.
har bir o’quvchini qaysi darajadagi yordamga muhtojligini aniqlash va
ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda muntazam ravishda ular bilan
uchrashish.
o’quvchilar bilan yakka tartbda ishlash, individual rejalardan kelib
chiqqan holda ularni kuzatish, o’quv dasturiga moslashishiga yordam berish,
o’qitish va baholash.
sinf o’qituvchilariga o’quvchilarning maxsus ehtiyojlari va qobiliyatlariga
oid ma’lumotlarni berish.
sinf o’qituvchilarini individual o’quv rejalari bilan tanishtirish va ular
bo’yicha maslahatlar berish.
- 38 -
muntazam ravishda o’quvchilarning erishayotgan muvaffaqiyotlarini
muhokama qilish va baholash.
maktab jamoasining boshqaruv xodimlari va ota-onalar bilan hamkorlikda
ishlash;
zarurat tug’ilsa, o’quvchilarni boshqa yordam ko’rsatuvchi uyushmalarga
taklif etish (masalan, seminarlarga, shifokorlarga).
- o’kituvchilar hamda o’kuvchilar bilan individual ravishda olib
boriladigan faoliyatlarni qayd etib borish.
- standart o’quv reja talablariga javob bermaydigan vaziyatlarda har
bir o’quvchiga individual o’quv reja tuzishga ko’maklashish;
- O’zgaruvchan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda individual o’quv
rejalarni yangilash va baholash.
- mavjud barcha resurslar (o’quv adabiyotlar, o’qitish qurilmalari va
boshqa asboblarni hujjatlashtirish va ular ro’yxatini tuzish.
Maktablararo qatnab yuruvchi resurs o’qituvchi o’z vazifa va
maqsadlaridan kelib chiqqan holda ish rejasini o’z tuzishda quyidagilarni
hisobga olishi kerak:
Maktablararo qatnab yuruvchi resurs o’qituvchilarning maxsus ta’lim
olishga bo’lgan talablariga javob beradigan yordamlarni ko’rsatish;
Sinf o’qituvchisi bilan birgalikda individual dasturlarni yaratish va uni
baholash;
O’qituvchilar muhtoj bo’lgan xizmatlarni amalga oshirish;.
Bolaning o’qituvchisi yoki maktabi almashganda u haqidagi
ma’lumotlarni yetkazib berishni boshqarish;
Yangi kelgan o’qituvchilarning ehtiyojlarini anglash va qondirish;
Maxsus ta’limga muhtoj bo’lgan oddiy sinflarga o’qituvchilarning
moslashishiga yordam berish;.
Agar kerak bo’lsa sinfdan tashqarida individual va guruhlarga asoslangan
ko’rsatmalarni berish;
Individual dasturlarni muvaqqiyatli bo’lishini boshqarish;
- 39 -
Maxsus ta’limga muhtoj bolalarni maktabning jismoniy muhitiga jalb
etishda ularning shu muhitga moslashishiga yordam beruvchi maktab
boshqaruvi;
Maxsus yordamchi vasitalar va qo’llanmalarga bo’lgan talabni o’rganish
va ulardan foydalanishni boshqarish;
Inklyuziv ta’limni rivojlantirishni qo’llab – quvvatlashdan iborat.
Maktablararo qatnab yuruvchi resurs o’qituvchi faoliyat yuritmasligi,
ko’p vaqtini yo’lda samarasiz sarflamasligi juda muhimdir.
Resurs o’qituvchi nogiron bolalarning darslaridagi qiyinchiliklarni va
ehtiyojlarini muhokama qiladi. Vaqti-vaqti bilan u joylarda olib borilayotgan
o’qituvchilar treningida nogironlik muammosi bo’yicha maslahat va
ko’rsatmalar berib boradi. Masalan, nogiron bolaning nuqson xususiyatlarini,
darajalarini aniqlash, individual psixologik xususiyatlarini o’rganish bo’yicha
metodik tavsiyalar berish kabi.
Ta’lim olishda kiyinchiligi bo’lgan bolalarni imkoniyatini ta’lim siyosatida
e’tiborga olish juda muhim. Ta’lim siyosati inklyuziv ta’limni rivojlantirish
maqsadida moliyaviy ta’minotga e’tibor karatish zarur: maxsus ta’lim va
umumta’lim maktablari urtasidagi tusiklarni bartaraf etish chora–tadbirlari;
statistik ma’lumotlar buyicha nogironlarni inklyuziv maktablarda ta’lim olishni
joriy qilish; maxsus infra–strukturalar, masalalar, texnik vasitalardan
foydalanishga imkoniyat yaratish ham ta’lim siyosatining ajralmas kismidir.
Inklyuziv ta’lim jamoaviy ish bo’lib, javobgarlik butun maktab jamoasi
bo’yniga yuklatiladi. Bunda sinf rahbari yordam ko’rsatuvchi bo’lib asosiy rol
o’ynaydi. Ta’lim siyosati uni tartibga soladi. Bu kabi yordamlar turli xil shakllarda
bo’lib, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-sinf o’qituvchisiga maslahat va yordam berish;
-maxsus o’qitish qo’llanmalari va yordamchi materiallar bilan ta’minlash:
-ota-onalar, ko’ngillilar yoki katta o’qituvchilar tomonidan mavjud bo’lgan
yordamlarni ta’minlash;
- 40 -
-o’quv reja, dars jadvali, baholash mezolariga moslashtirish va o’zgarishlarga
ko’niktirish masalalarini shakllantirish;
-o’qituvchilar malakalar va bilimlarini oshirish uchun sharoit yaratish;
-faol qo’llab-quvvatlovchi rahbar va shu kabilarni o’z ichiga olgan ijobiy maktab
muhitini tashkil etish va ta’lim jarayonida do’stona munosabatni shakllantirish;
-ma’muriyatga bolalarni aniqlash va baholashda yordam kursatish;
-ijtimoiy, psixologik va sog’liqni saqlash xizmatlarini
muvofiqlashtirish kabi ishlarni amalga oshirishdan iborat.
Ushbu ta’lim tizimida bolalarni nuqsonlarini aniqlash ularni muolaja-
reabilitasiya qilish, korreksion-pedagogik omillarni amalga oshirish bo’yicha
tegishli mutaxassislar (maxsus resurs pedagoglar, psixologlar, tibbiyot
xodimlari, ota-onalar va boshqalar) muntazam ravishda maktab pedagoglariga
bevasita yordam berishlari kerak.
Inklyuziv ta’lim nogironlarning ijtimoiy tengdoshlari bilan bir qatorda
ta’lim olishini ta’minlaydi, (agarda ularning rivojlanishida jiddiy sabablar
bo’lmasa) muntazam maktablarga qabul qilishini nazarda tutadi.
O’ta murakkab nuqsonli bolalar ayrim hollarda maxsus maktablar va
maxsus reabilitasiya markazlari yoki muntazam maktablar qoshidagi maxsus
sinflarda korreksion dasturlar yordamida ta’lim oladilar. Ushbu maktablarda
ta’lim ta’minoti albatta bolaning zaruriyatni e’tiborga olgan holda amalga
oshirish ko’zda tutiladi.
Muntazam ta’lim jarayoni imkoniyati cheklangan bolaning shaxsiy
xususiyatlariga ko’ra yakka tartibda korreksion metod va moslashtirilgan o’quv
reja, dasturlar va boshqa omillardan foydalanib, atrofdagi jamoatchilik bilan
birgalikda o’qitishning turli shakllarini tashkil qilish hamda maxsus
yordamchiapparatlar, (eshitish apparatlari, linza, lupa, nogironlar aravachalari) turli
xil texnik vasitalar va maxsus ko’rgazmali qurollarni qo’llash asosida amalga
oshirishni nazarda tutadi. O’z navbatida maxsus ta’lim muassasalari pedagoglari
joylarda umumta’lim o’quvchilari, ota-onalar, davlat va nodavlat jamoa
- 41 -
tashkilotlari uchun maslahat bo’limlari va resurs markazlar bo’lib faoliyat
ko’rsatish kerak.
Alohida yordamga muhtoj bolalarni ayrimlarini umumta’lim
muassasalarida o’qitish uchun davlat tomonidan quyidagi shart-sharoitlarni
yaratish lozim:
-nogironlikni erta tashxic qilish;
-mutaxassislar tayyorlash;
-umumta’lim muassasalari binolarini qurishda nogironlar uchun
moslashtirilgan barcha shart-sharoitlar (inshoatlar)ni yaratish;
-korreksion yordamni amalga oshirish uchun reabilitasiya markazi
tarmog’ini ko’paytirish;
-ayrim nogiron bolalarni umumta’lim sharoitida o’qitishni tashkil etish
maqsadida umumta’lim pedagoglarini malakasini oshirish, qayta tayyorlash
kurslaridan o’tkazish va ularni maxsus yordamchi vasitalar, o’quv metodik
adabiyotlar, uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlash, shuningdek maktabda turli
dasturlar yordamida ta’limni tashkil etish;
-barcha bolalar uchun ta’lim sharoitini yaratish va ta’lim samaradorligini
oshirish;
Inklyuziv ta’lim asosan umumta’lim maktablarining oddiy sinflarida va
o’quvchilar yashash joyiga yaqin bo’lgan umumta’lim maktablarida olib boriladi,
ta’limning rasmiy va norasmiy turlarini tashkil etishning ilg’or ish
tajribalarini rivojlantiradi.
Inklyuziv ta’limga jalb etish global muammolardan biri xisoblanadi. Inklyuziv
ta’limning asosiy qismi–bolalarga bilim olish uchun do’stona munosabat va
o’qishga imkon beruvchi muhitni yaratishdir. Maxsus ehtiyojli bolalarning hayotga
ilk yoshdan ya’ni 6 yoshgacha e’tibor berilsa, ancha yuqori samaralarga erishish
mumkin. Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim–tarbiyaga bo’lgan ehtiyojlarni
qondirishga mos bo’lgan siyosatni ishlab chiqish inklyuziv ta’limni qo’llab–
quvvatlashning asosidir.
Inklyuziv ta’limni qo’llab-quvvatlashda quyidagi masalalarni hal etish lozim:
- 42 -
- Jamyatda ijobiy munosabatni ishlab chiqish
Jamiyatda insonlar orasida nogiron bolalar haqida bilimlarning yetishmasligi
oqibatida maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bundan
tashqari nogiron bolaning qobiliyatlari, huquqlari va ehtiyojlari muntazam ravishda
qadrlanmasa, bolalarda o’ziga va qobiliyatlariga nisbatan salbiy munosabat
shakllanib boradi.
- Inklyuziv ta’lim muhitini rivojlantirish.
Inklyuziv ta’limning asosiy qismi-bolalarga bilim olish uchun do’stona
munosabat va o’qishga imkon beruvchi muhitni yaratish lozim. Bolalar maktabga
bexatar, qiyinchiliklarsiz yetib borish imkoniga ega bo’lishlari lozim. Bundan
tashqari, amaldagi umumta’lim uslubiyatiga bolani moslashtirishdan ko’ra, dars
jadvalini sharoitni, uslubiyatni va o’quv qurollarini o’zgartirish kerak bo’ladi.
Bunday o’zgartirishlar nafaqat maxsus ehtiyojli bolalar. Balki normal
rivojlanishdagi bolalar uchun ham ta’lim sifatini yaxshilaydi.
- Ilk yoshdan aralashuv.
Qisqa qilib aytganda bolaning hayotiga ertaroq, e’tibor berilsa, natijasi
bolaning keyingi rivojlanishida samarali ta’sir ko’rsatadi.
- Ijobiy namuna bo’la oladigan insonlar obrazini yaratish.
Bolada o’ziga ishonch va o’zini qadrlash hissini rivojlantirishda kattalarning
qiyofasi juda muhim. Lekin juda ko’p maxsus ehtiyojli bolalar o’sib, ulhayayotgan
bir paytda o’zlariga o’xshagan maxsus ehtiyojli katta odamlarning uchratmaydilar
va katta bo’lish qandayligini tasavvur ham qila olmaydilar. Shuning uchun ham
maxsus ehtiyojli kattalar maxsus ehtiyojli bolalarning at’limida doimiy ishtirok
etishlari kerak. Chunki katta yoshdagi maxsus ehtiyojli insonlar ota-onalargan
farzandiga ta’lim berish muhimligini tushintirish mumkin. Buning uchun esa
maxsus ehtiyojli kattalarni maktablarga taklif etish kerak. Shunda ular o’zlarining
hayotda erishgan yutuqlari haqida gapirib beradilar. Buning natijasida inklyuziv
ta’limni targ’ib qilishda katta imkoniyat yaratiladi.
- Mos siyosatni ishlab chiqishga ko’maklashish.
- 43 -
Inklyuziv ta’lim tizimini qo’llab –quvvatlashda siyosat asosiy rol o’ynaydi.
Siyosat tomonidan inklyuziv ta’limning qo’llab quvvatlanishi bu ta’lim tiziminig
samarasini va rivajini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |